Kashfiyot turlari.
Geografiya, arxiologik, poliontologik va yer qazilma boyliklarini kashf qilish-ilmiy kashfiyot xisoblanmaydi. Chunki u ijodiy qobiliyot bilan bog‘liq bo‘lmay balki ekspeditsion topilma xisoblanadi. Shuningdek matematik hamda ijtimoiy fanlar sohasidagi kashfiyotlar ham obyektiv xaqiqatni aks ettirganligi uchun xuquqiy jixatdan tan olinmaydi.
2. Kashfiyot tushunchasining meyoriy sifatlari.
Yuqorida keltirilgan kashfiyot tushunchasining ta’rifidan uning qo‘yidagi meyoriy tushunchalari sifatida qo‘yidagilar qabul qilinadi:
Ilmiy faktni konstatatsiya qilish.
Yangiligini asoslash.
Ishonchligini asoslash.
Ushbu meyoriy tushunchalarni qo‘yidagicha tavsiflash mumkin:
Birinchi keltirilgan «Moddiy dunyoda obyektiv mavjud bo‘lgan qonuniyatlar, xususiyat va xodisalarni qayd qilish» tushunchasi kashfiyotning obyektiv borliqni bilish faoliyati natijasida ekanligini anglatadi. Bu o‘rinda bilish tushunchasi o‘z ichiga berilgan obyekt (qonuniyat, xodisa, xususiyat) ning mavjudlik sharti hamda ilmiy talqinga ega ekanligi to‘g‘risidagi xolatlarni qamrab oladi.
«Kashfiyotning yangiligi»ga O‘zbekistonda jahon miqyosidagi yangilikka ega bo‘lish talabi qo‘yiladi. Kashfiyotning jahon miqyosidagi yangiligi mezoniga tayonilganda, jahon miqyosidagi yoki vatanimizdagi birinchilikka davogar bo‘lgan har qanday manba etiborga olinadi. Kashfiyotning birinchiligi qonuniyat birinchi bo‘lib shakllantirilib, matbuotda da’vo sifatida e’lon qilingan sanasi asosida aniqlanadi.
«Kashfiyotning ishonchliligi» Obyektiv mavjud bo‘lgan qonuniyat, xususiyat va xodisaning aniqlanishi bilan belgilanadi. Har bir yaratilgan obyektiv yangilik (xodisa, xossa va obyektiv qonuniy bog‘liqlar) nazariy yoki amaliy jixatdan asoslanadi. Kashfiyot-ilmiy ekspertizadan o‘tgandan keyingina xuquqiy jixatdan tan olinadi. Ilmiy ekspertizada o‘tkazish uchun mualliflar (mualliflar kollektivi) qilingan kashfiyot bo‘yicha talabnoma (zayavka) beradi. Talabnomadan namuna bo‘yicha to‘ldiriladi. Talabnoma o‘z ichiga- kashfiyot bo‘yicha diplom berish uchun a’riza, qilingan kashfiyotning to‘liq tasnifi, kashfiyotning afzalligini belgilovchi xujjatlar, ilmiy-amaliy ahamiyati va ishonchligi xaqida xulosa, kashfiyotga tegishli chizmalarni oladi. Respublika patent idorasi dastlabki va ilmiy ekspertizadan o‘tkazadi va ma’qul topsa kashfiyotni xaqiqatligi xaqida qaror qabul qiladi. Shu asosda muallifga diplom beradi. Kashfiyotning-ahamiyatiga qarab pul mukofoti beriladi.
Ilmiy texnika ijodkorlikka rivojlantirishda fundamental tadqiqotlar asosiy o‘rinni egallaydi. Aynan ular orqali istiqbolli ilmiy yechimlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘luvchi ilmiy potensialni yuzaga keltiradi. Ko‘p xolatlarda fundamental tadqiqotlar, uning yakuniy natijalari ilmiy kashfiyot bilan yakunlanadi.
Kashfiyot-tushunchasi ikki xil: xuquqiy va ommalashgan ma’noda ishlatiladi. Ommalashgan tushunchada kashfiyot ilm-fanda katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega ahamiyat kasb etadigan ilmiy yangilik sifatida tushuniladi. «Kashfiyot qilish xuquqi» O‘zbekiston Respublikasi Asosiy qomusi bo‘lgan Konstitutsiyada kafolatlangan bo‘lib, Nizomga muofiq kashfiyot deganda tabiat va jamiyatni ilmiy bilish jarayonida erishilgan yangi ilmiy yutuq tushuniladi.
Kashfiyot-moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo‘lmagan obektiv mavjud qonuniyatlar, xossalari va xodisalarni aniqlashi bialn tavsiflanib u insoniyatning bilish darajasini tubdan o‘zgartiruvchi tasirga ega bo‘ladi.
Geografiya, arxiologik, poliontologik va yer qazilma boyliklarini kashf qilish-ilmiy kashfiyot xisoblanmaydi. Chunki u ijodiy qobiliyot bilan bog‘liq bo‘lmay balki ekspeditsion topilma xisoblanadi. Shuningdek matematik hamda ijtimoiy fanlar sohasidagi kashfiyotlar ham obektiv xaqiqatni aks ettirganligi uchun xuquqiy jixatdan tan olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |