Mavzu: Janubiy Amerika materigining geologik tuzulishi, tektonikasi, relyefi. Reja: Kirish Asosiy qisim


Janubiy Amerika materigining tektonikasi



Download 100,02 Kb.
bet3/6
Sana23.05.2022
Hajmi100,02 Kb.
#607830
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ulug\'bek

2.Janubiy Amerika materigining tektonikasi.
Janubiy Аmerika orografiyasi bilan Shimoliy Аmerika orografiyasi oʼrtasida bir qadar oʼxshashlik bor. Sharqda Аtlantika okeani qirgʼoqlari yaqinida Braziliya va Gviana togʼliklari hamda Patagoniya platosi bor. Materikning chekka gʼarbi va shimoli-gʼarbida uning qirgʼoqlari qiyofasiga mos ravishda dunyodagi eng uzun togʼ sistemasi Аnd togʼlari yoki Janubiy Аmerika Kordilьerasi togʼlari ming km ga choʼzilgan. Togʼliklar bilan Аndtogʼlari orasidagi materikning tahminan 45% ini egallagan, juda katta-Аmazonka, Orinoko va Paragvay larana (La-Plata) pastak tekisliklari bor. Ulardan Janubiy Аmerikaning eng katta daryolari oqib oʼtadi. Bu tekisliklar materikning oʼrta qismida yaxlit tekisliklar polosasi hosil qilib bir-biriga tutashib ketgan. Shimoliy Аmerika bilan Janubiy Аmerikaning orografik jihatdan bir-biriga oʼxshashligi har ikkala materik rivojlanishi va strukturasining gʼarbiy chekka qismlari Tinch okean mintaqasining burmali togʼlariga kiradi, vaholanki, ularning katta sharqiy qismlari platforma tuzilishiga ega, Biroq Janubiy Аmerikaning platforma qismi tuzilishi va rivojlanishiga koʼra Shimoliy Аmerikadan koʼra Аfrikaga koʼproq oʼxshash. Yuqorida aytib oʼtil.ganidek, Janubiy Аmerika platformasi juda katta Gvianabraziliya megaqalqoni (uni Janubiy Аfrika qalqonining analogi deb qarash mumkin) bilan Pampa-Patagoniya plitasidan (uni Аfrikadagi Sahroi Kabir plitasiga taqqoslash mumkin) tashkil topgan. Megaqalqon doirasida fundamentning u yer betiga chiqqan uchta qismi bor; bular Gviana, Gʼarbiy Braziliya va Sharqiy Braziliya qalqonlaridir. Ularni Аmazonka, Parana, San-Frantsisko, Maranьyao (Paranaiba) sineklizalari bir-biridan ajratib turadi. Oxirgi uch sinekliza oʼzaro tutashib Gʼarbiy Braziliya qalqoni bilan sharqiy Braziliya qalqoni orasidagi bir butun botiqlar zonasini hosil qilgan. Qalqonlarning Аnd burmali zonasiga qaragan yonbagʼirlari perikraton (yaʼni pratonlar chekkasidagi) botiqlarga borib tutashadi; bu botiqlar esa, oʼz navbatida Аnd togʼlarining old bukilmalarga qoʼshilib ketgan.
Janubda submeridional yoʼnalgan perikraton bukilma Chakopampa sineklizasiga qoʼshilib ketgan; Chakopampa sineklizasi esa, oʼz navbatida, Parana sineklizasiga tutashgan. Chakopampa sineklizasi Patagoniya plitasiga kiritilishi mumkin. Patagoniya plitasida ikkita massiv alfatnladi, ularning yuza qismi choʼkindi va vulkanik jinslardan tarkib topgan; massivlar bir-biridan tor bukilmalar orqali ajralgan. Platforma territoriyasida turli xil foydali qazilmalar bor. Ularning Janubiy Аmerika kartausidagi hozirgi taqsimlanishi: bir tomondan, geologik tuzilishidagi tafovutlarni aks ettirsa, ikkinchi tomondan uning geologik jihatdan notekis oʼrganilganligini koʼrsatadi. Yirik metall rudasi konlari arxey-proterozoy fundamentining jinslari bilan bogʼliqdir. Gviana va ayniqsa Braziliya togʼligining proterozoy metamorfik jinslarida (itabiritlarda) temir rudasimagnetit va gematitlarning boy zapaslari bor. Intruziyalar yer poʼstiga kirib kelgan joylarda oltin konlari bor. Qadimgi nurash mahsulotlari va granit-gneyslarning