Mavzu: Jismoniy tarbiyadagi umumiy ma’lumotlar. Ilmiy rahbar: Xoliqov Akmal Talaba: Olimjanova Sarvinoz



Download 36,74 Kb.
bet2/2
Sana26.07.2021
Hajmi36,74 Kb.
#129815
1   2
Bog'liq
JISMONIY TARB

Izlanish

Natija

1

Bo’yi, sm

163

2

Vazni (tana massasi), kg;

53

3

Ko’krak qafasi aylanasi, sm:

78

4

Faol bilak bo’g`inlari o’lchamlari, sm


16

5

Ko’krak qafasi o’lchami (KQO’)

8

2. . Funksional tayyorgarlik sport trenirovkasining muhim bo’limi hisoblanadi, u nerv-muskul apparatining energiya manbalari bilan ta’minlanishi va faoliyatini stimullash, plastik material bilan ta’minlash va parchalanish va parchalangan mahsulotlarini organizmdan chiqarishni o’rganadi. Funksional tayyorgarlik harakatlarni bajarishni tejamkorligini va optimalligini aniqlaydi va oxirida sport natijasiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etadi. Sportchining funksional tayyorgarligi trenirovka va musobaqalarda sportchi organizmining ruhiy va jismoniy ta’sirlarga moslashuvi, reaktivligi va rezistentligi ko’rsatgichlarida ifoda etadi. Funksiya (lotincha funtion - bajarish) – 1)majburiyat, faoliyat doirasi, tayinlash, rol’; 2) biologik hujayralar, to’qima, organlar va organizmning yaxlit faoliyatining spesifik ko’rinishi. Funksional tayyorgarlik organizmning organlarini va organizmlarning tizimi ko’rsatgichlarini, nerv-muskul apparatini faoliyatini ta’minini, hamda nerv-muskul apparatini faoliyatining ba’zi funksiyalarini, ta’minlanishini, ko’rsatgichini xarakteristikasini aniqlaydi. Bunday ta’minlovchi organ va tizimlarga quyidagilar kiradi: Birinchi ta’minlov guruhi: yurak-tomir, nafas olish, termoregulyator, asab va endokrin tizimlari. Birinchi tizim guruhi nerv-muskul apparatining uning faolligi davrida zarur bo’lganlar ta’minlaydi: kislorod, ozuqa moddalari va parchalanish moddalarini chiqarib yuboradi. Ikkinchi ta’minlov guruhi: ovqat hazm qilish va chiqarish tizimlari, ular nerv-muskul tizimi faollashganda ular o’z faoliyatini keskin pasaytiradi va tinchlikda faollashadi. Funksional tizimlarning vazifasi.

1)Nerv (asab)-muskul apparatini uni ishlashi uchun zarur bo’lgan moddalar va ishlab bo’lingan moddalarni chiqarib tashlashni ta’minlash.

2)Energiya zahirasini, moddalar va katta kuchlanishda ishlash uchun bufer hajmlarni yaratish.

3)Harakat faolligi davrida ishdan chiqqan to’qimalar o’rniga yangilarini tiklashi (sintez).

Funksional tayyorgarlikning asosiy xarakteristikalari.

1.Harakat faolligini bajarganda yurak-tomir, nafas, gumoral, termoregulyator, chiqarish, himoya va boshqa tizimlarning spesifik faoliyatining ko’rsatgichi.

2.Jismoniy nagruzkalarga moslashuv darajasi.

3.Nagruzkalardan keyin tiklanish vaqti.

4.Harakat faolligi davrida funksional tizimlarning tejamkorligi.

5.Nerv tizimining reaksiyasini turlari (norma motonik, gipertonik, gipotonik, distonik, pog’onali).

SHuni bilish zarurki jismoniy va funksional tayyorgarlik rivojlanishning, takomillashuvning va tiklanishning turli vaqtlariga ega (giteroxronlik).

6. Suyak, muskul va bog’lovchi to’qimalarning mustahkamligi.

Funksional tayyorgarlikning nazorati.

Organizmning funksional tizimlarini nazorati yurak-tomir, nafas, endokrin, immunitet, asab-tizimi va asab-muskul apparatining moslashish imkoniyatlarini qayd etish yo’li bilan nazorat qilinadi.

“Keskinlik” vaqtini kirishi belgilanadi, ma’lum intensivlik zonalarida ishlagandan keyin toliqish bo’ladi, distress(patalogik stresC) vujudga keladi. Buning uchun gemodinamika tadqiqotlaridan foydalaniladi, test davomida yoki probani ko’p marta olishda indeks va ko’rsatgichlar o’lchanadi. Organizmning funksional imkoniyatlarini baholash uchun YUQCH(yurak qisqarishi chastotasi), AQB(arterial qon bosimi), MOK, NOCH(nafas olish chastotasi), JSL, MOD, Ruff’e – Dijon indeksi, Kedro indeksi, universal kardiorespirator ko’rsatgich, yurakning bir minutli hajmini indeksi, yurak-o’pka appoik probasi, o’rtacha dinamik AQB, pul’sning tezlashish foizi, kislorodni iste’mol qilish koeffisienti ko’rsatgichlaridan foydalaniladi. Sportchining organizmini funksional imkoniyatlarinibaholash uchun dozalangan nagruzkalar testlaridan foydalaniladi: ortoklinostatik proba, Martine probasi(30 sekund davomida 20 marta o’tirib turish), Letunov probasi, Garvard step-testi, PWC 150 va PWC 170 testlari va boshqalar.

3. Tayanch - harakat tizimining asosi umurtqa pog'onasi bo'lib, u bir necha funktsiyalarni bajaradi: mushak-skelet, xarakatlantiruvchi, bo’shliqda tananing barqaror holatini saqlash funktsiyasi. Umurtqa pog`nasi xastaliklari doimo bo’yin, ko’krak va bel qismlari v.b. harakatchanlikning buzilishi bilan birga kuzatiladi.

Qaddi-qomat - bu turganda, yurganda va o'tirganingizda odam tanasining odatdagi holati. Qaddi-qomat mushak tizimining rivojlanish darajasiga, tos suyagi egilish burchagiga, umurtqa pog'onasining holati va shakliga (fiziologik egilish) bog'liq. (1-rasm).

Sagittal tekislikda umurtqaning to'rtta fiziologik egrilari farqlanadi: ikkitasi oldinga siljigan - bo’yin va bel qism lordozlari; ikkitasi orqaga siljigan – bular ko’krak va dumg`aza kifozlari.

Fiziologik egilishlar umurtqa pog'onasiga katta barqarorlik, uning egiluvchanlik xususiyatlarini oshiradi va muvozanatni saqlash qobiliyatini osonlashtiradi.

To’g`ri qaddi-qomat tik xolatda turgan odam quyidagi xususiyatlar bilan ajralib turadi



  • bosh va tana bir vertikal o’q bo’ylab, tayanch maydoniga nisbatan perpendikulyar joylashgan;

  • toz va tizza bo’g`inlari tekislangan;

  • umurtqa pog`onasi egrilari (bo’yin, ko’krak va bel qismilari) o’rtacha darajada ifoda etgan;

  • elkalari mo''tadil joylashtirilgan va bir oz tushirilgan, simmetrik tarzda joylashgan kuraklar chiqib turmaydi;

  • ko’krak qafasi silindrsimon yoki o’rta darajada chiqib turadi;

  • qorin tekis yoki bir tekis va o’rta darajada chiqqan.

To’g`ri qaddi-qomatni shakillantirishning asosiy vositalariga gimnastik mashqlar, massaj va qo’shimcha davolanishlar kiradi.

To’g`ri qaddi-qomatni shakillantirishga qaratilgan asosiy jismoniy mashqlarni uch guruhga bo’lish mumkin:



  • harakatlanish ko’nikmalarni rivojlantirish va mushaklar korsetini mustahkamlash uchun mashqlar (umumiy rivojlantiruvchi mashqlar);

  • to’g`ri qaddi-qomatni shakillantiruvchi mashqlar;

  • qaddi-qomatni buzilishining oldini oluvchi jismoniy mashqlar tizimiga kiritilgan davolovchi mashqlar.

Qaddi qomatning buzulishi kasallik emas – bu mushak-bog`lovchi va harakat-tayanch tizimining funkstional xolatidagi ozgarish, bu (o’z vaqtida boshlangan sog`lomlashtiruvchi faoliyat natijasida) rivojlanmaydi va qayta tiklanadigan jarayondir. Ammo Qaddi qomatning buzulishi asta-sekin ko’krak qafasi harakatchanligi pasayishiga, diofragma, umurtqa pog`onasining egiluvchanlik funkstiyasi yomonlashishiga, bu esa o’z navbatida tananing asab, yuurak-qon tomir va nafas olish tizimlariga salbiy ta’sir qiladi. Qaddi qomatning buzilishi umumiy funktsional zaiflik, mushak-bog`lovchi tizimlari holatida nomutanosiblik tufayli ko'plab surunkali kasalliklarning paydo bo'lishiga hamroh bo'ladi

Bukriroq bel ko'krak qafasining kifozining ko'payishi bilan bir vaqtda bel qismi lordozining pasayishi yoki tekislanishi bilan kuzatiladi. Bos oldinga egilgan; elkalar oldinga surilib, kuraklar bo’rtib chiqib; dumba tekislangan.

Yarim-bukri bel, yoki kifotik qaddi qomat, bel lordozining deyaarli yo’qligi bilan ko’krak qafasi kifozi tavsiflanadi. Bosh oldinga egilgan, elkalari pastga tushirilgan va tushirilgan, kuraklar “qanotsimon”; oyoqlar tizza bo’g`inidan bukilgan. Ko'krak orqaga tortilishi va dumba tekislanishi qayd etilgan; tananing mushaklari zaiflashadi.

Yassi bel, barcha fiziologik egilishlarning tekislanishi bilan tavsiflanadi (ko’proq darajada – ko’krak kifozida). Ko'krak qafasi oldinga siljiydi, (qanotsimon kuraklar) paydo bo'ladi. Tos egiluvchanligi kamayib, qorinning pastki qismi oldinga chiqadi. Tana mushaklar ohangi pasaygan.

Yassi-bukri bel, bel-kamar lordozning normal yoki ozgina ko'payishi bilan ko'krak qafasining pasayishi bilan tavsiflanadi. Bu fiziologik egilishning kombinatsiyalangan o'zgarishi bilan kuzatiladi. Ko’krak qafasi tor. Qorin bo'shlig'i mushaklari zaiflashgan, tos bo'shlig'ining egilish burchagi kuchayadi, dumba ortda; qorin osilib turadi.

Bukri bel, yoki kifolordotik qaddi qomat, umurtqa pog'onasining barcha egilishlarining ko'payishi bilan tavsiflanadi. Toz nishab burchagi odatdagidan ko'proq, bosh va yuqori elkama-kamar oldinga egilgan; qorin oldinga chiqadi va osilib turadi. Tana mushaklari faoliyati pasaygan. Qorin bo'shlig'i mushaklarining etarlicha rivojlanmaganligi sababli ichki organlarning pasayishi (vissteroptoz). Oyoq tizza bo'g'imlarida maksimal darajada cho'zilgan.

Qaddi-qomat buzulishining uchta darajasi mavjud:

I daraja – qaddi-qomatdagi uncha katta bo’lmagan o’zgarishlari bilan tavsiflanib, diqqat etibor orqali yo’qotiladi;

II daraja – qaddi-qomatni buzulish alomatlari ko’payishi miqdori bilan tavsiflanib, gorizontal xolatda umurtqa pog`onasiga tushadigan og`irlikni bartaraf qilish xolati yo’qotiladi;

III daraja – qaddi-qomatni jiddiy buzulish alomatlari ko’payishi miqdori bilan tavsiflanib, umurtqa pog`onasiga tushadigan og`irlikni bartaraf qilish xolatini yo’qotmaydigan;

Qaddi-qomat buzulishining rivojlanish asoslari:

– tabiiy mushaklarning zaifligi;

– mushaklarning noteks rivojlanishi (bel, qorin, tos mushaklari), umurtqa pog`onasini to’g`rixolatda ushlab turuvchi;

– tos bo’shlig`ining egilish burchagini kamayishi yoki oshishi;

– odamning kun davomida turli xil ishlarni bajarayotganda va uxlashda olgan tananing noto'g'ri xolatlari.

4. Jismoniy mashqlardan qaddi-qomat buzulishida foydalanish (to’g`irlanishni) ta’minlaydi, to’g`ri qaddi-qomatni shakillantirish, nafas olish funkstiyalarini, yurak-qon tomir va ovqat hazim qilish tizimlariga umumiy sog`lomlashtiruvchi ta’sir etadi.

To’g`ri qaddi-qomatni tarbiyalash quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi:


  • Mushak-bo’g`in sezuvchanlikni rivojlantirish va takomillashtirish.

  • Bel va qorinning egiluvchan mushaklarini kuchaytirish va rivojlantirish (mushaklarning tabiiy korsetini shakillantirish).

  • Umurtqa pog`onasi ustunining egiluvchanligini shakillantirish va elka, toz bo’g`inlarining harakat ampletudasini ko’paytirish.

  • To’g`ri harakatlanish, tana holati va yurish ko’nikmalarini shakillantirish.

  • Jismoniy rivojlanishni yaxshilash.

Jismoniy mashqlar qaddi-qomat buzulishlarining turlariga qarab tanlanadi:

1.Qaddi-qomat buzilish holatini to’g`irlashni ta’minlaydigan mashqlar davolovchi (maxsus) deb nomlanadi, ularning bajarilishi nuqsonni bartaraf etishga olib keladi.

Nosimetrik va assimetrik davolovchi mashqlarni ajratilishi.

Buzilgan qaddi-qomatda faqat simetrik mashqlar qo’llaniladi. Ushbu mashqlarni bajarish spinous jarayonlar chizig`ining o’rta holatiga yordam beradi Odatda qaddi-qomat buzilishi kasalliklari uchun bir xil guruh mashqlaridan foydalanish kerak, chunki mushak tonusining buzilishi ko’p yoki kam holatda bir xilda bo’ladi.

Bukriroq va yarim-bukri bel xolatlarida ko’proq etiborni bel va elka kamarlari mushaklarini kuchaetirishga qaratish lozim, ko’krak mushaklarini bo’shashtirish va cho’zish, umurtqa pog`onasining ko’krak qismi harakatchanligini extiyotkorlik bilan oshirish.

Yarim-bukri bel xolatlarida qorin bo’shlig`i, bel, tos orqa yuzasi, elka kamarlarini kuchaytirish va ko’krak kamari mushaklarini cho’zish, sonning old mushaklarini kuchaytirish. Bel kamari mushaklari va bel lardozining kuchayib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Buning uchun chalqancha yotib qorin mushaklariga mashqlar qilganda bel kamarini polga bosib oyoqlarni yuqoriroq ko’taring (bunda lordoz kamayadi); Qorin bilan yotib bel mushaklari uchun mashqlar bajarishda faqat bosh va elkalarni ko’taring.

Yassi bel xolatida butun mushak guruhlarini kuchaytirish kerak, elka kamari va oyoq mushaklari, umurtqa pog`onasi ko’krak qismining harakatchangligini extiyotkorlik bilan rivojlantiring va bel kamari lordozining haddan tashqari ko’payishidan saqlang.

Yassi-bukri bel bel kamari mushaklaridan tashqari barcha mushak guruhlarini kuchaytirish kerak (bel kamari lordozi kamayishi uchun ularni cho’zish), son va qorin bo’shlig`ining orqa mushaklariga alohida etibor bering.

Agar frontal tekislikda (asimmetrik-skoliotik) holat buzilgan bo’osa, ushbu mashqlarning bajarilishi tananing o’ng va chap yarmidagi mushaklarning ohangini tekislaydi, shunga ko’ra, siqilgan mauaklarni cho’zish va bo’shashganlarini zo’riqtirish, bu esa umurtqa pog`onasini to’g`ri holatga qaytaradi.

Qorinda va chalqancha yotgan holatda, bel mushaklariga og`irliklar va og`irliklarsiz, qorin bo’shlig`i, yuqori va pastki oyoq-qo’llar uchun mashqlar bajariladi.

2.Qaddi-qomat buzilishida, sonlarning orqa va old mushaklarini kuchaytirish uchun mashqlar, tana va son old mushaklarini cho’zish (fiziologik egilishlarning ko’payishi bilan) mahsus mashqlar kiradi.

3.Muvozanat va muvozanatni saqlash mashqlari.

4.Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar (URM) va tartibli. URM har qanday qaddi-qomat buzilishlarida qo’llaniladi va qon aylanishni yaxshilaydi, trofik jarayonlarni yaxshilaydi. URM har qanday boshlang`ich holatlarda, sport anjomlari va trenajorlardan foydalanilgan holda bajariladigan barcha mushak guruhlari uchun qo’llaniladi.

5.Nafas mashqlari (NM).

6.Sport elementlari.

7.Umurtqa pog`onasini passiv tuzatish-fiziologik egilishlar ostiga roliklar qo’yish yo’li bilan davolash. Davolovchi gimnastika mashg`ulot tanafuslarida va mashg`ulotlar vaqtida roliklar qo’yish usullaridan foydalaniladi.

8.Davolovchi massaj.

Davolovchi gimnastika mashg`ulotlarida albatta URM, NM, mahsus mashqlar, bo’shashtiruvchi-tiklantiruvchi mashqlarining xamjixatligi bo’lishi shart.

To’g`ri qaddi-qomatni shakillantirish uchun butun tananing mushaklarini bir tekisda rivojlantirish kerak. Avvalo, bel mushaklari, qorin bo’shlig`i va elka kamari mushaklarining statik kuchi, shuningdek umurtqa pog`onasining harakatchanligi.

Qaddi-qomat buzilishini tuzatish vositasi sifatida bo’shashtiruvchi-tiklantiruvchi, muvofiqlashtirish, muvozanat holatida to’g`ri holatni his qilishni rivojlantirishga qaratilgan harakatchanligini oshirish gimnastik mashqlaridan foydalaniladi

Mashqlarning samaradorligi dastlabgi holatga (bundan keyin - DX) bog`liq.

Asosiy DX quyidagilarni o’z ichiga oladi: chalqancha yotgan xolat, qorin bilan yotgan holat.

Dinamik mashqlar statik kuchlanish mashqlari bilan almashtirilib turishi kerak. Vaqti-vaqti bilan darslarda tiklantiruvchi va nafas mashqlaridan foydalanishadi.

Mushaklar uchun mashqlar bilan bir qatorda, to’g`ri qaddi-qomat shakillanadi. Buning uchun mashqlarni oyna oldida, devor yonida, boshda buyum bilan yurish va hokazo. To’g`ri qaddi-qomatni shakillantirishga bir qator sezilarli mashqlarni qo’llash orqali erishiladi.

1.Orqa tomoningiz bilan devorga turign va to’g`ri qaddi-qomatni shakillantirish uchun asosiy mashqni bajaring: oyoqlar ozgina kerilgan, qo’llar tushirilgan. Bosh ort qismi, elkalar, oyoq boldirlari va tovonlar devorga tegib turadi. Qorinni torting, bo’yningizni biroz yuqoriga cho’zing va elkangizni ko’taring. Shu holatda devor va bel kamari oralig`i barmoq enida bo’lgan masofada suyanib turing. Bu holatni estda tuting. Ushbu mashqni kun davomida iloji boricha tez-tez bajaring. Tananing ushbu holatini bir daqiqa davomida charchamasdan devorga suyanib turishni uddalasangiz, tananing shu holatini saqlagan holda oldinga yuring.

2.Asoaiy mashqni bajaring. Tana holatini esda tuting. Oldinga qadam qo’ying va burulishlarni bajaring, boshingizni aylantiring, to’g`ri holatni tekshiring.

3.Devordan boshni, belni va tosni uzmay turib o’tirib turish, oyoqlarni ko’tarish, bukish va yozish.

4.Devorga nisbatan to’g`ri holatni eslang. Devordan qochib bosh, qo’llar, oyoqlar va tana bilan bir necha ihtiyoriy harakatlar bajarish. To’g`ri holatni tekshiring.

5.Oyna oldida qaddi-qomatni to’g`irlab turing. Uni esda oling. Bosh, qo’llar, oyoqlar va tana bilan bir necha ihtiyoriy harakatlar bajarish. Qaddi-qomatni to’g`riligini tekshiring.

6.Chalqancha yotgan holda to’g`ri qaddi-qomatni saqlagan holda mashqlar bajarish.

Qaddi-qomat buzilishida aniq jismoniy mashqlarga ko’rsatmalar va qarshi ko’rsatmalar

Ko’rsatmalar:

• qaddi-qomatni tuzatish mashqlari;

• tana va oyoq-qo’llarning mushaklarini mustahkamlash uchun mashqlar;

• qaddi-qomat nuhsonlari sagital tekislikda (yon) maxsus mashqlar qo’llaniladi: tos bo’shlig`ining moyilligi burchagining ortishi bilan son, qorin mushaklarini kuchaytiradigan mashqlar;

• tos bo’shliqlarini qisqartirishda mashqlardan foydalaning, lomberd umurtqa kengaytmalarini, sonning old yuzasi mushaklarini mustahkamlashda yordam beradi;

• pastki va o’rta kuraklarni mustahkamlashga, pastki va yuqori kuraklarni bo’shashtiruvchi va cho’ziluvchanligi, ko’krakning katta-kichik mushaklariga, elka bo’g`inlari va kuraklarning qanotsimonligini bartaraf etishga hissa qo’shadigan mashqlar;

• diofragmal nafas olish va bo’shashtiruvchi mashqlarni ichiga oluvchi.

Qarshi ko’rsatmalar:


  • asimmetrik mashqlar;

  • yuugurish, sakrash, qattiq yuzada sakrash;

  • o’tirgan holatda bajariladigan mashqlar;

  • tosni katta ampletudada harakatlantiruvchi mashqlar;

  • osilishlar.

Kompleks mashqlarni tuzish usullari

1. Kompleksdagi birinchi mashq har doim qaddi-qomatni shakillantirish uchun asosiy mashq bo’lishi kerak.

2. Keyin umumiy rivojlantiruvchi mashqlar rejalashtiriladi, elka kamarlari, bel, qorin bo’shlig`i, oyoq mushaklari uchun.

3. Umumiy ta’sir qilish mashqlaridan so’ng birinchi mashqni takrorlang.

4. Bundan tashqari, mavjud kamchiliklarni tuzatish uchun 4-6 ta mashq bajarish rejalashtiriladi .

5. Komplekadagi oxirgi (2-3 mashqlar) to’g`ri qaddi-qomatni sezish uchun mashqlar bo’lishi kerak.

6. Tananing keskin qisilgan qismlarini tortmang.

7. Jismoniy qobiliyatingizni hisobga olgan holda yuklamalarni bajaring.

8. Maksimal harakat ampletudasi oralig`ida mashqlarni bajarishga intilmang.

Kun davomida bir necha marotaba majmuadan bazi mashqlarni bajarish foydalidir. Bu sizga to’g`ri turish odatini rivojlantirishga va sizning qaddi-qomatingizni kuzatishga yordam beradi.

Kompleks mashqlarni tuzishda quyidagi prinstplarga amal qilish kerak:

• yuklamalarning asta-sekin o’sishi;

• bosqichma-bosqich oddiy mashqlardan murakkabiga o’tish;

• turli mushak guruhlari uchun alternativ mashqlar: oyoq va qo’llar, bel va qorin mushaklari, bo’yin va ko’krak mushaklari va b.;

• intensiv mashqlardan keyin nafas olish mashqlaridan foydalanish.

• mashqlarning maqsadi va o’tkazilish vaqtiga qarab kompleksga 8dan 16 gacha mashqlarni kiritish.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. O’quv darsliklari uchun ma’ruzalar

  2. Foydali websitelar

  3. Qo’llanmalar

Download 36,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish