Mavzu: Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig'ini hisoblash va byudjetga undirish tartibi Reja: Kirish



Download 95,66 Kb.
bet1/5
Sana17.07.2022
Hajmi95,66 Kb.
#815844
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig\'ini hisoblash va



Mavzu: Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig'ini hisoblash va byudjetga undirish tartibi
Reja:
Kirish
1. Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig'i va uning soliq tizimidagi o'rni
2. Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig'i ob'ekti va soliq solish bazasi.
3. Jismoniy shaxslar daromad solig'i stavkalari va imtiyozlari
4. Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig'ini hisoblash va byudjetga undirish tartibi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiy islohotlarga mos ravishda soliq tizimida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayaptiki, jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan soliqlarni undirish borasidagi o’zgarishlar shular jumlasidandir. Jahon amaliyoti ko’rsatishicha, agar soliq yuki qanchalik yuqori bo’lsa daromadlarni yashirishga ko’proq ko’proq moyillik paydo bo’ladi, daromad olishga bo’lgan qiziqishlar bir muncha so’nadi, aksincha, soliq yuki kam bo’lsa aks holat yuz beradi. Shu sababli ushbu mavzu bugungi kunning dolzarb mavzularidan hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi. Soliq stavkasini qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari. Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yoxud uylar, hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar,inshootlar, joylar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda daromad solig’i jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig’ini to’lash uchun belgilanadigan stavkalar bo’yicha.
Kurs ishining ob’ekti. O’zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, ya’ni Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig'ini hisoblash va byudjetga undirish tartibi, tadbirkorlik faoliyatidan qat’iy soliq hamda yoqilg’i iste’moli uchun undiriladigan soliqlar kurs ishining obyekti hisoblanadi.
1. Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig'i va uning soliq tizimidagi o'rni
1. Nomi va 1-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:”.
3. Nizomda:
a) nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 1 — 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq 2010-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga (o‘zining, shuningdek, yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi uchun) yo‘naltiriladigan to‘lovlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.
2. Ushbu Nizomning 1-bandida nazarda tutilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadlarini O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining, shuningdek, yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining

yoki erining (xotinining) o‘qishi uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlariga (keyingi o‘rinlarda o‘qish uchun to‘lov deb yuritiladi) kamaytirish (keyingi o‘rinlarda soliq chegirmasi deb yuritiladi) ko‘rinishida beriladi.


3. Ushbu Nizom maqsadlarida oliy ta’lim tashkiloti deganda oliy ta’limning ta’lim dasturlarini (bakalavriat va magistratura) amalga oshiradigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan, o‘z Ustavi va Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1222, 2002-yil 22-fevral) asosida faoliyat yurituvchi yuridik shaxs tushuniladi.
Professional ta’lim tashkiloti deganda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim to‘g‘risidagi nizom asosida faoliyat yurituvchi tashkilot tushuniladi.”;
v) 4-bandning uchinchi xatboshisi “ta’lim kreditlari” degan so‘zlardan keyin “(foizlari bilan)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
g) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. O‘zining, farzandlarining yoki erining (xotinining) o‘qishi uchun to‘langanda soliq chegirmasi jismoniy shaxs — ta’lim oluvchiga, shuningdek, agar o‘qish uchun to‘lov ta’lim oluvchi yigirma olti yoshga to‘lguniga qadar amalga oshirilgan bo‘lsa uning ota-onalariga va (yoki) xotiniga (eriga) beriladi.”;
d) 7-banddagi “oliy o‘quv yurti” degan so‘zlar “professional va oliy ta’lim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
e) 10-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlariga yoki

tijorat bankiga olingan ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplash evaziga ish beruvchi tomonidan o‘tkazib beriladigan jismoniy shaxsning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlari.”;


j) 11-bandda:
birinchi xatboshidagi “kreditni qoplashga” degan so‘zlardan keyin “(foizlari bilan)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurti” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
z) 13-banddagi “189-moddasida” degan so‘zlar “393-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
i) 15-bandning birinchi xatboshisidagi “Oliy o‘quv yurtlari va” degan so‘zlar “Professional va oliy ta’lim tashkilotlari hamda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
k) 16 — 18-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun to‘lov jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda (naqd pul hisobiga, jismoniy shaxslarning banklardagi omonat va boshqa hisob raqamlaridan yoki plastik kartalardan foydalangan holda) amalga oshirilganda, soliq chegirmasi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 396 — 398-moddalarida nazarda tutilgan tartibda davlat soliq xizmati organlariga jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirish yo‘li orqali berilishi mumkin. Bunda, soliq chegirmasi O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasiga, soliq davri uchun ko‘rsatilgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi miqdorida beriladi.
17. Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun jismoniy shaxs quyidagilarni taqdim etadi:

talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston Respublikasining professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;


tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlari hisob raqamiga (ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.
18. Agar soliq chegirmasi summasi jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi summasidan ortiq bo‘lsa, qolgan summaga soliq chegirmasi uni olish huquqiga ega bo‘lgan boshqa jismoniy shaxslarga beriladi.
Davlat soliq xizmati organlari o‘zlarida mavjud ma’lumotlar va taqdim etilgan hujjatlar asosida mustaqil ravishda soliq chegirmasini olish huquqiga ega bo‘lgan boshqa jismoniy shaxslar tomonidan soliq chegirmasi ko‘rinishidagi imtiyoz summasi qo‘llanilganligini aniqlaydilar.”;
l) 1 va 2-ilovalar mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.

Download 95,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish