C va W temperaturaga ham, bosimga ham bog‛liq bo'lmagan o'zgarmas kattaliklar. Fizik ma'nosi jihatdan W Van-der-Vaals tenglamasidagi o'zgarmas kattalik v ga o'xshaydi. Demak, v-W suyuqlikning «erkin hajmini» bildiradi. Temperatura ko'tarilganda molekulalar orasidagi masofa kattalashib, suyuqlikning hajmi ortadi; bunda, yuqoridagi frrmulaga ko'ra, qovushoqlik kamayadi. Qovushoqlik viskozimetr yordamida o'lchanadi.
Qovushoqlikka teskari kattalik (l/η) oquvchanlik deyiladi.
Qovushoqlikni bilish tabiatda, tirik organizmlarda sodir bo'ladigan ko'pgina muhim jarayonlarning qanday borishini aniqlashda, sanoatda sodir bo'ladigan jarayonlarni bilishda muhim ahamiyatga ega.
Solishtirma sath ortishi bilan sistema xossasiga fazalar chegarasining ta‘siri kuchayadi. Fazaning solishtirma sathi (Ssol) deb, fazalar chegarasidagi umumiy sath maydonini (Sumum), uning hajmi (V) ga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. Gibbsning satx energiyasi sistema fazalari chegarasidagi sathga to‘g‘ri proportsionaldir:
GS = σ * S
GS - Gibbsning sath energiyasi, J;
σ - proportsionallik koeffentsenti bo‘lib, sirt taranglik deb ataladi va J/m2 birlikda o‘lchanadi;
S -chegara sath, m2.
Do'stlaringiz bilan baham: |