9. LABORATORIYA ISHI
Mavzu: JavaFX yordamida tarmoq dasturini yaratish
Ishning maqsadi:
Java dasturlash tili java.net.*, java.io.*, javafx.stage.*, javafx.application.*,
javafx.event.* paketlari klasslaridan foydalanib GUI kliyent-server tarmoq
dasturini yaratish.
Topshiriq:
Talaba laboratoriya ishi uchun shaxsiy topshiriq oladi. Bu topshiriq bo‘yicha
talaba TCP kliyent-server tarmoq dasturini JavaFX asosida yaratadi. Har bir talaba
uchun shaxsiy topshiriq 9.1- jadvalda berilgan.
Nazariy qism:
JavaFX - boy Internet ilovalarini (Rich Internet Applications) yaratish uchun
foydalaniladigan Java kutubxonasi. Ushbu kutubxonadan foydalanib yaratilgan
ilovalar turli xil operatsion tizimlarda va qurilmalarda, masalan, Desktop
kompyuterlari, mobil telefonlar, televizorlar, planshetlar va boshqalarda ishlashi
mumkin.
Java dasturlash tilidan foydalangan holda GUI ilovalarini yaratish uchun
dasturchilar Advanced Windowing Toolkit (AWT) va Swing kabi kutubxonalarga
tayanadilar. JavaFX paydo bo’lganidan so’ng, ushbu Java dasturchilari boy
tarkibga ega samarali GUI ilovalarni JavaFXdan foydalanib yaratishlari mumkin.
Boy xususiyatlarga ega kliyent tomon ilovalarini yaratish uchun dasturchilar
Media, UI Controls, Web, 2D va 3D kabi funktsiyalarni qo’shish uchun turli xil
kutubxonalarga murojaat qilishadi. JavaFX ushbu xususiyatlarning barchasini o’z
ichiga oladi. Bunga qo’shimcha ravishda, dasturchilar Java kutubxonasining
Swing kabi mavjud xususiyatlaridan ham foydalanishlari mumkin.
JavaFX grafika va medianing boy to’plamini taqdim etadi va apparat
tezlashtirilgan grafikasi orqali zamonaviy Graphical Processing Unit (GPU)dan
foydalanadi. JavaFXdan Groovy va JRuby kabi JVM asosidagi texnologiyalarda
foydalanish mumkin.
2
JavaFX GUI ilovalarini yaratish uchun boy sinflar va interfeyslarga ega API
hisoblanadi. Quyida muhim APIlar keltirilgan:
javafx.animation,
javafx.application,
javafx.css,
javafx.event,
javafx.geometry, javafx.stage, javafx.layout, javafx.beans, javafx.collections,
javafx.util, javafx.concurrent, javafx.embed.swing, javafx.fxml, javafx.print,
javafx.scene,
javafx.scene.shape,
javafx.scene.text,
javafx.scene.effect,
javafx.scene.input, javafx.scene.transform, javafx.scene.paint, javafx.scene.media,
javafx.scene.web, javafx.scene.image, javafx.scene.control, javafx.scene.chart.
JavaFXda GUI ilovalari Scene Graph yordamida kodlanadi. Scene Graph
GUI ilovasini yaratishning boshlang'ich nuqtasidir. U GUI ilova node (tugun)lari
deb ataladigan sodda vositalarni o'z ichiga oladi.
Node vizual/grafik obyekt bo’lib, unda quyidagilar bo’lishi mumkin:
-
Geometrik (Grafik) obyektlar - (2D va 3D), masalan, aylana,
to’rtburchak, ko’pburchak va boshqalar.
-
UI elementlari - Button, Checkbox, Choice box, Text Area va hokazo.
-
Konteynerlar - Border Pane, Grid Pane, Flow Pane va boshqalar.
-
Media elementlari - audio, video va tasvir obyektlari.
Stage (oyna) JavaFX ilovasining barcha obyektlarini o’z ichiga oladi. U
javafx.stage paketining Stage sinfi yordamida yaratiladi. Boshlang’ich Stage
platformaning o’zi tomonidan yaratiladi. Yaratilgan Stage obyekti Application
sinfining start() metodi uchun argument sifatida uzatiladi.
Stage ikki Width va Height parametrlariga ega. U tarkibiy qism va bezaklar
(sarlavha paneli va chegaralar) ga bo’linadi.
Stagelarning besh turi mavjud:
-
Decorated
-
Undecorated
-
Transparent
-
Unified
-
Utility
Stage tarkibini ko'rsatish uchun show() metodini ishga tushirish kerak.
3
Scene JavaFX ilovasining fizik tarkibini aks ettiradi. Unda scene graphining
barcha tarkibi mavjud. javafx.scene paketining Scene sinf Scene obyektini
namoyish etadi.
public class JavafxSample extends Application {
@Override
public void start(Stage primaryStage) throws Exception {
/*
Code for JavaFX application.
(Stage, scene, scene graph)
*/
}
public static void main(String args[]){
launch(args);
}
}
Kliyentning birinchi o‘rinda bajaradigan vazifasi server bilan aloqa
o‘rnatishdan iborat. Server va kliyent o‘rtasida aloqa o‘rnatish uchun Socket
obyekti yaratiladi. TCP soketi kliyentining ilovasini yaratish uchun quyidagi
vazifalarni bajaradi:
1. Socket obyektidan foydalanib, kliyent soketini yaratish.
2. Soketga yozish va undan o‘qish.
3. Ulanishni tugallash.
Kliyent soketini yaratish
Kliyent soketining obyekti server tomonidan eshitiladigan ikki parametr (IP
adres va port raqami)ni qabul qiluvchi Socket klassining konstruktori yordamida
yaratiladi.
Socket clientSocket = new Socket("127.0.0.1", 7777);
Avvalgi kod fragmentida 127.0.0.1 ga teng bo‘lgan IP adres va 7777-port
shunday soketni aniqlaydiki, ushbu soketda server kliyent so‘rovlarini eshitadi.
Soketdan o‘qish va yozish
4
Kliyent va server o‘rtasida ulanish o‘rnatilganidan so‘ng kliyent serverga
soket orqali so‘rov yuboradi. Soketdan o‘qish va yozish fayldan o‘qish va yozishga
o‘xshash. Kliyentga server bilan o‘zaro aloqada ishlashni ta’minlash uchun
quyidashilarni bajarish zarur:
PrintStream va BufferedReader klasslari har biri uchun ikkita obyekt e’lon
qilinadi. Ushbu obyektlar soketdan o‘qish va yozish uchun ishlatiladi.
DataOutputStream outToServer = new
DataOutputStream(clientSocket.getOutputStream());
BufferedReader inFromServer = new BufferedReader(new
InputStreamReader(clientSocket.getInputStream()));
Socket klassining getInputStream() va getOutputStream() metodlari
kliyentga server bilan o‘zaro aloqada ishlash imkonini beradi. getInputStream()
metodi BufferedReader obyektiga soketdan o‘qish, getOutputStream() metodi esa
DataOutputStream obyektiga soketga yozish imkonini beradi.
Kliyent ilovasida kiritilgan ma’lumotlar serverga uzatilishi uchun standart
kirish bilan aloqa o‘rnatish uchun BufferdReader klassining yana bir obyekti e’lon
qilinadi. Quyidagi kod fragmenti konsol oynasidan ma’lumotlarni o‘qish uchun
ishlatiladi:
BufferedReader inFromUser = new BufferedReader(new
InputStreamReader(System.in));
Keltirilgan kod fragmenti foydalanuvchiga klaviaturadan ma’lumotlarni
kiritish imkonini beradi.
Ulanishni tugallash uchun clientSocket.close() metodidan foydalaniladi.
TCP serverini yaratish
Serverni ishlab chiqish jarayoni ma’lum portdan kliyentlarning ulanish
o‘rnatish so‘rovlarini “eshitadigan” ServerSocket klass obyektini yaratishdan
iborat. Server ruxsat etilgan so‘rovni taniganidan so‘ng ServerSocket obyekti
kliyent yaratgan Socket obyektini qabul qiladi. Server va kliyent o‘rtasidagi o‘zaro
aloqa ushbu soketdan foydalanish bilan amalga oshiriladi.
5
java.net.* paketining ServerSocket klassi shunday obyektni yaratishda
ishlatiladiki, uning yordamida server masofadagi kirish so‘rovlarini eshitadi.
BufferedInputStream klassi kliyentdan serverga ma’lumotlar uzatilishini
boshqaradi, DataOutputStream klassi esa serverdan kliyentgacha ma’lumotlar
uzatilishini boshqaradi.
accept() metodi o‘zi ulangan portni eshitish bilan kliyentning ulanishini
kutadi. Kliyent serverning soketi bilan ulanishga harakat qilganida, metod
ulanishni qabul qiladi va kliyent soketini qaytaradi, so‘ngra esa ushbu soket kliyent
tomonidan server bilan muloqot uchun ishlatiladi. Ushbu soketning chiquvchi
oqimi ulangan kliyent uchun kiruvchi oqim bo‘lib hisoblanadi va aksincha.
IOException holati ulanish o‘rnatish vaqtida qandaydir xatolik yuzaga kelganida
generatsiyalanadi. Java yuzaga kelayotgan istisno holatlarni qayta ishlashga majbur
qiladi.
TCP serverining server ilovasini yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
-
ServerSocket serverining soket obyektini yaratish;
-
Kliyentning ulanish so‘rovlarini eshitish;
-
Serverni ishga tushirish;
-
Kliyentlarning so‘rovlari uchun ulanish oqimini yaratish.
Serverni yaratish
ServerSocket obyekti kliyentlarning so‘rovlarini “eshitadi” va Server
klassining konstruktori ServerSocket obyektini yaratadi. Serverni ishga tushirishda
istisno holat yuzaga kelganida xatolik to‘g‘risidagi xabar aks ettiriladi. Server
konstruktori uchun kod fragmenti quyidagi ko‘rinishga ega:
9.1- jadval
Topshiriq variantlari
№
Topshiriq
1.
Ixtiyoriy matnni teskari tartibda yozish
2.
Ixtiyoriy n ta sondan musbatlari yig‘indisini hisoblash
3.
Ixtiyoriy n ta sonning yig‘indisini hisoblash
4.
Uchburchakning bissektrisa uzunligini topish
5.
Ixtiyoriy kubning hajmini topish
Do'stlaringiz bilan baham: |