mavzu. Jismoniy madaniyat tarixi fanining maqsadi hamda vazifalari Reja



Download 34,8 Kb.
Sana11.12.2022
Hajmi34,8 Kb.
#883397
Bog'liq
6-семинар (1)


1-mavzu. Jismoniy madaniyat tarixi fanining maqsadi hamda vazifalari 1


Reja:
1.Jismoniy madaniyat tarixi fani predmeti.
2.Jismoniy madaniyatning paydo bo’lishi va rivojlana boshlashi.
3.Ibtidoiy jamoa tuzumida jismoniy madaniyat.


Foydalanilgan adabiyotlar: A1; A2; A4; A5; A6; A7; Q12; Q13; Q16; Q19;
Tayanich tushuncha: Jismoniy madaniyat tarixi fanining maqsadi hamda vazifalarini tushuntirish va fanning umumiy mazmuni, uning rivojlanish bosichlari, davrlari haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.

Jismoniy madaniyat tarixi jahon xalqlari madaniy tarixining qismidir. Jismoniy tarbiya tarixi fani qadimgi zamondan to hozirgi kungacha bo’lgan davlarda jismoniy tarbiya va sportning kelib chiqishi, ivojlanishi va tarraqiy etish qonuniyatlarini o’rganadi.


Jismoniy madaniyat tarixi tarixiy fanning mustaqil sohasi, jismoniy tarbiya va sportga doir ilmiy bilimlarning muhim qismidir. Jismoniy madaniyat tarixi jamiyat madaniyatining tarkibiy qismi sifatida vujudga kelishi va tarkib topishi haqida ma’lumotlar beradi.
Jismoniy madaniyat tarixi fani qadim zamonlardan boshlab, shu kungacha turli xalqlarda jismoniy tarbiya taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini aniqlash va o’rganish bilan shug’ullanadi. Uning vazifasi turlicha tarixiy davrlarda jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti, jismoniy tarbiya shakllari, usullari, vositalari va kishilarning sport sohasidagi faolikyatining tahlilini berishdan iborat.
Jismoniy madaniyat tarixi fanini o’rganish davrlari:

  1. Qadimgi dunyoda jismoniy tarbiya (mil.av. VIII mingyillikdan - mil. IV asrgacha)

  2. O’rta asrlar davrida jismoniy tarbiya (V- XVII asrlar)

  3. Yangai davrda jismoniy tarbiya va sport (XVIII - XIX asr oxiri)

  4. Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport (XX asrning boshlari - hozirgi kungacha).

Jismoniy tarbiya va sport tarixi fanini o’rganish manbalari:

  • qadimgi jismoniy tarbiyaga oid arxeologik va etnografik manbalar;

  • jismoniy tarbiya va sportga doir arxiv materiallari, ilmiy kitoblar va boshqa yozma manbalar;

  • jismoniy tarbiya va sportga oid tasviriy san’at asarlari, badiiy kitoblar, kino, foto, fonomateriallar;

  • turli xalqlar jismoniy tarbiyasining rivojlanishi to’g’risidagi amaliy ma’lumotlar (sport yutuqlari, sport rekordlari);

  • jismoniy tarbiya va sportga doir xukumat qonunlari, qaror va farmonlari, maxsus rasmiy xujjatlari.

Ash’yoviy va yozma yodgorliklar, xalq doston va eposlari, jismoniy tarbiyaning taraqqiy etish amaliyotlari ham jismoniy tarbiya tarixini o’rganish manbalari bo’lib xizmat qiladi.
Jismoniy madaniyat tarixining muhim vazifasi jahon xalqlari jismoniy tarbiyasining xususiyatlarini o’rganish va uning rivojlanish yo’llarini aniqlashdir.
Ijtimoiy fanlardan biri hisoblangan jismoniy tarbiya tarixi fanining eng muhim vazifasi - bo’lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini yuksak g’oyaviylik, vatanga sadoqat, milliy iftixor va insonparvarlik ruhida tarbiyalashdir.
Jismoniy madaniyat tarixi farmining o'qitishdan maqsad - talabalarning jismoniy tarbiya va sportning turli tarixiy davrlarda rivojlnish qonuniyatlari, tizimlari to'g'risidagi nazariy bilimlarni shakllartirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga jismoniy tarbiya va sport tarixini ilmiy - nazariy jihatdan tahlil qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida erishilgan yutuqlarni, O'zbekistonda jismoniy tarbiya va ' sport tarixini, usullari va vositalarini, shakllarini hamda eng ilg'or tajribalarda foydalanishni o'rgatishdan iborat.
Jismoniy tarbiya tarixi o'quv fanining o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:

  • nazariy va amaliy mashg'ulotlarda jismoniy harakat, jismoniy tarbiyani paydo bo'lish davrlarini rivojlanish tarixi,

  • O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sport harakatini rivojlantirish tarixi to'g'risidagi bilimlarga,

  • jismoniy tarbiya va sport tarixining asosiy davrlarini, rivojlantirish qonuniyatlarini bilishi kerak;

  • fanni o'rganishning tamoillarini, xalqaro sport va olimpiya harakati tarixini, uning rivojlanish bosqichlari va asosiy xususiyatlarini to'g'ri aniqlash ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak;

  • ilmiy nazariy jihatdan olingan bilimlarni tahlil qila olish kerak;

  • amaliy mashg'ulotlarda mustaqil fikr yuritishi, mavzularga ijodiy yondoshish malakalariga ega bo'lishi kerak;

  • fan bo'yicha o'zining fikr mulohazalarini to'liq, aniq bayon etishi kerak.

Jismoniy madaniyat tarixi fanning mustaqil sohasi, jismoniy tarbiya va sportga doir ilmiy bilimlarning muhim qismidir.
Jismoniy tarbiya jamiyat madaniyatining tarkibiy qismi sifatida vujudga kelishi va tarkib topishi haqida bahs etadi, ya`ni qadim zamonlardan boshlab shu kungacha turli xalqlarda jismoniy tarbiya taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini aniqlash va ochib berish bilan shug’ullanadi. Uning vazifasi turli davrlarda jismoniy tarbiya nazariyasi va praktikasi jismoniy tarbiya formalari hamda metodlari va kishilarning sport sohasidagi faoliyatining tahlilini berishdan iborat.
Jismoniy tarbiya unumli mehnat jarayonida paydo bóldi. İnson asrlar mobaynida tabiat bilan kurashishda óz kuchlarini kópaytira borib, mehnat qurolini takomillashtirdi. Mehnatda uning jismoniy va aqliy qobiliyatlari tuxtovsiz usib bordi. İnsonning mehnat faoliyatida jismoniy tarbiya ham vujudga keldi.
Jismoniy tarbiya jamiyatning moddiy hayoti talab etgan muayyan qonunlar asosida taraqqiy etib bordi. Uning kishilar hayotidagi taraqqiyot darajasi va tutgan urni hamda vaqt ishlab chiqishning konkret formalari va ijtimoiy munosabatlariga bog’liq bólib keldi.
Dastavval jismoniy tarbiya ibtidoiy jamoa tózumida uning xususiyatlariga butunlay mos keladigan tarzda paydo bóldi. Uning urnini qóldorlik jamiyati jismoniy tarbiyasi egalladi va u ham shu jamiyat moddiy hayoti sharoitlariga mos tushdi. İjtimoiy-iqtisodiy formaciyalarning bundan keyingi urni almashinuvi jismoniy tarbiyaning feodal va burjuaziya formalarini paydo bólishiga olib keladi.
Xalq ommasi jismoniy tarbiyaning haqiqiy ijodkorlaridir. Jismoniy tarbiyada qóllaniladigan kópchilik jismoniy mashqlarining xalqchilik xususiyati buning yorqin dalilidir. Hozirgi zamon sport turlari va óyinlarining kópchiligi masalan, kurash, boks, og’irlik kutarish, qilishbozliq chang’ida yurish, kon`ki, futbol qabilaning asosi qadim zamonlarda xalq tomonidan yaratildi, bir necha avlodlar ularni extiyotkorlik bilan saqladi va takomillashtirib bordi.
Jismoniy tarbiya tarixini urganishning bilish ahamiyati, shundaki, u bólajak pedagoglarning umumiy-madaniy va siyosiy dunyo qarashini kengaytiradi, ularni jismoniy tarbiya tarixi taraqqiyotining umumiy yoli va qanuniyatlari bilan tanishtiradi, ularning utmish bilan hozirgi vaqti tushunib olishlariga va jismoniy tarbiya sistemasini bundan keyin ham takomillashtirish uchun tuplangan ijobiy tajribalardan yaxshiroq foydalanishlariga yordam beradi.
Jismoniy tarbiyaning kelib chiqishi haqidagi masala jismoniy tarbiya tarixining eng muhim muammolaridan biri bólib, principial metodologik ahamiyatga egadir. Bu masalani kópgina burjuaziya olimlari hal etishga órinib kurdilar. Ularning tadqiqotlari bu muamoni óz sinfi manfaatlari nuqtay nazaridan hal etib, tarixni bózib kursatdilar, sohtalashtirdilar.
Leturno, Espinas, Gorss, Shiller, Spenser va boshqa chet el olimlari, jismoniy tarbiya hayvonlarning óyinidan kelib chiqqan, degan nazariyani olg’a surdilar. Freyd va uning izdoshlari óyin individiumining tula ega bólganligidan dalolat beradi, deb isbotlashga órinib kurdilar, chunki óyinda guyo insonning turmush qiyinchiliklaridan hayolot olamiga ketishga órinish ifodalanar emish. Jismoniy tarbiya va diniy marosimlarning kelib chiqishi tóg’risidagi burjuaziya nazariyalari ham xudi shu ta`limotga asoslanadi. Qator chet ellik tadqiqotchilar Byuxer, Nering, Maksimov, Shterberg va boshqalar, hayvonlarning qólda órgatilishi va umuman mehnat ibtidoiy óyin va raqslardan kelib chiqqan, deb ta`kidlaganlar.
Xaksli va Fogt jismoniy tarbiyani inson ózining hayvon ajdodlaridan sof biologik yul bilan meras qilib olgan, deb hisoblashga órindilar. Bunday fikr tarafdorlari hayvonning ihtiyorsiz harakatlari bilan insonning ongli faoliyati urtasidagi asosiy farqni kursatadilar.
Hozirgi ilmiy ma`lumotlarga muvofiq, kishilik jamiyati er yuzida qariyb million yildan beri yashab kelmoqda. Lekin taqminan bundan 40 ming yillar muqaddamgina odam paydo bólishining biologik jarayoni tugallandi va odamning hozirgi turi paydo bóldi.
Mehnat tufayli odamning jismoniy qiyofasi ózgardi uning oliy nerv faoliyati, organzimning tózilishi va vazifalari takomillashib bordi. Odamning qul oyog’idagi ózgarishlar va uning tik yurishga utishi bosh suyakdagi ózgarishlardan oldin sodir bóldi. Ajdodlarimizning hozirgi odam qiyofasiga kirishi ularning mehnat qurollarini kashf etish, tayyorlashi va takomillashtirib borishi jarayonida asta-sekin vokyo bóldi. İbtidoiy odamlarning mehnat qurollari dastlab tasodifan topilgan tosh bólaklari va oddiy tayoqlardan iborat edi.
Odamlarning toshni maydalashga va yorishga hamda yog’ochdan oddiy qurollar yonishga urganishlari uchun bir necha yuz ming yillar kerek bóladi.
İshlab chiqarish faoliyatinida bu aslida tabiat ehson qilgan narsalarni yig’ish davri edi. Yovvoyi hayvon ovi hali tasodifiy xarakterga ega edi. Bu davrda jismoniy tarbiyaning biron nisbatan mustaqil elementlarning borligi haqida gap ham bólishi mumkin emas edi. Kishilar uchun kerakli jismoniy sifatlar, malaka va qobiliyatlar ularning bevosita mehnat faoliyati jarayonida hosil qilingan edi. Faqat yoshlar usha vaqtlarda mavjud bólgan oddiy mehnat qurollarini qanday yasash va ishlatish hamda yovvoyi hayvonlardan qanday saqlanish kerakligini qatta yoshdagi kishilardan ma`lum darajada urganilar edi.
İshlab chiqarish kuchlarni rivojlanishi keyinchalik órgatiladigan turli qurollarning takomillashuviga olib keladi. Turli mustahkam va utkir uchli nayzalarning, sungra esa uq yoyning paydo bólishi ovchilik kishining asosiy kasbiga aylantirilgan. Uning natijasida ovqat topish uchun sarflanadigan vaqti ancha qisqardi. Usha davrda kishilarning qazilmalar davrida topilgan manzilgohlari odamning ancha utroq hayot kechira boshlaganidan va óz ehtiyojlari qondirish uchun ancha katta imkoniyatlarga ega bólganidan dalolat beradi. Chunki, usha davrdagi odamda yosh ovladni tarbiyalash imkoniyati tug’ildi; bunda jismoniy tarbiya asosiy rol` uynaydi.
Xujalikning idora qilishning yangi shakllari paydo bólishi bilan kishilik jamiyatini uyushtirish shakllari ancha mustahkamlana bordi. Onalik urug’chilik jamoasi paydo bóldi, uning ozalari birgalikda qilinadigan doimiy kollektiv mehnat va qon-qarindoshlik bilan bog’langan edi. Jamaolarning paydo bólishi va taraqqiy etishi bilan asta-sekingina madaniyot sohasida ham ózgarishlar sodir bóldi. Endi odam óziga doimiy turar joy quradi, kiyim-kechak paydo bóladi, tasviriy san`at bunyod etiladi. Qushiq óyin va raqslar ijro etiladigan turli bayramlarda keng tarqaladi. Shu davrda din bunyodga kela boshlagan. Jismoniy tarbiya elementlarining paydo bólishi ham xuddi shu davrga tóg’ri keladi. Bevosita mehnat bilan bog’liq bólgan kópgina musobaqa óyinlari mustaqil tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi va ulardan urug’ kollektivining turli yoshdagi guruhlar faydolana boshlaydi. Mehnatning jins va yoshga qarab tabiiy ravishda bólinishi endigina tug’ilib kelayotgan ibtidoiy jismoniy tarbiyada ham óz ifodasini topdi. Jismoniy mashqlarning musobaqa óyinlari shaklida vujudga kelishi ibtidoiy jamiyat kishisini tarbiyalashda tubdan ózgarish yasadi. Odamlar kishini hayotga, ayniqsa, mehnat faoliyatiga tayorlashning yangi vositasiga ega bóldilar.
Jahonga mashhur rus etnografii va sayohatchisi N.Mixluxo-Maklay, papuaslarning ota-onalari óz bolalarini mehnatga juda barvaqt órgatganliklarini shu maqsadda musobaqa óyinlaridan ham foydalanganliklarini hikoya qiladi. «Ug’il bolalarning óyini,-deb yozgan edi Mikluxo-Maklay, tayoqlarni nayzaga óxshatib irg’itishdan kamalak otishdan iborat edi, ular bu óyinlarda salgina yutuqqa erishishlari bilan ularni amaliy hayotga tadbiq etadilar. Men soatlab dengiz bóyida utirib yoy uqini biror baliqqa tekkizishga harakat qilgan juda kichkina ug’il bolalarni kurganman. Qiz bolalar bilan ham huddi shunday xol yuz beradi, chunki ular juda erta xujalik ishlari bilan shug’ullana boshlaydilar».
Quyidagi misol, fakt ham ibtidoiy musobaqa óyinlarining mehnatini ifodalab kishilarni mehnatga tayyorlaydigan eng muhim vositalardan biri bólganligini kursatadi. Etnograflarning ta`kidlashicha, XIX asrning 60-yillaridayoq Avstraliyaning bir qancha qabilalariga ovga chiqish oldidan yirtqich hayvonlarning shaklini qumga chizib, unga nayza otish rasm bólgan. Bunda har bir ovchi óz nayzasini mumkin qadar aniqroq va kuchliroq otishga haraqat qilgan. Bu erda mashq va musobaqaning ayrim elementlari qushilgan. Shunday qilib, odamlar nayza otishni mashq qilish bilan ózlarining mehnat malakalari va mahoratlarini takomillashtirib borganlar. Usha vaqtda mehnat va óyin bir-biriga chamborchas bog’liq bólgan va diniy oqidalar bilan bog’langan. Kishini óyinlarida, odamlarning óyinlar dahshatli tabiat kuchlariga qarshi kurashda birgalikda haraqat qilishga bólgan ehtiyojlaridan kelib chiqqon.
Jismoniy tarbiya mehnat ehtiyoji tufayli vujudga kelgan. Jismoniy tarbiya dastlab mehnat jarayonida ta`kid qilinadigan va unga tayorlaydigan mashq hamda óyinlardan iborat bólgan jamiyat urug’chilik tashkilotlarini tózilishi va rivojlanishi bilan óynovchilarning óyinlari va harakatlari asta-sekin obstraktlasha borgan. O’yin uchun sun`iy buyumlar (snaryadlar) koptoplar sharlar chavgonlar, raketkalar, qoziqchalar va hakozolar payda bólgan. Bu hol kishilar ijtimoiy foydali faoliyatning nisbatan mustaqil sohasi bólgan jismoniy tarbiya elementlari tarkib topishi bosqichini boshlaganligidan dalolat beradi. Jismoniy mashqlar, raqslar, jamaolar musobaqasi óyinlari va yakkama-yakka kurashlar, diniy marosim bayramlaridagi urf-odatlarning ajralmas bir qismi bólib qolgan.
İbtidoiy jismoniy tarbiya barcha urug’ a`zolarining erkin jamao mehnati negizida paydo bóldi va ibtidoiy jamoa tózumining ishlab chiqarish usuliga batamom muvofiq keladi. İbtidoiy jismoniy tarbiya barcha urug’ a`zolarining boyligi bólib urug’, qabila, mehnati va turmushi emirilishi davrida jismoniy tarbiya urug’ qabila aslzodalari tomanidan ózini va óz drujinalarini harbiy jihatdan tayorlash uchun foydalaniladi. Bu drujinalar boshqa qabilalarni, harbiy yul bilan aslzodalarning bundan keyingi boyishi va sinfiy ajralishiga, sinfiy quldorchilik jamiyatining paydo bólishiga imkon yaratdi.
Nazorat savollari:
1. Chet el olimlari jismoniy tarbiyaning kelib chiqishi tóg’risidagi fikrlari qanday?
2. Jismoniy tarbiya nima asosida paydo bólgan?
3. Onalik urug’chilik (matriarxat) davrining paydo bólishi haqida nima bilasiz?
4. Onalik urug’chilik (matriarxat) davrida qanday óyin turlari mavjud bólgan?
5. Onalik urug’chilik (matriarxat) davrida qanday óyin asboblari ixtiro etilgan edi.
6. Urug’chilik (matriarxat) davrining otalik davri bilan almashishi haqida nima bilasiz?
7. Gomer otalik urug’chiligi davri nima?
8. İbtidoiy tarbiya nima?
Download 34,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish