Internet saytlari
www.ziyo.netInternet kutubxona.
www.Expert.psychology.ru
www.psychology.net.ru
www.edu.uz
Ilovalar.
Kasbni tahlil etish sxemasi
Mehnat predmeti: tabiat, texnika, odam, belgilar, badiiy obraz.
Mehnat maqsadi: bilish (baholash, tub o’zgarish qiluvchi, izlanuvchanlik (tadqiqotchilik).
Mehnat vositasi: qo’l, mexanik, avtomatik, funktsional (nutq, mimika, jismoniy), nazariy (bilim).
Mehnat shart-sharoiti: maishiy mikromuhit, noodatiy muhitlar (sex, magazin), ekstremal (suv osti, shaxta), ochiq havo.
Mehnatni tashkil etish: aniq tartib-qoidaga asosan, odatiy munosabatlar bo’yicha: boshliqxodim, nisbiy mustaqil.
Mehnat jarayonidagi muloqot: individual (mijoz bilan), guruhda ishlash, katta jamoa va auditoriyalar bilan ishlash.
Mehnatga mas’uliyatini belgilovchi: moddiy, axloqiy, inson hayoti va salomatligiga daxldorlik.
Harakatlanish xarakteri: o’tirib ishlash, tik turib ishlash, doimiy harakatda ishlash.
Salomatligiga qo’yiladigan talablar: yuqori, me’yorda, barchasini amaliy bajarish.
Kasbga nisbatan jamiyatning ehtiyoji: talab bor, talab etilmaydi, ish topish qiyin. Kasb xususiyatlari: imtiyozlarga ega (qanday?), barvaqt nafaqaga chiqish, ta’tillarga borish, qiziqtiruvchi imkoniyatlari (mehnat mehnatsiz daromad olish imkoniyati) va boshqalar. Kasbni egallash: ma’lumot talab etilmaydi, ishlab chiqarish o’quvchisi, maxsus kurslarni, kasb-hunar kolleji, oliy o’quv yurti aspirantura, doktorantura, akademiya tamomlash.
2-3 ta kasblarni tahlil etilgandan so’ngra murakkab hollarda o’yin to’xtatiladi.
Hurmatli psixolog sizning ish faoliyatingizni uslubiy jihatdan boyitish maqsadida yuqori sinf o’quvchilari bilan kasb tanlash va kasbga yo’naltirish ishlarini tashkil etishga bag’ishlangan o’yinlarni taqdim etamiz. Ular bilan tanishing va amaliy faoliyatingizda tatbiq eting.
“KASBIY MASLAHAT” O’YINI (SINF BILAN BIRGALIKDA BAJARILADI)
O’yin sinf bilan birgalikda amalga oshirishga mo’ljallargan. Buning uchun o’quvchilar “Inson. Mehnat. Kasb”ga doir kursni tinglashlari lozim. O’yin 40-45 daqiqaga mo’ljallangan. O’yin birn necha bosqichda amalga oshiriladi. Dastlabki tayyorlov bosqichi quyidagicha tashkil etiladi:
O’yindan oldin ”Inson.Mehnat. Kasb” mavzusida suhbat o’tkaziladi.
O’yindan oldin sinf o’quvchilari bilan kelishgan holda yoki anonim tarzda “Menning bo’lg’usi kasbim” yoki “Mening kasbiy rejam” mavzusida yozma ish tayyorlanib, so’ngra sinfda muhokama qilinadi. Kasbiy rejaning har bir jihati 5 balli shkalada baholanadi va muhokama qilinadi. Imkoni topilsa boshqa maktab o’quvchilari bilan anonim xatlar almashinuvini tashkil etish mumkin. Xatda familiyaning bosh harfi va imzo qo’yiladi. Xatda o’quvchilar o’zlarining kasb tanlashi bilan bog’liq muammolari, shaxsiy rejalari va o’zlari haqida ma’lumot beradilar. Javob xatida esa ular bir-birlariga maslahatlar berishi lozim. Tayyorlov bosqichini amalga oshirishda psixolog o’zining kasbiy etikaviy tamoyillari va qoidalariga alohida e’tibor qaratishi kerak. Bu ishni bajarish tartibi o’quvchilarning xohish-ixtiyoriga ko’ra amalga oshirishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |