Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 203 pm Ion radiusi (+1e)133 pm
Elektrmanfiylik (poling boʻyicha) 0,82 Elektrod potensiali
-2,92 В Oksidlanish darajasi +1
Termodinamik xossalari Zichlik 0,856 g/sm³ Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,753 J/(K·mol) Issiqlik oʻtkazuvchanlik 79,0 Vt/(m·K) Erish harorati 336,8 K Erish issiqligi 102,5 kJ/mol Qaynash harorati
1047 K Qaynash issiqligi 2,33 kJ/mol Molyar hajm 45,3 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi kubik markazlashgan Panjara davri 5,230 Å Panjara/atom nisbati
Debye harorati 100,00 K
0,151 nm (4), 0,152 nm (6), 0,160 nm (7), 0,165 nm ( , 0,178 nm (12). Kumush kabi oq, yumshoq, yengil metall. Kaliyni presslash, pichoq bilan kesish mumkin.Havoda tez oksidlanadi (qizdirilganda yonadi); shuning uchun Kaliy kerosin, benzin yoki mineral moyda saqlanadi.
Suv bilan reaksiyaga kirishib, Kaliy gidroksid (KOH), vodorod bilan birikib, Kaliy gidrid (KN), metallar bilan
2K+H2=2KH
2K+2H2O=2KOH+H2
2K+J2=2KJ
intermetall birikmalar (mas, Na2K) hosil qiladi. Sanoatda Kaliy KOH yoki KCI ga Na metali taʼsir ettirish usuli bilan olinadi. Suyultirilgan KOH yoki KCl dan elektroliz
usuli bilan ham Kaliy olish mumkin. Kaliy birikmalari fotoelementlar tayyorlashda, sintetik kauchuk, shisha, sovun va boshqalarda, oʻgʻit sanoatida, yadro texnikasida, tibbiyotda ishlatiladi.Kaliy birikmalari. Kaliy gidroksid (uyuvchi kaliy), KOH — rangsiz kristall modda,kuchli ishqor. Suyuqlanish temperaturasi 380°C, qaynash temperaturasi 1325°C, zichligi 2,044 g/sm2. Gigroskopik modda.Suvda eruvchanligi 49,4% (0° da),etanolda 27,9% (28° da), metanolda 35,5% (28° da). Kaliy kaliy xlorid eritmasini elektroliz qilib olinadi. Suyuq sovun va kaliyning boshqa birikmalarini olishda, ishqoriy akkumulyatorlarda, H2S, SO2 va SO3 ga adsorbent, NH3 N2O, RN3 va boshqalar uchun qurituvchi sifatida
qoʻllaniladi. Kaliy oksid, K2O — rangsiz kristallar.
Suyuqlanish temperaturasi 740°; zichligi 2,32 g/sm3. Havoda SO2 ni yutib K2SO3 ga aylanadi.
SO2+K2O=K2SO3
Suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib, KOH hosil qiladi.
2K+H2O=2KOH+H2
Spirt
va efir bilan taʼsirlashadi.Kaliy kaliyga KOH, K2O2, KNO2 yoki KNO3 taʼsir etgirib olinadi.
- KNO+3K=2K2O+1/2N2;
3KN3+KNO2=2K2O+5N2K.o. — maxsus
shishalar komponenti, NH3 sintezida faollovchi modda sifatida qoʻllaniladi. Kaliy xlorat, Bertolle tuzi, KS1O3 — xlorat kislota (NSYU3)ning kaliyli tuzi. Rangsiz
kristall modda, zichligi 2,32 g/sm3,suyuqlanish temperaturasi 356°. Suvda oz eriydi. Qizdirilganda parchalanadi va kislorod ajralib chiqadi. Organik moddalar va fosfor taʼsirida portlaydi.Zaharli. Gugurt sanoatida, pirotexnikada va tibbiyotda ishlatiladi.
Kaliy sianid, KCN — rangsiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 634,5°; zichligi 1,56 g/sm3. Suv, glitserin,
formalin, metanol va suyuq ammiakda eriydi. Etanolda yomon eriydi, uglevodorodlarda erimaydi. KON taʼsir ettirib olinadi. Maʼdanlardan oltin va kumushni ajratib olishda, analitik kimyoda kumush, nikel va simob
miqdorini aniqlashda, platinani kumushdan ajratib olishda ham galvani usulda oltin va kumush yugurtirishda
qoʻllaniladi. Oʻta zaharli, nafas yoʻllari toʻqimalarini falaj qilib qoʻyishi natijasida odam va hayvonlarning boʻgʻilib qolishiga olib keladi.
Kaliy - unsurlar davriy jadvalining 19
unsuri, ishqoriy metall.
Do'stlaringiz bilan baham: |