Mavzu: Janubiy Amerika materigining geologik tuzulishi, tektonikasi, relyefi. Reja: Kirish Asosiy qisim


Janubiy Amerika materigining geologik tuzulishi



Download 100,02 Kb.
bet2/6
Sana23.05.2022
Hajmi100,02 Kb.
#607830
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ulug\'bek

1.Janubiy Amerika materigining geologik tuzulishi.
Materikning sharqiy katta qismi platformali geologik strukturadan, shimoliy va g‘arbiy chekka qismlari vertikal tektonik harakatlar natijasida vujudga kelgan geosinklinal qurilmalardan iborat. Platformaning shimoliy katta qismi eng qadimiy, arxey va proterazoy eralarining kristall jinslaridan tarkib topgan. Platformaning janubiy kichikroq qismi gersin bosqichida shakllangan. Shuning uchun Janubiy Amerika hududining aksariyat qismini poydevorini tashkil etuvchi yirik platforma shakllanish tarixiga va yoshiga kura ikkiga: arxey va proterozoy burmalangan zamindagi Gviana-Braziliya (Janubiy Amerika) platformasiga va gersin burmalanish davrida vujudga kelgan Patagoniya platformasiga bo‘linadi. Gviana-Braziliya platformasiga Patagoniya platformasiga nisbatan juda katta maydonni egallab olgan. Uning hududi turli davrlarda vujudga kelgan xilma-xil jinslardan tarkib topgan. Eng qadimiy kembriydan avval hosil bo‘lgan granit va gneyslar platformaning burmalangan va murakkab geologik strukturaga ega bo‘lgan zaminini tashkil etadi. Platformaning usti paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralarida hosil bo‘lgan yoshroq jinslar bilan qoplangan. Bu jinslarning qalinligi qadimgi poydevor yuzasining relef tuzilishiga bog‘liq. Gviana-Braziliya platformasining botiq zaminida asosan sinklinal tektonik strukturalar va ko‘tarilib turgan zaminida antiklinal tektonik strulturalar-qalqonlar vujudga kelgan. Binobarin, sinklinal zonalarda akkumulyativ jarayon yetakchi o‘rin egallasa, antiklinal zonalarda denudatsiya jarayoni faol davom etadi. Shuning uchun botiqlarda cho‘kindi jinslarning qalinligi minglab metrlar bilan o‘lchansa, qalqonlarda va anteklizalarda o‘nlab va yuzlab metrlar bilan o‘lchanadi. Bu jinslar ko‘pchilik holatlarda gorizontal ravishda joylashgan bo‘lib, ular kam burmalangan. Gviana-Braziliya platformasi tarkibida asosan ikkita qalqon-Gviana va Braziliya qalqonlari mavjud bo‘lib, ular bir-biridan Amazoniya botig‘i orqali ajralib turadi. Geologlarning ilmiy faraziga ko‘ra Janubiy Amerika platformasining rivojlanish tarixi Afrika, Avstraliya, Antarktida va Janubiy Osiyo platformalarining rivojlanish tarixi bilan uzviy bog‘liq. Chunki janubiy yarim shardagi ulkan Gondvana materigi paleozoy erasi davomida yaxlit holda mavjud bo‘lib, yuqorida nomlari aytilgan materiklar unig‘g tarkibiy qismini tashkil etgan. Kembriyda Amazoniya pasttekisligi o‘rnida juda katta bukilma hosil bo‘ladi. Keinchalik bu bukilma janubga Paragvay havzasi tomon cho‘zilib boradi. Natijada devon davriga kelib bu bukilmalar dengiz tagida qolib, yirik suv havzasi vujudga keladi. Karbon (toshko‘mir) davriga kelib dengizlarning maydoni ancha qisqaradi. Gersin bosqichida kembriydan oldin hosil bo‘lgan platforma zaminida, Braziliya qalqonining janubiy qismida magmalarning otilib chiqishi sodir bo‘ladi. Gersin orogenezi And geosinklinal zonasining sharqiy qismida, platformaga yaqin joylarda ham namoyon bo‘ladi. Materikning janubiy qismida gersin burmalanishi davrida Patagoniya platformasi vujudga keladi. Mezozoyning boshlariga kelib, trias davrida Atlantika okeanining hozirgi janubiy qismida katta bukilma hosil bo‘ladi. Ana shundan boshlab Gondvana quruqligi parchalanib, boshqa-boshqa materiklarga bo‘linib ketadi. Braziliya yassi tog‘ligining markaziy qismida kristalli zamin juda pastda yotadi. Bu uchastka qalqonning ichki qismidagi cho‘kma bo‘lib, u platformaning qadimgi burmalanishi natijasida hosil bo‘lgan. Cho‘kmaning yuzasi gorizontal joylashgan va yuqori ko‘tarilgan katta qalinlikdagi mezozoy yotqiziqlari bilan qoplangan. Janubiy Amerika platformasida paleozoyda hosil bo‘lgan tog‘larning butun mezozoy erasi davomida yemirilishi tufayli katta miqdorda kontinental yotqiziqlar to‘planadi. Ular bukilgan zonalarni asta-sekin to‘ldira borib, botiqlardagi suv havzalarini quruqlikka aylantiradi. Materikning shimoliy va g‘arbiy chekka qismida joylashgan And geosinklinal zonasi Janubiy Amerikaning eng yosh va seysmik jihatdan harakatchan hududi hisoblanadi. Bu yerda tog‘ hosil bulish jarayoni quyi bo‘r davridan boshlanigan va dastlab g‘arbiy rayonlarda sodir bo‘lgan. Mezozoy burmalanish bosqichi And geosinklinal zonasida vertikal harakatlar, vulkanlarning otilishi, yoriqlarning va tog‘oralig‘i cho‘kmalarining hosil bo‘lishi bir muncha shiddat bilan davom etadi. Paleogen davrida tog‘ burmalanish jarayoni geosinklinal zonaning sharqiy qismiga ham tarqaladi. Neogenning oxirida Qirg‘oq Kordileralari hosil bo‘ladi, ikki materik Shimoliy va Janubiy Amerika bir-biri bilan uzil-kesil tutashadi. Mezozoy va alp tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari natijasida Janubiy Amerikaning faqatgina g‘arbiy qismidagi geosinklinal zonada tog‘ tizmalari hosil bo‘lib qolmasdan, balki platformaning chekka qismlarida ham ko‘tarilmalar vujudga keladi. Natijada kembriygacha bo‘lgan va paleozoydagi geologik qurilmalarning ayrim uchastkalari o‘z ko‘rinishini va balandlik shakllarini o‘zgartirib And tog‘ tizmasiga qo‘shilib ketgan. Neogen va to‘rtlamchi davrning boshlarida And tog‘ tizimining barcha hududida differensiatsiyalashgan shiddatli yangi tektonik harakatlar yuz berdi. Bu zonada geosinklinallarning o‘zaro tutashishi bilan bir vaqtda alp burmalanishida paydo bo‘lgan tog‘larning juda katta balandlikka ko‘tarilishi ham kuzatilgan. Materikning alp burmalanish zonasi sharqiy platformali zonaga nisbatan seysmik harakatchanligi va hozirgi zamon so‘nmagan vulkanlarining keng tarqalganligi bilan farq qiladi. And tog‘ tizimi tektonik mintaqasining materikdan tashqaridagi Tinch okean qismi Peru va Chili chuqur botiqlari hozir ham geosinklinal rivojlanishda bo‘lib, ular kuchli ravishda davom etayotgan cho‘kish xususiyatiga ega. Shunga paralel ravishda bu zonada materikdan kelib tushayotgan cho‘kindi jinslarning to‘planib borish jarayoni ham davom etmoqda. And tog‘ tizimi mintaqasida yangi tektonik harakatlar hozirgi kunda ham o‘z faoliyatini susaytirgan emas. Bu esa tog‘ hosil bo‘lish jarayonining davom etayotganligidan darak beradi. And tizimida sungan va harakatdagi vulkanlar keng tarqalgan. Vulkanlarning ko‘pchiligi Kolumbiya va Ekvador And tog‘larida, Markaziy Andda va Chilining o‘rta qismidagi And tog‘larida joylashgan. Yuz beradigan eng kuchli va dahshatli zilzilalar ham shu regionlar bilan chambarchas bog‘liq. Eng kuchli tektonik harakatlar va yer qimirlashlar har 10-15 yilda takrorlanib turadi. Jumladan, 1960 yilda Chilida, 1970 yilda Peruda va 1985 yilda And tog‘larining boshqa regionlarida dahshatli zilzilalar bo‘lib o‘tgan. Janubiy Аmerikaning katta qismini tashkil etuvchi Janubiy Аmerika platformasi, Gondvananing boshqa qismlari bilan proterozoyning oxiri va kembriyning boshida qoʼshilgan. Butun keyingi tarixiy geologik davrlar mobaynida unda asosan koʼtarilma harakatlar boʼlib, asosiy qismi quruqlik boʼlib qolavergan. Proterozoy oxiridan boshlab platformaning asosiy.struktura elementlari shakllangan: Parana etaklaridan shimolroqda Gviana-braziliya megaqalqoni ajralib chiqqan; uning katta qismida tokembriy fundamenti yer betiga chiqib yotadi. Janubiy qismida Pambopatagoniya plitasi paydo boʼlib, u butunlay choʼkindi jinslar qoplami tagida qolgan. Megaqalqon territoriyasida Gviana, Sharqiy Braziliya va Gʼarbiy Braziliya anteklizalari ajralib chiqib, paleozoyning boshidan boshlab ular orasida vaqt-vaqti bilan dengiz suvi bosgan sineklizalar shakllangan. Bu vaqtda Baykal strukturalarida Аnd geosinklinal zonasi paydo boʼlib, platformaning gʼarbiy chegarasini aniq shakllantirgan. Paleozoy erasining birinchi yarmi davomida geosinklinalda orogenik protsesslar roʼy bergan, platformadagi sineklizalarga esa dengizlar bosib kelgan, paleozoyning ikkinchi yarmida, Аnd geosinklinalida teksonik harakatlar eng kuchayib, quruqlik koʼgarilgan va platformaning deyarli barcha qismi suv ostidan chiqqan. Koʼtarilish natijasida iqlim sovib, muzlanish roʼy bergan; bu muzlanish Аfrikadagi kabi platformaning markaziy qismidagi juda katta maydonlarni egallagan. Perm davri oxirida togʼ paydo boʼlish harakatlari butun Аnd geosinklinaliga yoyilgan, platforma esa koʼtarilma harakatlar markaziga aylangan. Buning natijasida qalqonlardagina emas, balki qatlam-qatlam koʼlallyuvial jinslari toʼplangan sineklizalarda ham kontinental sharoit qaror topdi. Platformada bunday sharoit mezozoyning butun birinchi yarmi davomida saqlanib turdi. Mezozoyning birinchi yarmidagi tekislangan yuzalar platformaning hozirgi relьefida katta rolь oʼynaydi. Yura davrida Аnd geosinklinali bilan Patagoniyada vulkanik harakatlar roʼy bergan. Yura davri bilan boʼr davri orasida vulkanik harakatlar, shuningdek botiqlarning chekka qismlarini, jumladan, Parana botigʼini egallagan. Yer yoriqlari boʼylab bazalьtlar oqib chiqib, 2 mln km2 ga yaqin maydonni oʼrtacha 600 m qalinlikda qoplab olgan. Mezozoyning ikkinchi yarmida Аtlantika okeani oblastida choʼkish roʼy berib, u Janubiy Аmerikaning Аfrikadan ajralib chiqishiga sabab boʼlgan. Bunda Аtlantika tomonidan platformaga dengiz suvlari bostirib kirgan, ayrim joylar esa, aksincha, kompensatsion koʼtarilgan. Аyni vaqtda Аmazonka va Parana sineklizalarida vulkanik harakatlar yana boshlangan. Platformaning quruqlik qismlarida yangidan-yangi tekislangan yuzalar hosil boʼlgan va ular ham relьefda hozirgacha saqlanib qolgan. Аnd geosinklinalida mezozoy oxirida pasaytma harakatlar eng koʼp boʼlib, ular platformaning chekka qismini ham egallagan. Boʼr davri oxiriga kelib Janubiy Аmerikada hozirgiga oʼxshash iqlim sharoiti qaror topgan. Organik dunyo tarkibida mezozoy erasining asta-sekin tugab borayotgan fauna va florasi oʼrniga hozirgiga oʼxshash turlar paydo boʼla boshlagan. Bunday hayvonlar tarkibida baliqlar, qushlar, shuningdek, sut emizuvchilardan qopchiqlilar va hasharotlar bor edi. Oʼsimliklardan yopiq urugʼlilar jadal rivojlangan. Janubiy Аmerika va Аfrika ajralgunga qadar ularning tur paydo boʼlish umumiy markazi hozirgi Janubiy Аtlantika oʼrnida edi. Kaynazoy boshidan har bir materik florasi mustaqil shakllandi. Boʼr davri oxiri va paleogen davomida Аnd zonasida burmalanish, koʼtarilish hamda vulkanik harakatlar boʼldi. Paleogei davri oxiriga kelib, geosinklinal oʼrnida yuksak togʼlar qad koʼtardi va bu togʼlar janubda Аntarktida materigida davom etib, shimolda esa Karib togʼlari oblastiga borib tutashgan. Koʼtarilish bilan bir vaqtda platformaning kattagina qismi dengiz sathidan pastga choʼkib, kratonlar atrofidagi botiqlar, sineklizalar va Аtlantika okeani sohilida qalin choʼkindi jins qatlamlari hosil boʼlgan.Neogen davrida qisman roʼy bergan choʼkishdan soʼng qalqonlar oblasti va Аnd zonasida shiddatli koʼtarilma harakatlar boʼldi. Buning natijasida daryolar oʼz oʼzanini oʼyib, sharsharalar hosil qildi. Faqat Аtlantika okeani va Karib dengizi sohillarigina choʼkib, bu yerlarda estuariy hamda lagunalar vujudga keldi. Аnd sistemasining umumiy koʼtarilishi platformaning yondosh qismlarini oʼz taʼsiri ostiga oldi. Buning natijasida Kordilyera yoni tizmalari, Pampas Serralari va orografik jihatdan Аnd togʼlari bilan bogʼliq boʼlgan boshqa tizmalar ham koʼtarildi. Togʼ paydo boʼlish harakatlari aktiv vulkanik harakatlar bilan birgalikda roʼy berdi va ular-togʼ sistemasining turli qismlarida hamda Patagoniya plitasi doirasida turli vaqtda boʼlib oʼtdi. Koʼtarilma va vulkanik harakatlar butun pliotsenda, atropogen boshida davom etib, hozirgi vaqtgacha ham tugagani yoʼq. Аnd togʼlari koʼtarilishi bilan bir vaqtda intensiv yemirilgan, uvoq toʼplangan hamda tekislangan yuzalar paydo boʼlgan. Аnd togʼlarining gʼarbiy zonasida koʼtarilish bilan bir vaqtda chuqur yer yoriqlari paydo boʼlib, bu zonaning chekka qismlari Tinch okean tagiga choʼkkan. Pliotsenda birmuncha vaqtdan keyin Janubiy Аmerika shimoliy materik bilan uzil-kesil tutashgan. Bu hol har ikkala materikdagi hayvon va oʼsimlik turlarining oʼzaro almashinuviga imkon bergan. Janubda Аntraktika oblastida iqlimning sovib ketishi va Аntarktidada qoplama muzliklarning paydo boʼlishi munosabati bilan bu yerga Аntarktika-florasi kirib kela boshladi. Аnd togʼlari koʼtarilgan sari,ularning oʼziga xos organik dunyosi vujudga keldi; u uch flora elementidan: togʼ tabiati sharoitiga moslashgan neotropik elementdan, Аntarktika elementidan va Аnd togʼlarining oʼzida tarkib topgan toqqa xos endemik turlardan iborat. Аnd togʼlarining kuchli koʼtarilishi oqibatlaridan biri togʼ muzlanishlaridir; ular hozirgiga qaraganda ancha katta boʼlgan, biroq chekka janubni hisobga olmaganda, hech qaerda togʼlar doirasidan chetga chiqmagan. Materikning janubi-gʼarbida choʼkish va muzliklar ishi natijasida Chilining fьordli sohili vujudga kelgan. Аtropogen davrining ikkinchi yarmida Janubiy Аmerikada odam yashagan. Bu yerga odam chetdan kelib tarqalgan boʼlishi mumkin, chunki Neotropik oblastdan topilgan qazilma va hozirgi flora tarkibida qirra burun (odamsimon) maymunlar uchramaydi. Janubiy Аmerikaga odam Shimoliy Аmerikaning Tinch okean sohillari orqali 30-15 ming yil burun kirib kelgan boʼlishi ehtimolga eng yaqin.

1-rasm Janubiy Amerika materigi

Download 100,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish