Voyaga yetganlarning odob-axloqi
Odob-axloq darslariga faqat bolalar muhtoj emas. Siz qilishingiz kerak bo'lgan narsa, o'zingizni tutishidan ko'ra yaxshiroq bilishi kerak bo'lgan kattalarni ko'rish uchun omma oldida bo'lganingizda atrofga nazar tashlashingiz kerak. Ehtimol, ular bolaligida o'qitilgan, ammo agar ular mashq qilmagan bo'lsalar, odob-axloq asoslarini unutganlar.
Advertisement
Odob-axloq qoidalari haqida bilgan yoki bilishingiz kerak bo'lgan narsalarni yangilash uchun ba'zi ko'rsatmalar:
Mavzu: Favqulotda vaziyatlarga ma’naviy ruhiy tayyorgarlik
Jumladan, qutqaruvchilar bilan individual suhbat va konsultatsiya o‘tkazilib borildi. Qolaversa, qutqaruvchilar faoliyatida ruhiy emotsional zo‘riqishlarning oldini olish hamda ularni turli kutilmagan hodisalarga tayyor turishlari uchun Ruhiy ko‘mak berish bo‘limi psixologlari tomonidan trening hamda relaksatsiya seans-mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Ish jarayonida turli psixokorreksion va terapevtik metodlardan foydalaniladi. Ushbu faoliyatning negizida asosan stress holatlarning oldini olish birinchi o‘rinda turadi. Bo‘lim mutaxassislari qutqaruvchilarning murakkab sharoitli faoliyatida, nostandart xolatlarga ruhiy jixatdan tayyor turishlarini ta’minlashga xarakat qildilar.
Har birimiz qachondir hayot tasodiflariga duch kelganmiz. Ko‘pincha, bunday xolatlar keskin tus olib, yaqinlarimiz yoki o‘zgalarning yordamisiz ruhiyatimizda kechayotgan xissiyotlarni enga olmaymiz. Ayniqsa, qadrli insonlarimizning vafoti, yaqinlar bilan munosabatlarning buzilishi, ajrashish xolatlari bunga misol bo‘la oladi. Bunday vaziyatlarda, tushkunlikka tushgan insonlar turli dori vositalarni yoki spirtli ichimliklarini ist’emol qilishni afzal ko‘rishadi. Uzoq vaqt davom etadigan kuchli emotsional bosim va mudhish kechinmalar turli hil psixosomatik va fiziologik buzilishlarga olib keladi: oshqozon xastaligi (yazva), 12 barmoqli ichakning faoliyati buzilishi, ich ketishi, bosimnmng oshishi, yurakning ishemik kasalligi hamda gipertoniya. Ko‘pincha favqulodda xolat oqibatida uzoq davom etadigan – atrof muxitga nisbatan nafrat, qayg‘u, qo‘rquv, jahl, ranj-alam, depressiya kabi holatlar kuzatiladi. Bunday stress holatlarini boshidan kechirgan insonlar ko‘pincha shifokorning doimiy mijoziga aylanib qoladilar.
Shunday qilib, Siz kuchli emotsional holatni boshdan o‘tkazdingiz – dil azobi, jahl, nafrat, vijdon azobi, qo‘rquv, vahima va boshqalar. Bunday holatlarda kuchingizni saqlab qolish, kechayotgan “bosimlarni engish” uchun kerakli sharoitlarni yaratish lozim. Bunday harakatlar o‘zingizni qo‘lga olib, favqulodda xolatlarda juda kerakli bo‘lgan kuchingizni saqlab olishga yordam beradi. Buning uchun, 6 ta oddiy uslublardan foydalanish mumkin.
Jismoniy mehnat bilan shug‘ullaning: mebel jihozlarini joyini almashtiring, uy tozalang, bog‘da ishlang.
Jismoniy mashqlarni bajaring: yuguring, yoki biron bir masofani o‘rta meyyorda yurib o‘ting.
Kontrast dush qabul qiling.
Ovozingizni chiqarib baqiring, oyoq bilan erni uring, kerakmas chinnilarni sindiring.
Yig‘lab oling, o‘zingizga yaqin insonlarga dardingizni ayting.
Spirtli ichimliklarni ko‘p ist’emol qilmang, bunday xarakat vaziyatni yanada qiyinlashtiradi.
Ko‘rib turganingizdek, ko‘rsatib o‘tilgan mashg‘ulotlar psixologik uslublar qatoriga kirmaydi, ko‘pincha kishilar shunga o‘xshash mashg‘ulotlarni intuitiv bajarishadi. Misol uchun: ayollar turmush o‘rtog‘i yoki farzandidan jahli chiqsa, janjal kelib chiqmasligi uchun darrov uy yumishlarini bajarishga kirishib ketadilar; erkak kishilar esa, g‘azab yoki jahli chiqsa sport zaldga borib jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadi; ishdagi kelishmovchiliklarni yaqin kishimizga aytib engillashamiz. Bunday xarakatlar psixosomatik buzilishlarning oldini oladi, insonning psixologik xolatini normallashtiradi hamda ruhiyat va salomatik funksiyalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan kechinmalarni paydo bo‘lishining oldini oladi.
Psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy vazifasi favqulodda vaziyatlar oqibatida negativ holatlarning oldini olish, yangi sharoitga moslashuv jarayonini anglash, shaxsning adaptiv va kompensator resurslarini aktivlashtirish kabi ishlarni amalga oshiradi. Jabrlanuvchilarga samarali psixologik yordam ko‘rsatish natijasi bu – ekstremal, noodatiy vaziyatlarda insonning ruhiy holatini normallashtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |