Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasi jarayonida munatazamlilik uslubiy printsipi
Mashg’ulotlarning tizimliligi, yuklama bilan dam olishning o’rin almashinuvini to’g’ri navbatlashuvi va ularning ketma-ketligining ta’lim jarayonida muntazamliligi qayd qilingan uslubiy tamoyilning asosini tashkil qiladi.
Mashg’ulotlarning muntazamligiga jismoniy yuklamani dam olish bilan ratsional almashinuvi.
Mashq qilishning, mashg’ulotlarning muntazam emasligi shakllanayotgan harakat malakasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Jismoniy yuklamadan so’ng sarflangan quvvatni tiklanishi uchun dam olishni muntazamligi ta’lim jarayoni samaradorligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi ham jismoniy madaniyat ta’limi amaliyotida isbotlangan.
Tabiiy rivojlanish qonuniyatlaridan amaliyotda biz shunga guvohmizki, mashg’ulotlar uzluksiz va muntazam olib borilsa, jismoniy mashqlar ta’siridan organizmning funktsional imkoniyati, jismoniy qobiliyati yaxshilanadi.
Muntazam mashg’ulotlardan hosil bo’lgan reflekslar uzluksizlikni talab qiladi. Uzluksizlikning buzilishi malakani asta-sekinlik bilan so’nishiga olib keladi. Mustaxkamlanib avtomatlashgan yoki “oliy harakat maqomi”da bajarila boshlangan harakatlar, ta’lim jarayonida muntazam takrorlashlar qilish lozimligi shartini, kerak bo’lsa, talabini qo’yadi.
Organizmning funktsional holati yaxshilanib, muntazam mashq qilish mashg’ulotlar natijasida yuqori natija ko’rsatila boshlangan bo’lsa, muntazamlilikdagi nisbatan oz bo’lsada buzilishi-trenirovkani o’tkazib yuborish, shug’ullanishdagi tizimni buzilishi erishilgan yutuqni asta-sekin pasayishi va yo’qqa chiqishiga sabab bo’lishi isbotlangan. Harakatni uzoq vaqt e’tibor berib bajarishimiz uni xotirada uzoq vaqt muxirlanishi (yarim sharlar pustlog’ida shu bajarilayotgan harakat haqida chuqur iz qoldirishi)ga sabab bo’ladi. Muntazam tizimli mashg’ulotlar qoldirgan yarimsharlar po’stlog’idagi “iz” keyinchalik tiklanishi, ular yangi, oldin o’zlashtirilmaganlarni o’zlashtirishni osonlashtiradi.
J.Lamark fikricha, tizimli va muntazam ravishda mashq qildirilgan organ asta-sekinlik bilan rivojlanadi, o’sadi, mashq qildirilmagani o’z qobiliyatini susaytiradi va keyinchalik xizmat xususiyatini yo’qotadi.
Nisbatan katta bo’lmagan tanaffus aktiv mushak hujayralarining vaznining kamayishiga, tuzilishining ayrim komponentlari (tarkibiy qism)ni lozim bo’lmagan o’zgarishlariga, xatto morfologiyasidagi ijobiy siljishlarni orqaga ketishiga (regressiyasiga) sabab bo’lishi mumkin. Ayrim regressiv o’zgarishlar xatto 5-7 kunlik tanaffuslarda ham kuzatilgan, sodir bo’lgan (N.V. Zimkin, D.L.Ferdman, O.I.Faynshmidt va boshqalar).
Jismoniy kamolotga erishish jismoniy tarbiya jarayonining uzluksiz olib borilishi – tanaffuslarsiz, oqlanmagan yo’qotishlarsiz, har bir mashg’ulotdagi samara oldingi mashg’ulotning “iz”i xisobiga qatlam-qatlam bo’lib qalinlashsa, avvalgi mashg’ulotlar keltirib chiqargan ijobiy o’zgarishlar takomillashtirilsa va rivojlantirilsagina sodir bo’ladi. Bu talabni amalga oshirish jismoiy tarbiya amaliyotida xaftada 2, 3, 4, xatto 5 marotabali mashg’ulot orqali yo’lga qo’yiladi. Qolaversa, “shug’ullanganlik” qancha yuqori bo’lsa, mashg’ulotlarning oraliqlar (intervallari) shuncha qisqaradi va jismoniy tarbiya jarayoni mashg’ulotlari shunchalar zichlashadi. Bu, o’z navbatida, organizmning funktsional imkoniyatini ijobiy tomonga o’zgartiradi.
Akademik mashg’ulotlar va sport trenirovkasi, mashg’ulotlarning zichligi (kontsentratsiyasi) qanchalik yuqori bo’lsa, uzluksizlikning ifodalanishi shunchalar xarakterli bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |