Mavzu: Jaxon xo‘jaligi va uning evolyusiyasi. Jaxon bozori. Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari


I. Jaxon xo‘jaligining tashkil topishi



Download 68,5 Kb.
bet2/6
Sana12.01.2017
Hajmi68,5 Kb.
#350
1   2   3   4   5   6
I. Jaxon xo‘jaligining tashkil topishi.

Jaxon xo‘jaligining vujudga kelishi obektiv tarixiy jarayon bo‘lib, xar xil mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarning chukurlashuvidan iboratdir. Bozor iqtisodiyotining kup yillik taraqqiyoti natijasida XIX asr va XX asr busagasida kapitalistik xo‘jalik ko‘rinishida bo‘lgan jaxon xo‘jaligi vujudga keldi.

Jaxon xo‘jaligi xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi va ularning amalga oshib borish vositalarining bir butun yaxlitligidan iborat.

Fan-texnika taraqqiyoti natijasida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va mexnat taqsimotining chukurlashuvi natijasida milliy iqtisodiyotlar rivojlanib, ichki bozordan tashki bozorga utish zarurati paydo bo‘ldi.

Mexnat taqsimoti nafaqat bir mamlakat doirasida, u mamlakatlar o‘rtasida xam amalga osha boshladi. Natijada xalqaro mexnat taqsimoti vujudga keldi. Xalqaro mexnat taqsimoti jaxon xo‘jaligining tashkil topishi va rivojlanishining muxixit omiliga aylandi.

Jaxon xo‘jaligi ishlab chiqaruvchi kuchlarning asrlar davomidagi rivojlanishi, milliy.regional va umumjaxon mikyosida mexnat taqsimotining uzluksiz chukurlashib borishi, turli mamlakatlar ishlab chiqarishining yakkalangan xolatdan chiqishi va ularning asta-sekin davlatlararo xo‘jalik tizimiga kirib borishining natijasidir.

Xalqaro mexnat taqsimotining chukurlashib borishi mamlakatlar o‘rtasidagi fan-texnika, ishlab chiqarish, savdo-iqtisodiy aloqalarning obektiv asosi bo‘lib xisoblanadi va shu tufayli ishlab chiqarishning baynalminallashuvi umumjaxon jarayoniga aylanadi.

Demak, xalqaro mexnat taqsimoti butun jaxon xo‘jaligining tashkil topishi va rivojlanishining xal qiluvchi omilidir. Jaxon xo‘jaligi barcha milliy xo‘jaliklarni uz ichiga oladi.

Jaxon xo‘jaligi munosabat tarzida uz obekti va subekti ega.

Xalqaro mikyosda resurslarning taqsimlanishi va samarali ishlatilishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, uning kooperatsiyasi, iqtisodiy integratsiya, savdo-sotik, ilmiy texnikaviy xamkorlik, koloklik va kashshoklikka chek kuyish, ekologiyaga zarar yetkazmaydigan iqtisodiy faoliyat yurgizish kabilar umumjaxon munosabatlarining obekti bo‘lsa, turli davlatlar, xalqaro va milliy firmalar, xalqaro tashkilotlar ularning subekti xisoblanadi.

I- bosqich. Jaxon xo‘jaligi taraqqiyoti dastlabki bosqichda mamlakatlar ikki toifaga bulingan:


  1. Kapitalistik monopol davlatlar.

  2. Mustamlaka, yarim mustamlaka va karam mamlakatlar.

II-bosqich. 1920-yildan to 1990-yilgacha bo‘lgan bosqichda jaxon xo‘jaligi ikki karama karshi xo‘jalik tizimiga, ya'ni jaxon kapitalistik va sotsialistik xo‘jalik tizimlariga bulingan.

Ular o‘rtasidagi keskin iqtisodiy, goyaviy, siyosiy musobakada sotsialistik jaxon xo‘jaligi maglubiyatga uchradi.

III-bosqich. Jaxon xo‘jaligining xozirgi bosqichida bozor iqtisodiyotiga utish davrini boshidan kechirayotgan mustakil davlatlar jaxon xo‘jaligiga kirish uchun iqtisodiy isloxatlar utkazish orqali kupgina mamlakatlarga xos bo‘lgan bozor iqtisodiy tizimini shakllantirmokdalar.

Jaxon xo‘jaligi ma'lum bir qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Jaxon xo‘jaligi bozor qonuniyatlariga amal qiladi.

a)Jaxon xo‘jaligining uzi mexnat taqsimotining maxsulidir, lekin bu xo‘jalik mexnat taqsimotini yanada chukurlashtirib ishlab chiqarishdagi baynalminallikni kuchaytiradi. Bu esa ixtisoslashuv asosida xarajatlarni pasaytirish va maxsulotlar, xizmatlar sifatini oshirish imkonini beradi.

b)Jaxon xo‘jaligida iqtisodiy aloqalar rivojlanib boradi va ularning shakllari uzgarib boradi, ishtirokchilar doirasi yangi mamlakatlar xisobidan kengayadi. Keyingi yillarda bu doiraga Markaziy Osiyoning yosh davlatlari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi xam kirib keldi.

v)Iqtisodiy aloqalarning chukurlashuvi xalqaro iqtisodiy integratsiyani yuzaga chiqaradi va integratsiya ularning eng oliy shakliga aylanadi. Mamlakatlararo, mintakalararo integratsion aloqalar pirovard natijada umumjaxon integratsiyasi bilan yakunlanadi.

g)Jaxon xkjaligining muxim qonuniyatlaridan biri, bu turli mamlakatlarning taraqqiyot darajasi jixatidan bir-biriga yaqinlashuvidir. Bu jarayon mamlakatlararo raqobat asosida bo‘ladi, kam rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyoti tarakkiy etgan mamlakatlarga aylanishi yuz beradi. (masalan: XIX asr oxirida Angliya sanoati rivojlangan mamlakat bo‘lsa, XX asrning 70-yillariga kelib AKSh, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Kanada va Italiya xam rivojlangan mamlakatlarni tashkil etdi.

80-yillarning o‘rtalariga kelib ularning safiga Osiyodagi yangi industrial davlatlar Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong, Singapur, Malayziya va Tailand kelib kushildi.

Turli mamlakatlar iqtisodiy darajalarining yaqinlashuvi va tenglashuvi sivilizatsiyalashgan munosabatlar natijasi xisoblanadi.)

Ishlab chiqarishning baynalminallashuvi mamlakatlar iqtisodiyotini bir-birig‘a boglab kuyadi. Natijada teng xukukli va o‘zaro manfaatli aloqalar mamlakatlarning kam rivojlangan mamlakatlarga ta'sirini kuchaytirib, ularning rivojiga kumaklashadi.

d)Xozirgi davrda jaxon iqtisodiy rivojlanishining eng muxim xususiyatlaridan biri - turli mamlakatlar va xo‘jalik regionlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarning usib borishi xisoblanadi.

Malakatlarning savdo, ishlab chiqarish, valyuta-moliya soxalaridagi jaxon tamoyillariga bog‘liqlik obektiv reallik xisoblanadi. Xozirgi davrda xar qanday mamlakatni uning iqtisodi qanday rivojlangan bo‘lishidan kat'iy nazar, jaxon xo‘jaligi aloqalariga jalb kilmasdan uning tulakonli iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash mumkin emas.

Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil ijtimoiy iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruxlarga bulingan.

Jaxon xamjamiyati mamlakatlarni turkumlash xar xil mezonlar asosida amalga oshiriladi.

I. Jaxon xamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondoshib, xo‘jalik tizimlarining xususiyatiga mos ravishda davlatlarning uchta guruxini ajratib ko‘rsatish mumkin:

a) rivojlanagn;

b) bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan;

v) bozor iqtisodi mavjud bo‘lmagan mamlakatlar.


  1. Rivojlanganlik darajasi bo‘yicha xam uz navbatida uchta gurux farqlanadi: kam, o‘rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar.

  1. Shimoliy-sharkiy Osiyo va Lotin Amerikasida yangi industrial mamlakatlar (YaIM).

  2. Yuqori daromadli neft eksport qiluvchi mamlakatlar (Saudiya
    Arabistoni, Kuvayt va boshqalar).

  3. Eng kam rivojlangan mamlakatlar (EKVM) (Ekvador), shu jumladan, eng kambag‘al mamlakatlar (Chad, Bangladesh, Efiopiya), xar xil mintakaviy ittifoklar va baynalminal guruxlarga ajratiladi.

VI. Sinuiy yondoshuviga kura:

  1. Sotsialistik mamlakatlar;

  2. Kapitalistik mamlakatlar:

  3. Uchinchi dunyo mamlakatlari.

Bu barcha turli-tumanlik bir butun, yaxlitlikka o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlikning xar xil jixatlari orqali tortiladi.

Iqtisodiyotning baynalminallashuvi mukarrar xodisa bo‘lib, jaxon xo‘jaligida xilma-xil aloqalarni yuzaga keltiradi.


Download 68,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish