Shaxsni kasbga moslashish psixologiyasi
1-bosqich 2-bosqich 3-bosqich
3. Kasbiy moslashishning uchinchi asosiy bosqichi yosh insonning korxona xodimlari muhitiga singishidir. Bu bosqich o‘quvchi-talaba o‘zini o‘rab olgan o‘sha jamoaning a’zosi sifatida his qiladigan ammo ular darajasida malaka orttirmagan mehnat unumdorligi va mahsuloti sifatini ta’minlay olmaydigan, ba’zan xato va beparvoliklarga yo‘l qo‘yadigan, ishlab chiqarish amaliyoti davrida boshlanadi.
2. Kasbiy moslashishning ikkinchi tayyorlov bosqichi – ijtimoiy umumiy texnika va maxsus predmetlar hamda o‘quv xonalarida ishlab chiqarish ta’limini asosli o‘rganishdan iborat bo‘lib, bu kasb o‘rganishdir. Bu erda ham tanlangan mehnat yo‘lini baholash davom etadi. Atrof muhitga, ta’limga va o‘zlashtirilayotgan mehnatga munosabat o‘zgaradi. Biroq hal qiluvchi narsa taassurot emas, balki o‘quv mehnatidagi yutuq va kamchiliklar bo‘ladi.
1. Kasbiy moslashishning birinchi bosqichi tanishtirish bo‘lib, o‘zining atrof muhitidagi yangi rolini anglashidan iborat. U tanlangan kasb bo‘yicha muayyan malaka olishga qaror qilgandan boshlanadi va ishlab chiqarish ta’limiga dastlabki nazariy tayyorgarlik davrida, o‘quv qobiliyatlari kasb-hunar kolleji tayanch korxona bilan tanishishdan boshlanadi. Kasbiy moslashishning bu birinchi bosqichida qabul qilingan qarorning to‘g‘riligini o‘smir o‘zi baholaydi.
Xulosa
Psixologiyada ixtiyorsiz harakatlar anglanilgan yoki etarli darajada anglanmagan istak, xohish, tilak, mayl, ustanovka va shu kabilarning ichki turtki ta’sirida paydo bo‘lishi natijasida ro‘yobga chiqariladi. Mazkur istak va uning boshqa shakllari impulsiv (lotincha impulsus ixtiyorsiz qo‘zg‘olish ma’nosini anglatadi) xususiyatiga ega bo‘lib, inson tomonidan anglanilmaganligi uchun ma’lum ob’ektga qaratish yuzasidan rejalashtirilmagan, hatto ko‘zda tutilmagan bo‘ladi. Insonning favquloddagi vaziyatda yuzaga keladigan sarosimalik affekti, dahshat, hayajonlanish, ajablanish, shubhalanish va shunga o‘xshash boshqa mohiyatli, har xil shakldagi xatti-harakatlari ixtiyorsiz turkumdagilarga yorqin misoldir. Undagi atamalar ma’nosi, aks etish imkoniyati bundan oldingi hissiyot to‘g‘risidagi ma’lumotlarda keng ko‘lamda bayon qilingan.
Boshqa kategoriyada taalluqli harakatlar ixtiyoriy harakatlar deb nomlanib, ular maqsad ko‘zlash, maqsadni anglashni va uni amalga oshirishni ta’minlovchi operatsiyalar, usullar va vositalarni shaxs o‘z miyasida tasavvur qilishni, samaradorligini taxminan baholashni taqozo etadi. O‘zining mohiyati bilan tafovutlanib turuvchi ixtiyoriy harakatlarning alohida guruhini irodaviy harakatlar deb ataluvchi turkum tashkil qiladi. Psixologik ma’lumotlarga asoslangan holda ularga quyidagicha ta’rif berish mumkin: «Maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish jarayonida zo‘r berish bilan uyg‘unlashgan, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan ongli harakatlar irodaviy harakatlar deyiladi».
Barkamol avlod shaxsining psixologik xususiyatlari markaziy rolining motivatsiya doirasi bajaradi va u ehtiyojlar, qiziqishlar, e’tiqodlar va ma’naviy his-tuyg‘ularda o‘z aksini topadi. Shaxslarning hayoti va faoliyatida, shuningdek, ijtimoiy tarbiyasiga asta-sekin ustuvor va barqaror motivlar vujudga kela boshlaydi, ular inson ijtimoiy shartlangan yo‘nalganligi va hayotiy pozitsiyasini qat’iy belgilash uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |