Jismoniy tarbiya
Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama rivojlantirish tizimidagi o’z vazifasini bajarish bilan birga, u quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan: salomatlikni mustahkamlash, inson oranizmini chiniqtirish va talabalarning jismoniy rivojlanishiga yordam berish; harakat ko’nikmalarini va malakalarini shakllantirish hamda takomillashtirish; o’g’il bolalarni armiya safariga tayyorlash; fizkul’tura va sportning mohiyati hamda ijtimoiy roli haqidagi ma’lumotlardan xabardor qilish. Talabalarning sog’ligini himoya etish va boshqarish jismoniy tarbiyaga ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini qo’lga kiritgandan buyon davlat darajasida ahamiyat bermoqda. Jismoniy tarbiya va sport ishlariga hukumatimiz tomonidan katta g’amxo’rlik qilmoqda. Buning dalili sifatida Toshkent shahri va barcha viloyatlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi va tumanlarda bunyod etilayotgan sport inshootlari, sport komplekslarini keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |