Suyuqlik sirtini 1 sm2 ga oshirish uchun sarflash lozim bo'lgan ish sirt taranglik koeffitsiyenti yoki to'g‛ridan-to'g‛ri sirt taranglik deyiladi.
Sirt taranglik grekcha σ (sigma) harfi bilan belgilanadi. Sirt taranglik Mgj/m2 yoki mn/m larda o'lchanadi. Suyuqliklarning sirt tarangligi suyuqlikning tabiatiga va temperaturaga bog‛liq bo'ladi. Ba'zi suyuqliklarning 20°C dagi sirt tarangligi
Sirt taranglikni aniqlashning ko'p qo'llaniladigan usullari kapillyar ko'tarilish usuli va stalagmomentariya (tomchilarni sanash) usulidir. Suyuqlikning kapillyar ichida ko'tarilish usuli ho'llaydigan suyuqliklarning sirt taranglik tufayli kapillyarda ko'tarilishiga asoslangan. Kapillyar suyuqlikka botirilganda suyuqlik kapillyar devorlarini ho'llab, sirt taranglik kuchi tufayli yuqoriga ko'tariladi. Suyuqlikning kapillyar nayda ko'tarilish balandligi h, nayning radiusi r va suyuqlik zichligi d bo'lsa, uning sirt tarangligi σ ushbu formuladan topiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |