Mavzu: MTTda hayot faoliyati havfsizligini ta’minlash zaruratini o’rganish
Maktabgacha tarbiya muassasalarining loyihasini sanitary-gigiyenik ekspertiza qilishda respublikamizda ishlab chiqarilgan sanitariya mayor va qoidalardan foydalaniladi. Ushbu sanitariya mayor va qoidalarining talablariga binoan maktabgacha bolalar muassasalarida bolalarning yosh guruhlari va soni quyidagi keltirilgan tartib asosida jamlashtirilishi kerak.
Maktabgacha bolalar muassasalarida jamlanadigan bolalarning soni va yosh guruhlari.
Tashkiliy tamoyillarga xavfsizlik maqsadida mehnatni ilmiy tashkil qilish qoidalarini amalga oshiruvchi tamoyillar kiradi. Ularga vaqt bo‘yicha himoyalash, ma’lumot berish, rezervlashtirish, normallashtirish, kadrlarni tanlash, ketma-ketlik, ergonomik. mehnatni ratsional tashkil qilish va zidlik tamoyillari kiradi.
Xavfsizlikni ta’minlash usullari 3 xil turga bo‘linadi:
A - metodi, gomosfera bilan noksosferani bir-biridan joy yoki vaqt jihatidan ajratish usuli. Bu usul ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, jihozlarni masofadan boshqarish, manipulyator va robotlarni qo‘llash bilan amalga oshiriladi.
B - metodi xavfsizlik prinsiplarini qo‘llab, xavflarni yo‘q qilish va noksosferani (ishlab chiqarish muhitini) normallashtirish, hamda noksosfera tavsiflarini inson tavsiflariga moslashtirishga asoslanadi. Bu usul insonlarni shovqin, chang, gaz, jarohatlanish va hokazo xavfli omillardan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar majmuasi hamda qisman xavfsiz texnikani yaratish bilan amalga oshiriladi.
Agar A va B metodlarni qo‘llash bilan talab qilingan xavfsizlik darajasiga erishish ta’minlanmaganda, С - metod qo‘llaniladi.
С - metodi tegishlicha himoya vositalari yordamida insonlarning himoyalanish xususiyatlarini oshirishga hamda insonni noksosferaga moslashtirishga asoslangan.
Bu usul kasbiy tanlash, o‘qitish, instruksiyalar berish, psixologik ta’sir qilish va shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash bilan amalga oshiriladi.С-metodni amalga oshirishda noksosfera tavsiflarini o‘zgartirish uchun har xil vositalar qo‘llaniladi.
Real sharoitlarda yuqorida keltirilgan usullarning bittasi yordamida zarur xavfsizlik darajasini har doim ta’minlash mumkin bo‘lmaydi. Bunday holatlarda yuqorida keltirilgan usullarmajmuasini qo‘llash maqsadga muvofiq bo’ladi.Maktabgacha bolalar muassasalarining yer maydonining o’lchamlari bitta o’ringa quyidagi ravishda rejalashtiriladi: 100 o’ringacha bo’lgan bog’cha – yaslilarda 40 kv m dan bitta bolaga 100 va undan ortiq o’rinli bog’cha yaslilarda bitta bolaga 35kv m maydon ajratiladi.Maktabgacha bollalar muassasalari yer maydonida quyidagi muntaqalar (zonalar) ko’zda tutiladi; gurux maydonlari, umumiy jismoniy tarbiya, hovli bog’, ho’jalik va ko’kalamzorlashtirilgan maydon.Bolalar yasli bog’chalari alohida binolarda balandligi ikki qavatdan oshmasligi kerak. Binoning kompleksida alohida gurux yacheykalari va xo’jalik xizmati xonalari joylashtirilishi lozim. Xo’jalik xizmat xonalariga: ovqat tayyorlash, kir yuvish, xo’jalik xizmati va tibbiy xonalar kiradi.Bog’cha yoshidagi guruxlar gurux yacheykasining tarkibi qabulxona, ‘ynash va gurux xonalari, uxlash, hojatnxona va buffet – yuvish xonalaridan tashkil topishi kerak. Yuz va undan ortiq o’rinli maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar muassasalarida musiqa va gimnastika mashg’ulotlari uchun alohida yoki birlashtirilgan zallar ajratiladi
Amaliy mashg’ulotlar.mavzu bolalarning kun tartibi va ishchanlik qobiliyatini o’rganish.
Mashg’ulotni maqsadi: maktabgacha ta’lim muassasalaridagi kun tartibini gigiyenik baholash.bolalar ishchan qobiliyatining dinamikasini o’rganish. Turli faoliyat (mashg’ulot turlarini gigiyenik baholash)
Bolalar va o’smirlar gigiyena sohasida ish olib boruvchi shifokorning dolzarb vazifalaridan biri mashg’ulot o’tkazish vaqtida bolalarning tez charchashini oldini olish va aqliy ishlash qobiliyatini uzoq vaqt davomida yuqori darajada ushlab turish uchun qulay sharoit yaratishdir.
Mavzuni o’rganishdan maqsad maktabgacha ta’lim muassasalarida o’quv tarbiyaviy o’quv ishlab chiqarish jarayonga gigiyenik baho berishda qo’llaniladigan bilim va ko’nikmalarni o’rganish.
Maktabgacha bolalar muassasalarida ta’lim –tarbiya jarayoniga gigiyenik baho berish.
A. asosiy mashg’ulotlarni tashkillashtirishning gigiyenik asoslari
1. tayyorlov katta kichik va o’rta guruhlardagi asosiy mashg’ulotlarning davomiyligi va tarkibi
2. tayyorlov katta kichik va o’rta guruhlardagi asosiy mashg’ulotlarning kun tartibidagi tutgan o’rni.
3. har bir guruhdagi mashg’ulotlarning kun va haftadagi soni
Do'stlaringiz bilan baham: |