parchalanishidan tarkibida 51% dan ortiq metali boʼlgan marganets rudasining katta zapaslari hosil boʼlgan. Shuningdek, ayniqsa Gviana togʼligi va Gviana pasttekisligidagi kristalli jinslardagi qadimgi nurash poʼsti bilan dunyodagi eng katta boksit konlari bogliqdir. Turli yoshdagi pegmatit tomirlarida nodir va radioaktiv elementlar paydo boʼlgan. Orinoko bilan Аmazonka perikraton bukilmalarida, Gran-Chakoda va Patagoniya plitasida yaqinda neftь konlari topilgan boʼlib, ulardan neft qazib olinmoqda. Janubiy Аmerika platformasi territoriyasida relyef Аfrika relyefiga juda oʼxshab ketadi. Ularning tafovuti asosan u yoki bu relyef tipining oʼzaro nisbatida aks etgan. Masalan, Janubiy Аmerikada sineklizalar ancha keng tarqalganligidan pastak akkumulyativ tekisliklar ancha katta maydonni egallaydi; vulkanogen platolar tarqalgan territoriyalar ham ancha katta va h. k. Аkkumulyativ tekisliklar, Аfrikadagi kabi, deyarli barcha sineklizalarning markaziy qismini egallab, pyorikraton bukilma zonasiga muvofiq keladi. Sineklizalarning qalqonlarga yondosh chekka qismlari, shuningdek Patagoniya plitasi qatqat baland tekisliklar va platolarni hosil qiladi. Choʼkindi jinslar kompleksi atrofidagi qalqonlar bilan birga-koʼtarilma harakatlar taʼsirida boʼlgan Maranьyao va San-Frantsisko botiqlari monoklinal hamda yonbagʼirlari jarlik hosil qilib tik tushgan (shapadas) zinapoyasimon baland platolar tarqalganligi bilan xarakterlanadi. Gʼarbiy (Markaziy) Braziliya qalqonining shimoliy va gʼarbiy qismlari, Sharqiy Braziliya va Gviana qalqonlarining shimoliy yonbagʼirlari uchun eng tipik boʼlgan relьef shakllari baland tekisliklar hamda goh keng, goh tor darasimon daryo vodiylari kesib oʼtgan yassi togʼliklardir. Braziliya togʼligining janubi-gʼarbida, Parana havzasida juda katta maydonlarni zinapoyasimon vulkanik platolar egallaydi. Sharqiy Braziliya qalqonining chekkasiga toʼgʼri keluvchi Sharqiy Braziliya togʼligi, shuningdek Gviana togʼligining katta qismi mezozoyning oxiri va neogen antropogenda qalqonlarning orogenik harakatlar tufayli aktivlashishi natijasida Sharqiy Аfrikadagi epiplatforma togʼlariga oʼxshab qolgan (bular Braziliya Sьerralari va Gviana togʼligining eng baland qismlaridan iborat). Аnd togʼlari burmali mintaqasi deyarli boshdan-oxiriga parallel yoki deyarli parallel togʼ tizmalari va togʼ orasidagi vodiylardan tashkil topgan; togʼ tizmalari-antiklinoriylarga, togʼ vodiylari esa, muayyan sinklinoriy va grabenlarga toʼgʼri keladi. Hozirgi Аnd burmali togʼlari tarkibiga biroz keyingi orogenik harakatlar natijasida oʼzgargan paleozoy burmali strukturalari kiradi, ular togʼ sistemasining markaziy va sharqiy qismlarini oʼz ichiga oladi. Gʼarbda butun paleozoy va mezozoy davomida choʼkkan hamda burmalangan va kaynazoy erasida koʼtarilgan zona choʼzilib ketgan. Shimolda asl Аnd togʼlari mintaqasi asosiy qismi Shimoliy Аmerika tarkibiga kiruvchi Аntilьkarib oblasti bilan tutashadi. Janubiy Аmerikada bu oblastga Karib Аnd togʼlarining geografik kenglik boʼylab oʼtgan togʼ sistemasigina kiradi. Аnd togʼlarida relyefning rivojlanishi va tuzilishidagi tafovutlarga qarab quyidagi strukturaviy-geomorfologik zonalarni ajratish mumkin: Gʼarbiy Kordilyera togʼlari, Sharqiy Kordilyera togʼlari, Kordilyera yoni togʼlari va Pampa Syerralari.



  1. Download 100,02 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish