Bajariladigan ish shakli
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
O’quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti.
|
Suhbat.
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
O’tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.
|
Savol- javob.
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
Jismlarning o’zaro ta’siri haqida suhbat
|
Ko’rgazmalilik
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Darslik bilan ishlash
|
Savol-javob
|
10 daqiqa
|
5
|
Darsni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish
|
Uyga vazifani tushuntirish
|
Baholash.
|
2 daqiqa
|
Tashkiliy qism
O’quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti.
O’tilgan mavzuni takrorlash
1. Tekis harakat tezligi deganda nima tushuniladi?
2. Jismning harakatlanish vaqti va tezligi ma’lum bo‘lsa, tekis
harakatda bosib o‘tilgan yo‘l qanday aniqlanadi?
3. Qanday harakatni notekis harakat deyiladi?
4. Jismning o‘rtacha tezligi qanday aniqlanadi?
So’ngra uyga topshiriq sifatida berilgan 3- mashqning 7-masalasi yechimlari tekshirilib tahlil qilinadi.
7-masala. Tezligi 1,5sm/s bo‘lgan shilliq qurt 30 sm masofani qancha vaqtda
bosib o‘tadi? (Javobi: 20 s.)
Berilishi: Formulasi: Yechilishi
= 1.5 sm/s
S= 30 sm =30sm : 1,5 sm/s = 20 s
Topsh kerak: t=? Javob: 20 s
Yangi mavzu ustida ishlash
Atrof-muhitga qarasangiz, hamma narsa bir-biriga ta’sir ko‘rsat ganliginiko‘ramiz.Yuqoriga otilgan tosh yana qaytib Yerga tushadi. Chunki uni Yero‘ziga tortib turadi. Temir bo‘lagiga magnitni yaqinlashtirsak, unitortib oladi. Koptokni devorga otsak, undan sapchib qaytadi. Yurib
ketayotgan avtomobil motori o‘chirilsa, biroz yurib to‘xtaydi. Bundayo‘l bilan g‘ildiraklar orasidagi ta’sir tufayli tezligi kamayadi. Buta’sirlashishlar tufayli jismning tezligi o‘zgaradi.
Plastilin yoki saqichni olib, barmoqlarimiz bilan qissak, uningshakli o‘zga radi. Xuddi shunday mis tangani bolg‘a bilan urilsa,yalpayib shakli o‘zgaradi.
Bir jismning ikkinchi jismga ta’siri tufayli tezligi yoki shakli o‘zga rishiga sabab bo‘ladigan kattalik kuch deb ataladi.
Tabiatda kuchlar turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi (23-rasm).
Jismlarni Yer o‘ziga tortib turgani tufayli og‘irlik kuchi paydo bo‘ladi.Bir jism ustida ikkinchisi harakatlansa, yuzalar g‘adir-budurligi tufayliishqalanish kuchi vujudga keladi. Cho‘zilgan yoki siqilgan prujinava rezinalarda elastiklik kuchlari hosil bo‘ladi. Bolalar o‘yinchoqto‘pponchalarida ko‘proq siqilgan prujinadan foydalaniladi.Bir jism ikkinchisiga ta’sir ko‘rsatganda, ikkinchi jism hambirinchisiga ta’sir ko‘rsatadi. Jahl bilan stolga musht ushirsangiz, stolusti biroz egiladi. Shu bilan birga undagi ruchka va qalamlar tepagasapchiganini ko‘rasiz. Bunda qo‘lingiz ham og‘rib qoladi, albatta.Demak, ikki jism orasida o‘zaro ta’sir bo‘lar ekan.
Boshlang‘ich geografiya kursidan Yerning Quyosh atrofidaharakat qilishini, Oyning esa Yer atrofida harakatlanishini bilasiz.Bunday hara katning sababchisi ular orasida tortishish kuchlariningmavjudligidir.Soch taralgandan so‘ng, taroqni may da yirtilgan qog‘oz parchalariga
yaqin lashtirilsa, ularni tortib oladi. Uni elektr kuchi deyiladi.Taqasimon va to‘g‘ri ko‘rinishdagi doi miy magnitlar temir buyumlarnio‘ziga tortadi. Uni magnit kuchi deyiladi. Moddalarni tashkil etganzarralar orasi da ham, zarra larning ichida ularni tash kil qilgan, undanham mayda zarrachalar orasida ham kuchlar mavjud. Bu kuch larhaqida yuqori sinflarda ma’lumotlar olasiz.
Kuch birligi sifatida 1 Nyuton (N) qabul qilingan. Bu birlik mashhuringliz olimi Isaak Nyutonsharafiga qo‘yilgan.
K uchni o‘lchash. Kuchni o‘lchash uchun dinamometr(grekcha dinamis– kuch, metreo– o‘lchayman) deb ataluvchi asbobdan foyda laniladi.
Asbob taxtachaga o‘rna tilgan prujina, prujina uchiga mahkamlangan ko‘rsatkich sim hamda o‘sha joyga ulangan shkala bo‘ylab siljiy oladigan sterjendan iborat. Sterjen uchida ilmog‘i bo‘lib, unga yuk osiladi. Ilmoqqa yuk osilsa, prujina cho‘ziladi. Yuk massasi m= 102 g bo‘lsa, prujina uchidagi ko‘r satkich sim
1 raqamida to‘xtaydi (24-rasm). Bunda prujina cho‘zilishida hosil bo‘lgan elastiklik kuchi yukning og‘irlik kuchiga teng bo‘ladi. Dinamo metrning strelkasi 1 N kuchni ko‘rsatadi. Unga yana 1 N og‘ir likdagi yukni ossak, dinamometr prujinasi cho‘zilib, ko‘rsat kich sim uchi pastga siljiydi. U joyga 2 raqami qo‘yilgan bo‘lib, ta’sir etayotgan kuchning 2 N ga tengligini bildiradi. Yuklarni shu tarzda ko‘paytirib borib,
Dinamometr bilan ularning og‘irliklarini o‘lchash mumkin. Umuman olganda, jism massasi mma’lum bo‘lsa, unga ta’sir etayotgan og‘irlik kuchini Fog‘ir. kuch.
(ef ) bilan belgilab,
formula orqali hisoblab topish mumkin.
ga teng bo‘lib, Yer sirtida taqriban o‘zgarmas kattalikdir.
Yangi mavzuni mustahkamlash
1 . Atrofga qarab o‘zaro ta’sirlashayotgan jismlarga misollar keltiring.
2. Elastiklik kuchlaridan qayerlarda foydalanish mumkin?
3. Ishqalanish qayerlarda foydali, qayerlarda zararli?
Endi navbatni masalalar yechib mavzuni mustahkamlashga beramiz!
Darslidagi 4-mashqni1-2 masalalari sinfda yechiladi
4-mashq
1. O‘quvchini tarozida tortishganda massasi 32 kg chiqdi. Uning
og‘irligi necha N ga teng?
Berilishi: Formulasi: Yechilishi:
m = 32 kg Fog’ir= 32 kg* 9,81N/kg = 314 N
Topish kerak: Fog’ir=?
2. Dinamometrga yuk osilganda, uning ko‘rsatishi 24,5 N ga teng
bo‘ldi. Unga qanday massali yuk osilgan?
Berilishi: Formulasi: Yechilishi:
F og’ir= 24.5 N m=24.5N : 9,81 N/kg = 2,5 kg.
Topish kerak: m=? m= Fog’ir/g
Darsni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish
Dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va rag’bat kartochkalari beriladi.
Uyga topshiriqlar. Darslikdan 21-mavzuni o’qish va mavzu yakunidagi uyga topshiriqni bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |