Mavzu: jarohatlar. Jarohatlanganda birinchi yordam ko’rsatish



Download 19,16 Kb.
bet2/5
Sana29.04.2022
Hajmi19,16 Kb.
#592461
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sinishlar va chiqish lat yeyish

Sanchilgandagi jarohat nayza, pichoq, igna, bigiz, juvoldiz, mix va sanchadigan boshqa buyumlar urilishidan vujudga keladi.
Jarohatning kirish teshigi kichik, kanali esa tor va chuqur bo'ladi. Jarohat kanali bo'ylab qon tomirlari, nervlar va organlar shikastlanishi mumkin. Sanchilgan jarohat, ayniqsa, xavfli hisoblanadi, chunki uning chuqurligini va ichki organlarga shikast yetgan-yetmaganligini aniqlash qiyin bo'ladi. Bunda ichki organlardan ko'p qon ketishi va har xil asoratlar qolishi mumkin. Yurak va yirik qon tomirlari jarohatlanganda, qon gavda bo'shlig'iga (ko'krak, qorin bo'shliqlariga) bemalol quyiladi.
Urilgandagi jarohat to'qimalarga o'tmas, lekin og'ir narsa bilan urilganda (bolg'a, tosh bilan, og'ir. yuk tushib ketganda) paydo bo'ladi. Jarohatning cheti majaqlangan, ezilgan, notekis bo'lib, kattagina joydagi yumshoq to'qimalar shikastlanadi. Deyarli uncha qon oqmaydi, lekin ezilgan yumshoq to'qimalar nobud bo'lishi va infeksiya rivojlanishi uchun qulay muhit tug'iladi.
Agar jarohatlar yulinish (qo'l yoki oyoq uzilib ketganda) va lat yeyishdan hosil bo'lsa, ular qattiq og'riydi va ko'pincha shokka sabab bo'ladi.
O'q tekkandagi jarohat o'q (miltiq, to'pponcha o'qi) tegishidan vujudga kelgan jarohatdir. Mina, bomba, snaryad parchalari tegishidan vujudga kelgan jarohatlar va sochma o'qdan jarohatlanish turiari ham bor. Sochma o'qdan jarohatlanishda jarohat ko'p va aksari yuza bo'ladi. Umuman o'q tekkandagi jarohat ancha xavfli hisoblanadi, chunki o'q, o'q parchasi bilan birga kirgan iflos kiyim parchalaridan, har xil xas-cho'p, tuproqdan organizmga infeksiya kirishi mumkin, bundan tashqari, o'q tekkanda yirik tomirlar, nervlar, bo'g'imlarga, ichki organlarga og'ir shikast yetishi mumkin. Agar jarohatning kirish va chiqish teshiklari mavjud bo'lsa (o'qning kirish teshigi chiqish teshigidan kichik bo'ladi), o'q (snaryad) teshigidan vujudga kelgan jarohat teshib o'tilgan jarohat deb ataladi.
Agar o'q yoki snaryad parchasi tanada qolsa, unda faqat bitta teshik- kirish teshigi hosil bo'ladi. Bunday jarohat berk yoki yopiq jarohat deb ataladi. O'q uchib borayotganda zich to'qimalar qarshiligiga (suyakka) duch kelganda berk jarohatlar vujudga kelishi mumkin. Agar o'q yoki snaryad parchasi gavdaning yuza to'qimalariga tegib o'tsa, u o 'qyalab o'tgan jarohat deb ataladi. Bunday jarohatlar, odatda, yengil bo'ladi. Bulardan tashqari, yiringlagan, majaqlangan, tishlangan jarohatlar ham bo'ladi.

Download 19,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish