Mavzu: Jismoniy tarbiyadagi umumiy ma’lumotlar. Ilmiy rahbar: Xoliqov Akmal Talaba: Olimjanova Sarvinoz



Download 36,74 Kb.
bet1/2
Sana26.07.2021
Hajmi36,74 Kb.
#129815
  1   2
Bog'liq
JISMONIY TARB


Mustaqil ish

Mavzu: Jismoniy tarbiyadagi umumiy ma’lumotlar.

Ilmiy rahbar: Xoliqov Akmal

Talaba: Olimjanova Sarvinoz

REJA:

1. Jismoniy rivojlanganlikni baholash antropometriya.

2. Funksional tayyorgarlikni baholash.

3. Tayanch harakat tizimi qaddi qomat.

4. Qaddi qomat buzilishi jismoniy mashqlarni qoʻllash.

1.Antropometrik o’lchovlar o’tkazish orqali jismoniy rivojlanishga baho beriladi. O’quvchilarning maktabdagi shaxsiy tibbiyot varaqalarini tahlil qilish. Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishi to’g`risidagi ma`lumotlar ularning sog’lig’ini ko’rsatuvchi muhim belgilardan bo’lib, uning ko’rsatkichlari ko’pgina omillarga jumladan iqtisodiy, tashqi muhit, irsiyat, ovqatlanish va boshqalarga bog’liq. Somatometrik belgilardan – bo’y, tana vazni va ko’krak qafasi aylanasi aniqlanadi. Tana uzunligi organizmdagi plastik jarayonlar holatini xarakterlovchi miqdor ko`rsatkichi bo’lib hisoblanadi. Ko’krak qafasi aylanasi esa ko’krak qafasining sig`imi, ko’krak va elka mushaklarining rivojlanganligini hamda ko’krak bo’shlig’i a`zolarining funksional holatini xarakterlaydi.
Antropometrik standartlarni olish uchun o’rtacha ko’rsatkichlarni hisoblashda matematik statistika metodidan foydalaniladi. Antropometrik indekslar jismoniy rivojlanishning asosiy belgilarining bog`liqligi asosida quriladi. Jismoniy rivojlanish– isnson organizmini zahiradagi jismoniy kuchini, chidamliligini va ish qobiliyatini aniqlovchi morfologik va funksional belgilar yig‘indisidir. Somatoskopiya (tashqi ko‘ruv)– jismoniy rivojlanishni aniqlovchi asosiy usuli bo‘lib,tibbiy ko‘rik birinchi bosqichi tashqi ko‘rishdan boshlanadi. Tana tuzilishi– tana qismlarini o‘zaro joylashish, o‘lchamlari, shakl tuzilishidir. Qaddi-qomat– insonni oyoqlari jipsalishib tik turgan erkin holatidir. Assimetriya – qaddi-qomatni baholashdagi buzilish sifati. Antropometriya– jismoniy rivojlanishni aniqlovchi asosiy usullaridan biri bo‘lib,tana qismlarini o‘lchashdan iborat bo‘ladi.Antropometriya tana qismlarini o‘lchash bilan jismoniy rivojlanishni miqdoriy xarakteristikasini ko‘rsatadi. Asosiy ko‘rsatkichlar sifatida tananing bo‘yi va vazni, ko‘krak qafasi aylanasi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi, mushaklar kuchi o‘lchanadi. Indeks usuli– jismoniy rivojlanishni baholash usuli, maxsus hisoblash formulalar orqali indekslar aniqlanishi bilan amalga oshiriladi. Antropometrik standartlar usuli– standartlar, ya'ni tekshiriluvchi guruh belgilarining o‘rtacha qiymatini ifodalaydi. Tekshiririluvchining antropometrik ko‘rsatkichlarini guruh standart o‘rtacha qiymatiga solishtirib, grafik tasviri antropometrik profili tuziladi. Korrelyasiya usuli– jismoniy rivojlanishni ko‘plab ko‘rsatkichlari: tana uzunligi, tana vazni, ko‘krak qafasi aylanasi va O‘TS bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladi, shu bog‘liqlik darajasi korrelyasiya kofitsentida ifodalanadi.

Asosiy antropometrik ko’rsatkichlar:

1) Bo’yi (tana uzunligi), sm;

2) Vazn (tana og`irligi), kg;

3) Ko’krak qafasining aylanma o’lchami, nafas olganda va nafas chiqarganda, sm;

4) Faol qo’limizning bilak bo’g`ini o’lchami (o’ng - chap), sm.

1. Bo’y (tana uzunligi)ni o’lchash uchun talaba, oyoq kiyimini echib bo’yini o’lchash moslamasiga orqa tomoni bilan ustunga suyanib turadi, tovonlar birlashtirilib oyoq uchlari kerilgan holda tanani rostlab tovonlar, oyoqning boldir qismlari, kuraklar oralig`i va boshning orqa qismi ustunga tegib turadi.

2. Vaznni o’lchash. Talaba oyoq kiyimini echib, minimal kiyimda qolgan holda tarozining belgilangan maydoni markazida harakatlanmay tik turadi.

3. Nafas olganda va nafas chiqarganda ko’krak qafasining aylanma o’lchami,

Santimertli lentani kuraklarning pastki burchagi ostidan o’tkaziladi



  • oldi tomondan erkaklarda ko’krak qafasining qovurg`alar tutashgan joyidan 1-2 sm yuqorida

  • ayollarda o’lcham bevosita ko’krakning ustki qismidan amalga oshiriladi.

Santimetrli lentani o’tkazayotganda talaba qo’llarini yonga keradi va o’lchash vaqtida qo’llarini pastga tushurib tik turadi. Ko’krak qafasini o’lchash tinch nafas olishda (pauza), chuqur nafas olganda va o’pkadagi xavoni to’liq chiqarib tashlagan xolatda o’tkaziladi

O’lcham olish vaqtida talaba chuqur nafas olganda orqaga bukilmasligi, elkalarni ko’tarmasligi va nafas chiqarganda elkalarini oldinga chiqarmasligi va oldinga egilmasligiga e’tibor berish lozim.

4. Bilak bo’g`inlari o’lchamlarini aniqlash. Bilaklar aylanma o’lchamini santimetrli lenta yordamida amalga oshiriladi. Santimetrli lenta faol (o’ng yoki chap) bilakning eng yo’g`on qismiga qo’yib o’lcham olinadi.

F.I.Sh. Olimjanova Sarvinoz

Fakultet, guruh: Quyi kurslar, 114 guruh

Yoshingiz: 18






Download 36,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish