Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари



Download 200,75 Kb.
bet3/24
Sana11.03.2022
Hajmi200,75 Kb.
#490484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
psixologiya

1.2. Kasb psixologiyasi muammolari
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan sog‘lom avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat etiborni talab qiladigan jarayondir. Shunday ekan, o‘qituvchi talabaning shakllanish jarayonini zo‘r havas va sinchkovlik bilan kuzatishi lozim. mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari, axloq, kasb etikasining shakllanishi va rivojlanishi, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalar rivojlanadi.
O‘quvchilarda uning huquqlaridan biri bo‘lgan har bir kishi o‘zi xohlagan kasbini tanlash imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, kasblar haqida yoshlarga keraklicha ma’lumot berish, ularning kelajakda o‘z kasbining mahoratli egasi bo‘lib yetishishini ta’minlashdan iborat. Kasbga yo‘naltirish deganda, talabalarga (shaxsga) o‘z qobiliyati, qiziqishlari, imkoniyatlari va ijtimoiy ehtiyojlarni hisobga olgan holda ongli ravishda kasb tanlashga yordam berishdan iborat faoliyat tushuniladi.
Kasbga yo‘naltirish o‘quvchi shaxsi, barkamol inson rivojlanishi, manfaatlar, qiziqishlarni amalga oshirish muhiti, harakatlantiruvchi mexanizmlar bilan bog‘liqdir. Kasb tanlash inson hayotidagi muhim qadamlardan biridir. Odatda insondan hayotimizdagi asosiy qadriyatlar nima deb so‘ralsa, u “sevimli insonlar” va “sevimli ishim”deb javob beradi. Shuning uchun kasb tanlashda adashishkechirilmas xato. Ko‘p hollarda bu xatolik inson o‘z-o‘zini yaxshi bilmasligidan kelib chiqadi. Ko‘ngilga yoqadigan ish topish va bu ishda muvaffaqiyat qozonish uchun, avvalambor o‘zining xohish va moyilligini aniqlab olish kerak, keyin shunday kasb tanlash kerakki uning xohish, moyilligiga mos tushishi kerak. Har qaysi insonda turli layoqat, temperament, yashashdan maqsadi bo‘ladi. Ba’zi birlar butun bir korxonani muvaffaqiyat bilan boshqaradilar, boshqalar uchun esa bitta mas’uliyatli qaror qabul qilish ham azobli kechadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, bir odamga to‘g‘ri kelgan kasb ikkinchi insonga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Hayotda xohishi, qiziqishi, layoqati, qadriyatlar tizimi, mobilligi, xarakteri bir-biriga to‘la mos keladigan insonlar yo‘q, faqat o‘xshash insonlar bor, ya’ni ularning ko‘pchiligida shaxs tipi (turi) bir-biriga to‘la mos tushadi. Bu o‘xshashlik har qaysi odam uchun qaysi sohada muvaffaqiyat qozonish, qaysinisida esa ishlolmasligi haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerakligi uchun muhim shart-sharoitdir. Bugungi dolzarb muammolardan biri o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, psixologik – pedagogik tashxis ishlari samaradorligini oshirish va maxsus ehtiyojga muhtoj bolalarning jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, kasb-hunarga to‘g‘ri va ongli ravishda yo‘naltirish masalalarini qamrab olgan amaliy- uslubiy yordam, yo‘naltiruvchi tavsiyalar berish zarur. Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari butun pedagog jamoaning, mahalla ahlining, oilaning, barcha- barchaning ishidir. Kasblarni to‘g‘ri va ongli tanlashda pedagog va psixologlarning o‘rni ahamiyatlidir.Shu jumladan, psixologlar “Kasb tanlash motivini aniqlash”, ”Xolland”, D.D.S., ya’ni Differensial-diagnostik so‘rovnoma, “Qiziqishlar xaritasi” kabi metodikalarni o‘tkazgandan so‘ng, boladagi qiziqish, moyilliklari, layoqatlari, motiv va qobiliyatlari namoyon bo‘ladi. Bolalardagi qiziqish, qobiliyat aniqlangandan so‘ng, bolani shu tanlagan kasbi bo‘yicha yo‘naltirish lozim, chunki boladagi bor layoqat, qobiliyat rivojlantirilsa, u o‘z kasbining ustasi, mahoratli kasb egasi bo‘lib yetishadi. Ingliz bioximigi S.Rouz, kishi qobiliyatining rivojlanishi uchun to‘siqlar biologiyaga qaraganda, sotsial sharoitda ko‘proqdir deb ta’kidlaydi. Ingliz psixologi D.Kidjin ham aynan shunday xulosaga kelib, tarbiyaning kishi intellektual rivojlanishiga hal qiluvchi ta’siri haqida so‘z yuitiladi.
Ikkinchi konsepsiyaning vakillari qobiliyatni butunlay hayot va tarbiyaning sotsial sharoiti belgilaydi, deb uqtiradilar. Masalan, Gelvetsiy o‘z vaqtida, tarbiya yordamida geniy yaratsa bo‘ladi, degan edi. Hozirgi zamon olimlaridan amerikalik U.Eshbi, kishining qobiliyati yashab turgan vaqtida stixiyali ravishda o‘z-o‘zidan va ongli ravishda ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi, shularning natijasi o‘laroq masalalarni yechish uchun tegishli dastlabki rejalar va programmalar vujudga keladi, deb ta’kidlaydi. Ijodiy programma va zo‘r ishchanlik qobiliyati mavjud bo‘lsa, faoliyatda eng yuksak yutuqlarga erishiladi.
Masalan Firmen, qobiliyat muhitga bog‘liq, deb hisoblaydi. Muvaffaqiyatli faoliyatning eng muhim shartlaridan biri tasvirlayotgan narsangga nisbatan muhabbatingdir, deb yozgan edi mashhur rassom Yu.Neprinsev. Mashhur peyzajchi, tabiat kuychisi V.V.Meshkov ham ana shu fikrda edi. Rassomga fidokorlik, ijod o‘tida yonish zarurdir. Agar bu o‘t kuchli bo‘lsa, rassom ehtirosli va hayajonlantiruvchi rasm ishlashni oxiriga yetkaza oladi, chunki asar nafaqat aql va o‘tkir kuzatuvchanlik bilan, balki ishga halol munosabatda bo‘lish bilan bunyod etiladi.
I.Repin rassomlikka shunchalik ehtiros bilan berilib ketgan ediki, hatto mehmonlar huzurida dam olayotganida ham qalami qo‘lidan tushmas edi. O‘ng qo‘li charchab qalam tutishga majoli kelmay qolganda u rasmni chap qo‘li bilan chizishga o‘tar edi. Ajoyib peyzajchi V.V.Kraynov og‘ir kasallikka duchor bo‘lgan edi: oyoqlari qariyb harakatga kelmas, qo‘llari uchun esa mo‘yqalam ham og‘irlik qilardi, ammo u naturadan rasm chizar, mo‘yqalamni barmoqlari orasida zo‘rg‘a qisib turar, hatto tushib ketmasin deb uni qo‘llariga bog‘lab ham qo‘yar edi. V.V.Kraynov tabiatga bo‘lgan muhabbatini asarlariga ko‘chira olgan, bu esa unga ishlash uchun madad bergan. Berilib ketish, ishga ehtirosli munosabatda bo‘lish, faoliyatning sotsial mohiyatini tushunish bilan bog‘liqdir. Shuning bilan birga, tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari, inson ijodiy aks ettirish faoliyatining ob’ektlari sifatida, shaxsga qanchalik kuchli ta’sir qilishi bilan ham bog‘liqdir. Ta’sirning va emotsional ta’sirchanlikning kuchi esa bir tomondan, shaxsdagi hissiyotga beriluvchanlikning o‘tkirligi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, bir kishiga turli ob’ektlar turlicha ta’sir qiladi, lekin shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, bir ob’ekt turli odamlarda kuchi va xarakteri jihatidan turlicha taassurot hosil qilishi mumkin. Oy chiqishini ko‘rganda ko‘pchilik odamlarning ko‘ziga yosh kelishi ehtimoldan uzoq, vaholanki, haqiqiy rassom Kulindji nihoyatda qattiq zavqlanar va yig‘lab yuborar edi. Mana shu konkret holda qobiliyatning komponentlaridan biri rassom ko‘ra bilishi va ichki yechinmalarining o‘tkirligi va o‘ziga xosligidan iborat bo‘lib, u emotsional ta’sirchanlikning, ob’ektga va bu ob’ektni badiiy ifodalashga qaratilgan faoliyatga berilib ketishning chuqurligi va kuchi bilan bog‘liqdir. Emotsiyalar, his-tuyg‘ular shaxs aktivligining, jumladan, ijodiyotning energiya manbaidir. I.P.Pavlov, emotsiyalar bosh miya qobig‘iga quvvat berib turadi, uning faoliyatini tetiklantiradi, deb ko‘rsatgan edi. Emotsiyalarni, o‘zi reaksiyaga kirishmay sintezga yordam beradigan katalizatorlarga o‘xshatsa bo‘ladi.
Akademik O.Baroyan, “Olimning muammoga nisbatan xuddi shu shaxsiy emotsional munosabati unga aynan boshqalar payqamagan narsalarni ko‘rish imkonini beradi”, deb yozadi. Ijobiy emotsiyalar qobiliyatni aktivlashtiribgina qolmay, uning ro‘yobga chiqishi uchun optimal sharoit yaratadi. Masalan, ilhomlanishdan iborat bo‘lgan emotsional holat hamma vaqt shaxs qobiliyati potensial kuchlarining aktual kuchlarga aylanishiga yordam beradi: Ilhom kelganda kishilar favqulodda katta ish qiladilar. Qobiliyatli kishi bilim va malakalarni, kasbni oson va tezda egallab olish bilan birga, u qiziqishi tufayli katta ishchanlik ko‘rsatadi, bu esa uning o‘qish va mehnatining yanada samaraliroq bo‘lishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar tug‘diradi. Qiziqqan kishi hamma kuchi va vaqtini o‘zi sevgan ishiga bag‘ishlaydi. Aks holdagi faoliyat g‘ayri tabiiy va mantiqsiz bo‘lar edi. Ko‘pgina iste’dodli kishilar o‘z muvaffaqiyatlarini baholaganda mehnatsevarlik va ishchanlikni birinchi o‘ringa qo‘yganlar. Edison o‘z muvaffaqiyatlarida iste’dodning va mehnatning rolini baholar ekan, bunda faqat 1 foizgina geniy bo‘lsa, 99 foiz ter to‘kish bo‘lgan, degan edi. Tamomila ravshanki, hamma buyuk kishilar bag‘oyat mehnatsevarlikka va kata ishchanlikka ega bo‘lganlari holda, hatto nerv sistemalari tabiiy kuchsiz bo‘lsa-da sub’ektiv ravishda o‘z yutuqlarini qobiliyat emas, balki mehnatdan deb baholaganlar. Mehnatsevarlik ishchanlikning asosidir deyish mumkin, bundan kelib chiquvchi ishchanlik va zo‘r berib ishlash esa sermahsul faoliyatning asosi, ya’ni qobiliyatning namoyon bo‘lishi va rivojlanishi uchun zamindir. Hatto kishi asosiy hayotiy faoliyat sifatida bitta muayyan faoliyatni tanlab olganda ham bu faoliyatda yuksak muvaffaqiyatlarga erishishiga har tomonlama rivojlanganligi sabab bo‘ladi. Ko‘pchilik yirik yozuvchilar, yuqorida ko‘rsatilgandek, faqat professional yozuvchi sifatida mashhur bo‘lganlar, lekin ular yanada aniqroq, jonliroq, yorqin adabiy obrazlarni yaratishga yordam beruvchi vosita sifatida rasm solishga, rassomlikka va muzikaga murojaat qilganlar (A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov va boshqa ko‘pgina yozuvchilar). Masalan, Repinning musiqani tushunishi va uni ehtiros bilan sevishi, yorqin badiiy kartinalar yaratishida musiqiy obrazlar unga yordam bergani bizga ma’lum. Kishining har tomonlama rivojlangan bo‘lishi o‘z imkoniyatlarini to‘g‘riroq baholash va shunga muvofiq ravishda asosiy faoliyatini aniqlab olishga imkon beradi. Bundan tashqari, u hamma qobiliyatlarning rivojlanishini ta’minlaydi, ular hammasi birgalikda hatto bitta muayyan faoliyatda bitta qobiliyatning mazkur faoliyatda bergan samarasiga qaraganda, haddan tashqari yuqori samara beradi.
Agar qobiliyat-bu shaxs xususiyatlarining “ansambli” bo‘lsa, iste’dodning oliy darajalari-talantlik va geniallik-odamning yuksak darajada rivojlangan qobiliyatlari “ansambli” bo‘ladi. Qobiliyatning eng yuqori darajasi “talant” deb ataladi. Talant – insonga qaysidir murakkab faoliyatni muvaffaqiyatli, mustaqil va o‘ziga xos tarzda amalga oshirish imkonini beruvchi qobiliyat, tabiiy iqtidor hamohangligidir. Talant haqida xalqning o‘zida “Xudo bergan” degan gap bor. O‘z navbatida tabiiy iqtidor, qobiliyat, talant hayotiy kasbiy tajriba va zo‘r mehnat bilan uyg‘unlashsa mahorat shakllanadi. Agar qobiliyatning yuqori darajada namoyon bo‘lishi “talant” deb atalsa, talantning yuqori darajada namoyon bo‘lishi buyuklikdir. Buyuklik – bu inson ijodiy kuchining yuksak darajada namoyon bo‘lishi. Nemis faylasufi Shopengauer bu haqda shunday deydi: “Hech kim tekkiza olmagan mo‘ljalga tekkizgan mergan- talantdir, hech kim ko‘rmagan mo‘ljalga tekkizgan mergan - buyukdir”. Maktab o‘quvchilari bir-birlaridan o‘z qobiliyatlari bilan farqlanadilar. Qobiliyat notekis rivojlanadi, rivojlanishning vaqtincha to‘xtab qolishi ko‘pincha jadal rivojlanish bilan almashinadi. Bu hol individuallashni, maxsus pedagoglik nazokatini talab qiladi. Ba’zan birovlarga oshiqcha talablar qo‘yib, qo‘shimcha topshiriqlar berish lozim, boshqalarga esa yordam berish kerak, toki ularning qobiliyati tezroq rivojlanib, bilimlar bilan yanada to‘lsin, kerakli xususiyatlari, kompensatsiyalovchi (tiklovchi) mexanizmlari shakllansin. Shuni esda tutish kerakki, tani sog‘, psixik jihatdan sog‘lom bolalar orasida qobiliyatsizlari bo‘lmaydi, balki ular orasida faqat shundaylari bo‘ladiki, ularning nimaga qobiliyatli ekanini biz bilmaymiz. Shu sababli bolalarni sabot bilan o‘rganish va ular qobiliyatini baholashga optimistik ravishda yondoshish-qobiliyat tarbiyachisining zaruriy fazilati bo‘lib hisoblanadi. Qobiliyat muayyan izchillikda namoyon bo‘lishi va rivojlanishini hayot tajribasi ko‘rsatib turibdi. Hammadan oldin musiqaviy qobiliyat ro‘yobga chiqadi, hamma buyuk musiqachilar 4-5 yoshidanoq muvaffaqiyat bilan kuy chalishni bilar edilar. Undan keyin 6-8 yoshdan rassomlik qobiliyati yuzaga chiqadi. Bu yoshdagi bolalarda koloritli original rasm namunalari solishini kuzatish mumkin. Iste’dodli bolalarning rassomlik asarlari ko‘rgazmalarini o‘tkazish dunyo tajribasida keng tarqalgandir. Demak, ma’lum tabiiy imkoniyatlar mavjud bo‘lganda har tomonlama rivojlanganlik chinakam talant va geniallikning rivojlanishi uchun asosiy shart-sharoitdir. Hatto, ochiq-oydin tabiiy imkoniyatlar mavjud bo‘lmaganda ham, shaxsning har tomonlama rivojlangan bo‘lishi kishi qobiliyatining o‘zi tanlagan yagona faoliyatga nisbatan yuqori darajada rivojlanishi va faoliyatda ancha yuksak ko‘rsatkichlarga erishishini ta’minlaydi. Biz bolalarimizni kasb tanlashiga befarq bo‘lmasdan maktab psixologi, rahbariyati, qolaversa sinf rahbarlari bilan tez-tez uchrashib, boladagi moyillikni, qobiliyatni rivojlantirishimiz lozim. Sinf rahbarlari ham har bir o‘quvchisini darslarda, tashkiliy ishlarda kuzatib, bolani o‘rganib, maktab psixologi va ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borishi lozim.
Maktab psixologi olingan test natijalari bilan sinf rahbarlari va o‘qituvchilarni xabardor qilishi va kerakli maslahatlarni berib borishi,o‘quvchilarni o‘zida bor qobiliyat va moyilliklaridan xabardor qilib ikkilanishlar oldini olishi lozim. Kerak bo‘lsa ota-onalarni ham test natijalaridan, bolalarining bor qobiliyatlaridan xabardor qilishi darkor. “Biz o‘z iste’dodli fidoyi bolalarimizni kasb va bilim cho‘qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz_kerak. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlartayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni yuksak darajada bajarish borasida, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda kasb-hunar ta’lim muassasalarining ahamiyati muhim sanaladi. Bu borada Yurtboshimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini ta’kidlamoqchimiz: “O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’lim muassasalari har – bir xududning o‘ziga xos, jo‘g‘rofiy, etnik xususiyat, ehtiyojlaridan kelib chiqib, tashkil etilishi hamda unda tahsil olayotgan o‘quvchilarning ota – onalari bag‘rida o‘qib, kasb – hunar egallashlari qolaversa, o‘sha xududning madaniy – ma’rifiy markaziga aylantirish, yoshlarni chinakkam barkamol kadrlar qilib tayyorlashga bo‘lgan talabdandir” deya e’tirof etganlar.Ushbu fikrlari orqali jamiyat va davlat rivojlanishida yoshlarni har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlar qilib tayyorlash ertangi kunimiz uchun zamin yaratilishiga ishonch bildirganlar. Shunday ekan, bu borada kasb-hunar muassasalarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish tadbirlarining o‘rni va ularni o‘tkazishning mazmun mohiyatiga to‘xtalmay iloji yo‘q. Kasb-hunar ta’lim muassasalari umumiy o‘rta ta’lim maktab bitiruvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirishda tadbirlarni tashkil etish va ularni o‘tkazib borishdan maqsad, o‘quvchi yoshlarni kasblar dunyosiga olib kirish, tanishtirish, qiziqtirish hamda qobiliyati, moyilligi bor o‘quvchilarni ongli tarzda kasb tanlashlariga zamin yaratib beruvchi omil bo‘lib sanaladi. Biz shu o‘rinda kasb-hunar tanlashga xizmat qiluvchi tadbiriy omillarni sxematik tarzda keltirib har - biriga qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchimiz: “Kasblar festivali”

  1. Tadbir yuzasidan kasb-hunar kollejlar “Kasblar festivali”ni o‘tkazilishi bo‘yicha bo‘yruq hamda dastur ishlab chiqadi.

  2. Kasb-hunar kolleji psixologi, muhandispedagog, ishlab chiqarish ustalari bilan yaqin hududda joylashgan har bir umumta’lim maktablariga borib, kasb-hunarga yo‘naltiruvchi, amaliyotchi psixolog va sinf rahbarlari boshchiligida 9 - sinf bitiruvchilariga kasb-hunar kollejlari tayyorlov yo‘nalish mutaxassisliklari bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish bilan birga tadbirga ham taklif qiladilar.

  3. «Kasblar festivali» tadbiri kasb-hunar kolleji hovlisida bo‘lib, unda o‘z tayyorlov yo‘nalishlari, mutaxassisliklarini tarannum etuvchi ko‘rgazmalar, stendlar hamda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan buyumlar yarmarkalari namoyishi bilan bayramona ruhda bezatiladi.

  4. O‘quv laboratoriya xonalari, o‘quv ishlab chiqarish ustaxonalari, texnika vositalari va ularni jihozlanishi bilan bir qatorda undagi sport turlari hamda kutubxonalar bilan tanishtira borish ham joizdir.

Ochiq eshiklar kuni” tadbirida kasb-hunar kollejlari bayramona ruhda bezatilgan bo‘lishi bilan birga quyidagi ishlarning tashkilotchisi hambo‘lishi kerak: - kasb-hunarga yo‘naltirish xonasini tashkil etib, ushbu xonada kasbiy tayyorlov mutaxassisliklarini tarannum etuvchi stendlar, ko‘rgazmalar hamda ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari haqidagi ma’lumotlar bankini tashkil etilishiga; ushbu tadbir yuzasidan ommaviy axborot vositalariga hamda matbuotda maqola va tezislar bilan chiqish kabilar.
Talabalarni ongli va to‘g‘ri kasb tanlashga tayyorlashda, ya’ni kasbga yo‘naltirishda (proforientatsiya) bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan quyidagilar haqida ma’lumot berish o‘rinlidir.

Download 200,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish