2.2. Ko’rgazmalilik tamoili.
Ta’lim jarayonida ko’rgazmalilik printsipi - Ko’rsatish tushunchasi jismsoniy tarbiya ta’limi jarayonida o’zi ning keng ma’nosiga ko’ra pedagogika nazariyasi ramkasidan allakachonlar chikib ketgan. ozirgi kunda bu tushuncha o’z ichichga his qilish, obrazli ifodalay olish, tashqi shaklini kurishdek keng ma’noni oladi.
Jismoniy tarbiya jarayonida ko’rgazmalilik - harakat faoliyatini ama liy bajarib namoyon qilish orqali olib borilishi o’qitish samaradorli gi ning garovi tarzida qabul qilingan.
Ta’lim jarayonida bajarib ko’rsatish va kurishning bir-biri bilan o’zaro bog’liqligi. Harakat faoliyati haqidagi birlamchi (boshlangich) tu shuncha mashqning natural shaklda bajarilishini ko’rgandan so’ng xosil bu ladi. Ko’rsatish ta’lim jarayonning samaradorligigamuhim omildir. Kurgazmali qurollar, suratlar, chizmalar, maketlar, kino suratlar (sekin lashtirib olinganlari), kino-badiiy, xujjatli, o’quv filmlari va x.k. tarzida ko’rsatiladi, va taqlid tarzida ularni bajarish o’quvchidan talab qilinadi.7
O’zlashtirish jarayoning asosiy faktori hisoblangan ko’rgazmali likning ikki ko’rinishi amaliyotda mavjud bo’lib, ular mashqni aynan bajarish bilan va vositalar yordami bilan ko’rsatish sifatida farqlanadi.
Aynan yoki bevosita ko’rgazmalilik ta’lim jarayonida o’qituvchigv namunali darajada bajarib ko’rsatish talabaini qo’yadi. Namunali darajadagi ko’rsatish namoyish qilish sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xatolarning oldini olishni nazarda tutadi. Amaliyotda esa haraktning aynan bajarilishini o’quvchi kurmay turib, uning texnikasini o’qitish boshlab yuboriladi. Albatta bunda shug’ullanuvchilar xatolarga yo’l qo’yadilar. Ularni tuzatish ta’lim jarayonining cho’zilishiga olib kelishi mumkin. Namunali tarzda ko’rsatish bo’lmagan mashqlarni mutaxassis oldindan tanlangan va tayyorlagan shug’ullanuvchining ko’rsatishdan foydalanishi lozim yoki vositali - bavosita ko’rgazmalikdan foydalanish tavsiya etiladi.
Harakat faoliyati haqida birlamchi (dastlabki) tushuncha o’quv kino koltsovkasi, chizma, rasm, maket, plakat, va boshqalarni shug’ullanuvchiga ko’rsatish orqali xosil qilinadi, ayniqsa, katta, urta, maktab yoshida gilar uchun ko’rgazmalikni bu uslubi ularning fikrlashi, harakatni his qilishi uchun kul keladigan vositadir. His qila olish qobiliyati yaxshi rok shakllangan shug’ullanuvchida ko’z oldiga keltira olish, taqlid qila olish (avval mexaniq) tarzda bo’lsa - muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, ta’lim ning ketma- ketligi (harakatni bo’laqlarga ajratib o’rgatishda), o’zlashti rishda yo’lanma beruvchi mashqlar (harkat texnikasining asosiga yakin bo’lgan mashqlar) dan foydalanish, harakat texnikasini o’zlashtirishni osonlashtradigan (bajarilishi tarkibida aynan shu harakat elementlari bor) mashqlarni qo’llash o’qitishda ko’rgazmalilik printsipi qo’yadigan asosiy talablar bo’lib, harakat haqidagi tushuncha mezonini oshiradi. Mashqni bajarishda “o’z soyasidan foydalanish”, “chegaralangan harakat satxini belgilash”, “taqlid qilish”, “mo’ljallash”, “o’xshatish”, ko’rgazmalikda qo’llaniladigan uslublardandir.
Bular ta’lim jarayonini faollashtiradigan, birlamchi malakani shakillantirish va harakatni oliy tartibda bajara olishga yo’l ochuvchi asosiy omillardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |