2.”Odam- texnika “ (T)
Bunday kasblar tipida mehnatning asosiy yetakchi p[redmeti- texnika ob’yektlari (mashinalar, mexanizmlar ), materiallar, energiya turlaridan iborat bo’ladi.Jonsiz tabiat ob’ektlari (Yer osti boyliklari, tuproq, suv, o’rmon va qishloq xo’jaligi mahsulotlari) ham ko’p jihatdan shularga o’xshagan bo’ladi.Bu yerda xodimlarning mehnati faqat texnikagagina qaratilib qolmaydi, albatta. Chunonchi , trolleybus haydovchisi ish vaqtida passajirlar bilan muloqotga kirishadi, kran mashinisti qishloq xo’jalik hayvonlari qamalgan qafaschani ortish bilan mashg’ul bo’lishi mumkin.Odam –texnika tipidagi kasblardan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: qazib olingan tuproq, tog’ jinslariga ishlov berish bilan bog’liq bo’lgan kasblar:proxodkachi, bul’dozer mashinisti, kon texnigi , injener- geolog vahokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |