Tanadagi a’zolarning mehnat va jismoniy mashqlar natijasida vujudga keluvchi fiziologik xususiyatlar va o’zgarishlarni quyidagilar bilan ifoda etish mumkin. Barcha faol harakatlar qon aylanishini tezlashtiradi. Bu o’z navbatida qonning qizishi, issiqlikni tanaga chiqarishi tabiiydir. Natijada yuz, quloq va boshqa a’zolarda qizarish belgilari paydo bo’ladi. Yuklanish (nagruzka) kuchli bo’lganda bu holatlar aynan ko’payadi, nafas olish va chiqarish tezlashadi, chuqurlashadi. Peshona, yuz, bo’yin, quloq, ko’krak, qo’llar (kaftlar) va boshqa a’zolarda terlash sodir bo’ladi. Bunday jarayonlar jigar, buyrak, taloq, oshqozon-ichak va boshqa ichki a’zolarning ham faoliyatini tezlashtiradi. Oqibatda tanadagi ortiqcha suvlar va tuzlar chiqib ketadi, odam o’zini yengil sezadi (albatta yuvinishdan keyin). Kuchli va davomli jismoniy mashqlarni ko’p miqdorda bajarish natijasida mushaklarda toliqish paydo bo’ladi. Ya’ni mushak tolalari, to’qima, xujayralar cho’zilishi, ortiqcha tortilishi va harakatlar natijasida o’z faoliyatlarini susaytiradi. Chunki qon aylanishi, modda almashishi, suvlarning chiqib ketishi, tuzlarning va boshqa mineral moddalarning kamayishi bunga sabab bo’ladi. Bunday fiziologik jarayonlar inson tanasining faoliyatlarini ma’lum darajada vaqtincha susaytirishi (charchatishi) mumkin, lekin oradan 5-10 daqiqa o’tgach tanadagi barcha a’zolarda yengillik xislari sezila boshlaydi. Cho’milish yoki yuvinish (dush qabul qilish) oqibatida har bir shug’ullanuvchi o’zini «qushdek yengil» sezadi, «parvoz qilish»ga (har qanday yumush va mexnatga tayyor) qodir bo’ladi. Shu sababdan jismoniy mehnat va jismoniy mashqlar bilan shug’ullanuvchilar doimo gigiyenik (tozalik) qoidalariga jiddiy e’tibor berishadi. Bunday insoniy fazilatlar va o’ziga xos xususiyatlarni oilada farzandlarga o’rgatib borish, chuqur singdirish, eng muhimi ularni jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishi hamda gigiyenaga to’la rioya qilishni odatlantirish lozim bo’ladi. modda almashishi, suvlarning chiqib ketishi, tuzlarning va boshqa mineral moddalarning kamayishi bunga sabab bo’ladi. Bunday fiziologik jarayonlar inson tanasining faoliyatlarini ma’lum darajada vaqtincha susaytirishi (charchatishi) mumkin, lekin oradan 5-10 daqiqa o’tgach tanadagi barcha a’zolarda yengillik xislari sezila boshlaydi. Cho’milish yoki yuvinish (dush qabul qilish) oqibatida har bir shug’ullanuvchi o’zini «qushdek yengil» sezadi, «parvoz qilish»ga (har qanday yumush va mexnatga tayyor) qodir bo’ladi. Shu sababdan jismoniy mehnat va jismoniy mashqlar bilan shug’ullanuvchilar doimo gigiyenik (tozalik) qoidalariga jiddiy e’tibor berishadi. Bunday insoniy fazilatlar va o’ziga xos xususiyatlarni oilada farzandlarga o’rgatib borish, chuqur singdirish, eng muhimi ularni jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishi hamda gigiyenaga to’la rioya qilishni odatlantirish lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |