2. O‘quvchilarning shaxsiy kasbga doir rejasi va uni tuzish yo‘llari.
Sнaxsiy kasbga doir reja tuzish uchun avvalom bor o‘quvchilar bir qancha savollarga javob topishlari maqsadga muaofiq bo‘ladi. Bu savollar asosan mutaxassislar tomonida tav’siya qilinadi. Berilgan barcha savollarga javob berilishi shart. Javoblar imkon darajasida qisqa, aniq va tushunarli bo‘lishi zarur. Xar bir savolga ikki-uchta so‘z bilan erkin javob berilishi talab qilinadi.
Sahsiy kasbga doir reja tuzish maqsadida o‘quvchilar o’zlarida javob topishlari kerak bo‘lgan savollar na’munasini keltiramiz:
1.Xozirgi davrda vijdonar-chindildan, to‘g‘ri ishlash zarur deb o‘ylaysizmi? Nima sababdan?
2.Mustahkam va chuqur kasbiy ta’lim olish zarur deb o‘ylaysizmi, yoki usiz ham yaxshi yashash mumkimi?
3.Xozirgi kunda mustaqil O‘zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shilishi, yanada gullab yashnashi uchun qanaqa kasblar zarur deb o‘ylaysiz?
4.Siz qaysi kasblarni eng nufuzli kasblar deb o‘ylaysiz? Nima sababdan?. Asoslab bering.
5.Siz qanday kasblarni bilasiz? Uch minut davomida nechta kasb nomlarini yoza olasiz?
6.Siz 20-30 yildan keyin kim bo‘lishni xohlar edingiz? Sizning kasbiy orzuingiz qanday?
7.O‘z kasbiy orzuingizni amalga oshirishning 5-6 ta bosqichini aytib, izohlab bering.
8.O‘zingiz tanlagan kasbning o‘ziga xos afsal xususiyatlarini qay darajada bilasiz?
9.O‘z tanlagan kasbingizni egallash uchun kelgusida ta’lim olish zarur bo‘ladigan ta’lim muassasasi nomini qo‘rsating.
10.Oldingizga qo‘yilgan maqsadingizga erishishingiz yo‘lida nimalar xalaqit berishi mumkin?
11.O‘z kasbiy orzungizning amalga oshishiga insonlarning qarshiliq ko‘rsatishini, halaqit beruvchi vaziyatlarni engib o‘tish uchun qanday yo‘l tutar edingiz?
12.O‘z shaxsiy xayotiy rejalaringizni amalga oshirishda sizning qaysi shaxsiy xususiyatlaringiz yordam beradi? Bu shaxsiy xususiyatlaringizning alohida foydali va zararli qirralarini ko‘rsatib bering va ularni to‘liq izoxlab ko‘rsating.
13.O‘z shaxsiy xayotiy rejalaringizni amalga oshirishda muvaffaqiyat-sizlikka erishgan taqdiringizda sizda o‘z kasbiy orzungizning altirnativ varianti mavjudmi? Ular qanday?
14. O‘z shaxsiy xayotiy rejalaringizni amalga oshirish uchun nimalarni qila boshladingiz?
Sizning ochiq, samimiy javoblaringiz o‘z kelajak kasbiy va xayotiy faoliyatingiz borasidagi jiddiy o‘ylashingiz, fikr yuritishingizning boshlanishi xisoblanadi.
Taklif etilgan savollarga o‘quvchilar tamonidan berilgan javoblarni baholash mezonlari quyidagicha bo‘ladi:
1 ball - savollarga javob berishni rad qilgan xolda (mazkun masalada o‘ylab ko‘rish istagi yo‘q).
2 balla - javobi yo‘qligini tan olganda yoki noto‘g‘ri, yanglish javob berganda.
3 balla - javob berilgan, lekin javob juda aniq emas va to‘liq oxirigacha o‘ylanmagan, mulohaza qilinmagan javob berganda.
4 ball - asoslashga xarakat qilingan aniq javob berilganda.
5 ball - to‘liq asoslangan aniq javob berilganda.
Shu baholash mezanlari asosida yuqoridagi savollarga javobi uchun yuqori baho olgan o‘quvchilar o‘z shaxsiy kasbiy ish rejalarini to‘g‘ri tuzishlariga ishonamiz. Ular o‘z kasbiy orzunlarini to‘g‘ri mo‘ljallaydilar va unga erishadilar.
Shu nuqti nazardan o‘quvchilarning o‘z shaxsiy kasbiy ish rejalari ularning to‘g‘ri kasb tanlashi va uni egallashlarida muhim o‘rin tutadi.
Quyida misol tariqasida kasbga doir rejanning qanday tuzilishi bo‘yicha ma’limotlar va rejan na’munasini keltirib o‘tamiz. Bu qishloq maktabi o‘quvchilarining qishloq xo‘jalik ekinlari etishtirish bilan bog‘liq bo‘lgan kasbni egallashni tanlagan VIII- o‘quvchining kasbga doir rejasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |