Mavzu: Jondor tuman toponomikasi. Reja



Download 53,16 Kb.
bet1/11
Sana10.07.2022
Hajmi53,16 Kb.
#769135
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Maruf.E




Mavzu: Jondor tuman toponomikasi .
Reja:
1.Jondor tuman tarixi haqida umumiy ma’lumot
2.Qadimgi joy nomlari bilan bog’liq toponomlar
3.Aholining kasb- korini aks ettiruvchi toponomlar va boshqalar

Kirish.
Buxoro toponimlari qayd etilgan manbalarning voha toponimlarini oʻrganishdagi ahamiyatini ochib berish, toponimikaga bagʻishlangan nashrlarning tavsifi, shuningdek, toponimika masalalariga oid oʻquv adabiyotlarining (jumladan, xorijiy nashrlar) qiyosiy tahlilini amalga oshirishga harakat qilindi. Buxoro toponimlari mamlakatimiz toponimlarining tarkibiy qismi. Ularning paydo boʻlishi va uzoq davrlar iste’moldan tushmay kelishi aholining fonetik qadriyatlarimizga nisbatan tarixiy xotirani saqlashga intilganidan, ularni hurmat qilganidan dalolat beradi. Voha, mintaqa qanchalik qadimiy boʻlsa, joy nomlari ham shunchalik qadimiy va moʻl boʻladi. Bu borada Buxoro vohasi ibratli misollarni taqdim etishi bilan ajralib turadi. Buxoro vohasining tarixiy toponimlari toʻgʻrisida qadimgi yunon, rim mualliflari asarlarida qisman ma’lumotlar uchraydi. Shu oʻrinda Gerodot, Strabon, Arrian, Kurtsiy Ruf asarlarini eslash kifoya. Buxoro vohasini suv bilan ta’minlab turgan Zarafshon daryosining qadimgi nomi Politimet boʻlgani, Sugʻdiyonaning ikkinchi poytaxti Basileya shahri Buxoro oʻrnida joylashgani1 toʻgʻrisidagi ma’lumotlar voha toponimlarining yunoncha atamasi xususidagi bilimlarni boyitadi. Xitoy va arab manbalarida Buxoro shahrining turli nomlari toʻgʻrisida bahs yuritilgani yuqorida – darslik “Soʻzboshi”sida ta’kidlandi. Vohaning ilk oʻrta asrlar toponimlari, tarixiy geografiyasidan bahs yuritish borasida Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari hamon ustunlik va afzallikni saqlab kelmoqda. 943 – 944-yillarda yozilgan 36 bobdan iborat bu asarda mavzumiz uchun qimmatli boʻlgan Buxoro toponimlari, qadimiy shahar-qoʻrgʻonlar, ularning joylashuv geografiyasi, shahar mahallalari, darvozalari xususida ma’lumotlar taqdim etilgan. Jumladan, Karmina, Nur, Tavois, Iskajkat, Shargʻ, Zandana, Vardona, Afshina, Barkad, Romtin, Varaxsha, Baykand (Poykend), Farob kabi voha shaharchalari, Buxoro shahri shimolida joylashgan Joʻyi muliyon mavzesi haqidagi tarixiy-toponimik ma’lumotlar hamon oʻz ahamiyatini saqlab kelmoqda. Asardagi bir bob toʻla Buxoroning turli nomlari bayoniga bagʻishlangan va unda ushbu nomlarning etimologik ma’nosi sharhlab berilganki, muammoning shu tarzda qoʻyilishi tarixiy toponimlarni oʻrganish uchun benihoyat katta ahamiyatga ega. Podshohlarning Buxorodagi manzillari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar esa shahar registonining ilk oʻrta asrlardagi chegaralari hamda shahar mahallalari nomini aniqlashga koʻmak beradi. Ayniqsa, Buxoro shahri yetti darvozasi, ya’ni Darvozai Bozor, Darvozai Shahriston, Darvozai Bani Sa’d, Darvozai Bani Asad, Darvozai Kabiriya, Darvozai Hafs, Darvozai Nav kabilar toʻgʻrisidagi toponimik va topografik ma’lumotlar hamda bu darvozalardan ayrimlarining islomdan oldingi nomlarini keltirish orqali Narshaxiy ularning tarixiy toponimikasiga aniqlik kiritadi1 . Xullas, “Buxoro tarixi”ning shu jihatlari uni tarixiy toponimika masalalarini oʻz ichiga olgan asar deb baholashga asos boʻladi. Arab tarixiy-geografik adabiyotida Buxoro vohasining tabiiy geografiyasi, iqlimi, etnik tarixi, shaharsozligi, aholisining tili, urfodatlari atroflicha tasvirlab berilgan. Ibn Havkalning 977 – 978- yillarda yozilgan “Kitob surat al-ard” (Yer surati) kitobi bunga misoldir. Asarda joy nomlari, ariqlar, qishloqlar nomi ba’zan gʻalizroq, arablashtirilgan holda talqin qilinishiga qaramasdan, Buxoro vohasining X asrdagi tarixiy geografiyasi, tarixiy toponimlarini oʻrganish uchun bu asarning ahamiyati katta. Asarda shunchalik koʻp joy nomlari, gidronimlar tilga olinadiki, ularning soni ba’zan kishini hayratga soladi. Asarning “Buxoro shahri ariqlari”, “Buxoro rustoqlari”, “Buxoro viloyati ariqlari”, “Buxoro boyliklari va nozne’matlari”, “Buxoro viloyatidagi shaharlar”, “Buxoro aholisi”, “Buxoro – Somoniylar poytaxti”, “Buxoro viloyati qishloqlari” boblari Buxoro vohasi toponimikasini oʻrganish uchun nodir manba hisoblanadi2 . Asar ma’lumotlari seminar mashgʻulotlariga tayyorlanishda talabalar uchun birlamchi manba boʻlib xizmat qiladi. Noma’lum muallif tarafidan 982 – 983-yillarda yozilgan “Hudud ul-olam” (Olam chegaralari) asarining Movarounnahrga bagʻishlangan qismida Buxoro vohasining tarixiy toponimlari va shahar tavsifi berilgan. Buxoro Movarounnahrdagi eng katta va obod shahar, mashriq podshosining poytaxti, deb e’tirof etiladi. Vohadagi tarixiy joy nomlaridan Farab, Baykand, Tavovis, Karmina, Dabusiy kabilar tilga olinib, bu joylarning tarixiy geografiyasi, tabiiy sharoiti, sarhadlariga keng oʻrin berilgan.

Download 53,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish