Temperament turlarining tasnifi (I.P. Pavlov ta’limotiga ko‘ra):
kuchli, ehtirosli, behalovat – holerik;
kuchli, bosiq, epchil – sangvinik;
kuchli, bosiq, sust – flegmatik;
4) kuchsiz – melanxolik
Temperament turlarining tizimli tavsifi1
Ichki xususiyat
|
Holerik
|
Sangvinik
|
Flegmatik
|
Melanxolik
|
Xulqi
|
beqaror
|
barqaror
|
o‘ta barqaror
|
juda beqaror
|
Hissiyoti
|
kuchli, qisqa muddatli
|
yo’zaki, qisqa muddatli
|
kuchsiz
|
chuqur va o’zoq muddatli
|
Kayfiyati
|
turg‘un emas, yaxshi
|
turg‘un, ko‘tarinki ruhda
|
turg‘un, doimo xursand va qayg‘usiz
|
turg‘un emas, pessimistik ruhda
|
Nutqi
|
baland, keskin, bir xil emas
|
baland, jonli, bir xil sur’atda
|
ohista, bir ohangda
|
juda sekin
|
Sabri
|
sust
|
boshqariladi
|
juda kuchli
|
besabr
|
moslashish qobiliyati
|
oson
|
juda oson
|
sekinlik bilan
|
juda qiyin
|
Muomalasi
|
yuqori
|
o‘rtacha
|
past
|
juda past
|
o‘zini tutishi
|
tajovo’zkor
|
do‘stona
|
bosiq
|
qiyinchilikdan qochadi
|
tanqidga munosabati
|
asabiy
|
bosiq
|
befarq
|
qabul qilmaydi
|
faoliyatga munosabati
|
qiziqqon, berilib ishlaydi
|
jonli, ko‘p gapirib ishlaydi
|
betinim ishlaydi
|
vaziyatga qarab turlicha, reaktiv
|
yangilikka munosabati
|
ijobiy
|
befarq
|
salbiy
|
manfaatli
|
xavfga munosabati
|
jangovar, tavak- kaliga
|
yaxshi tayyorgarlikdan so‘ng tavakkalsiz
|
sovuqqon, o‘zidan chiqishi qiyin
|
xavotirli,o‘zini yo‘qotib qo‘yadi
|
maqsadga intilish
|
kuchli, bor imkoniyatini ishga soladi
|
tez etishish, to‘siqlarni aylanib o‘tish
|
qat’iyat bilan, shoshmasdan
|
to‘siqlardan qochish orqali tez yoki sust
|
imkoniyatni baholashi
|
juda ortiqcha
|
bir muncha
|
real baho
|
hisoblay olmaydi
|
ta’sirga berilish
|
past
|
biroz mavjud
|
kuchsiz
|
juda kuchli
|
Xarakter – shaxsning faoliyat va muomalada tarkib topadigan va namoyon bo‘ladigan barqaror individual xususiyati bo‘lib, individ uchun tipik xulq-atvor usullarini yo’zaga keltiradi.
Fanda shaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi xarakterni quyidagi to‘rt tizimga ajratish qabul qilingan:
Jamoaga (guruhga) va ba’zi bir insonlarga nisbatan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik va boshqalar.
Mehnatga nisbatan munosabatni mujassamlashtiruvchi xususiyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas’uliyatlilik, mas’uliyatsizlik kabilar.
Narsalarga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar: ozodalik, ifloslik, ayash, ayamaslik va hokazo.
Shaxsning o‘ziga nisbatan munosabatini ifodalovchi xislatlar: izzat-nafslilik, shuhratparastlik, mag‘rurlik, takabburlik, dimog‘dorlik, kamtarinlik, samimiylik va boshqalar.
Xarakter va kishining tashqi ko‘rinishi. Psixologiya tarixida inson bosh suyagining shakliga, yo’z to’zilishiga, qaddi-qomatiga (tana to’zilishi va hokazolarga) ya’ni ayrim tashqi alomatlariga qarab kishi xarakterini belgilash nazariyalari mavjud bo‘lgan. Arastu va Aflotun ham kishi xarakterini tashqi ko‘rinishiga qarab aniqlashni taklif qilganlar qatoriga kiradi. Ularning xarakterni o‘rganish nazariyasi asosi qanchalik sodda bo‘lsa, shunchalik g‘aroyib faraz yotdi. Masalan, kishining tashqi ko‘rinishida qandaydir hayvon bilan o‘xshashlik belgisini topish tavsiya qilingan, so‘ngra esa uning xarakteri ana shu hayvonning xarakteri bilan aynan bir xil deb qaralgan. Arastuning fikricha, buqaniqi singari yo‘g‘on burun ish yoqmaslikni bildiradi2.
4.4. Umumiy va maxsus qobiliyatlar
Qobiliyat shaxs faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblab, zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashning o‘sishida yo’zaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual-psixologik xususiyatdir.
Qobiliyat individual-psixologik xususiyat bo‘lib, bir odamning boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi.
Qobiliyat umumiy va maxsus turga bo‘linadi.
Shaxsning umumiy qobiliyati yoki umumiy fazilati muayyan psixologik ko‘rinishlarga ega bo‘lib, ularni tadqiq qilishga psixologlar allaqachon kirishgan. SHaxsning aniq faoliyat sharoitida qobiliyat sifatida namoyon bo‘ladigan umumiy fazilatlari jumlasiga odamlarning uch tipdan bittasiga mansubligini ko‘rsatadigan individual-psixologik fazilat kiradi.
Iste’dod, uning to’zilishi va paydo bo‘lishi. Qobiliyat taraqqiyotining yuksak bosqichi iste’dod deb ataladi. Psixologik adabiyotlarda unga turlicha ta’rif berilishiga qaramay, uning asosiy belgilar ta’kidlab o‘tiladi. CHunonchi, shaxsga qandaydir murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasi iste’dod deyiladi. Muxandis xodimlari faoliyatida qobiliyat asosiy o‘rinni egallaydi. CHunki har bir xodimning mehnatga loyiq yoki loyiq emasligi ham uning qobiliyatini aniqlashdan boshlanadi.
Qobiliyat-shaxsga ma’lum faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish, bilimlarni tez va osonlik bilan o‘zlashtirishga yordam beruvchi individual psixologik xususiyat.
Qobiliyat-shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli bajarishga bo‘lgan layoqat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida hosil qilingan individual xususiyatlar yig‘indisi.
Zehn muayyan bir faoliyatga (maxsus qobiliyatlar) yoki hamma narsaga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda (umumiy qobiliyat) moyillikda va intilishda ko‘rindi. Zehn qobiliyatlarning psixofiziologik asosini ifodalab asosan asab tizimi xossalariga ega bo‘ladi.
Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |