Mavzu: Kashfiyot-texnik masalalar yechishning ilmiy asosi sifatida


«Amal va xato» metodining afzalligi va kamchiliklari



Download 27,55 Kb.
bet7/8
Sana20.06.2022
Hajmi27,55 Kb.
#682379
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Kashfiyot-texnik masalalar yechishning ilmiy asosi sifati

«Amal va xato» metodining afzalligi va kamchiliklari. «Amal va xato» metodining kamchiligi ham undan foydalanish metodikasini yaratish juda murakkab. Har bir yangi texnik masalani yechishda ixtirochi ishni yangidan boshlashga majbur. «Amal va xato» metodi juda og‘ir mehnatni talab etadi va undan foydalanishda masalalarni muvaffaqiyatli yechishga kafolat bera olmaydi. Ilmiy-texnika taraqqiyot sharoitida texnikaning jadal rivojlanib borishda ulkan g‘oyali, katta effekt beradigan metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Lekin tajriba shuni ko‘rsatadiki, texnik masalalarni yechishda foydalaniladigan barcha metodlarda «Amal va xato» metodi elementlari ma’lum darajada ishlatiladi.

«Aqliy hujum»» metodi. Olimlarning fikricha ijodiy faoliyat bu aniq qonuniyatga asoslangan xarakterda bo‘lib, ijodiy masalalarni yechishning adekvat metodlarini topishga zamin yaratadi. Bu metodlar 2 ta guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga «Aqliy hujum», “Sinektika, morfologik tahlil” metodlari, bular assotsiativ fikrlari va kutilmagan yechim xarakteri mexanizmlarga asoslanadi. Bu metodlardan foydalanish juda yengil, lekin qo‘llanilayotgan obyektning mohiyatiga bog‘lanmagan. Ikkinchi guruhga “Ixtirochilik masalalarini yechish algoritmi” “Funksional–tannarx tahlili” metodlari va boshqalar kiradi. Bu metodlardan foydalanish juda murakkab lekin obyektning mohiyatini ochib berishga qaratilgan. Ishlab chiqarish korxonalar ilmiy asoslarida ehtiyoj paydo bo‘lar ekan, u ko‘plab ilmiy tekshirish institutlariga nistaban ilm - fanni rivojlantirishga sabab bo‘ladi. 1990 yillarning o‘rtalarida atom energetika, raketasozlik, elektron hisoblash, mashinalarning jadal sur’atlar bilan rivojlanib ketishi ijodiy mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish yo‘llarini qidirish boshlandi. Ular har xil yo‘nalish bo‘yicha olib borildi. Shulardan bittasi Amerikalik tadbirkor va ixtirochi A.Osbornning taklif etgan «Aqliy hujum» metodi edi. Uning fikricha, kimlardir g‘oya bera olish imkoniyatiga ega bo‘lsa, kimlardir uni tanqidiy tahlil qila olish imkoniyatiga ega. Ularni ikkita guruhga, ya’ni «Generatorlar» va «Ekspertlar»ga ajratishni taklif etadi. «Aqliy hujum» metodini qo‘llashda quyidagi tartib qoidalarni ishlab chiqqan:

  1. «Aqliy hujum» metodi yordamida masalalarni yechishda 12-25 gacha odamlar ishtirok etishi kerak. Ularni yarimi g‘oya beruvchilar, keyingisi tahlil qiluvchilar. G‘oyani generatsiya qiluvchilar guruhiga kuchli fantaziyaga, abstrakt tafakkurga ega bo‘lgan kishilar kiritiladi. Ekspertlar guruhiga tahliliy va tanqidiy fikrlaydigan shaxslar tanlab olinadi. «Aqliy hujum» sessiyasiga malakali, tajribali xodim rahbarlik qiladi.

  2. Generatorlar qo‘yilgan masalaning yechimini topish uchun maksimal sondagi g‘oyalarini beradilar. Berilgan g‘oyalar bayoni magnitofonlarga yozib olinadi. Ekspertlar shularning ichidan ma’qulini tanlab olishadi.

  3. Qo‘yilgan masalaning yechimining og‘irligiga qarab «Sessiya» 30-50 daqiqagacha davom etishi mumkin.

  4. «Aqliy hujum» sessiyasida ishtirok etilayotgan xodimlarning o‘rtasida bir biriga nisbatan hurmat va erkin munosabatni o‘rnatish zarur.

  5. Agarda sessiya natijasiz tugasa, uning ishtirokchilarini o‘zgartirish zarur. Masalaning qo‘yilishi ham qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.



Download 27,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish