Qodirov Xurshidbek Davlatjon o‘g‘li - Guruh va jamoa haqida tushuncha
- Jamoadagi moslik
- Guruh va jamoadagi ruxiy muhit
- Psixologik muhitni aniqlash faktorlari
- Ijtimoiy –psixologik muhit
Reja:
GURUH VA JAMOA HAQIDA TUSHUNCHA
- Pedagog yoki tarbiyachi o`z ishida faqat birgina o`quvchining o`zi bilan emas, balki turli guruh va jamoalar bilan munosabatda bo`ladi. SHuning uchun dastlab u o`zi bilan bolalar o`rtasida guruh yoki jamoa tuzib olishi kerak. Guruh deb, ikki yoki undan ortiq kishilar uyushmasiga aytiladi. Masalan, o`quvchilar guruhi, sinfda qandaydir boshliq atrofiga to`plangan bolalar guruhi. Har bir kishi qaerda yashamasin, baribir qandaydir guruh yoki jamoa orasida yashaydi, ular bilan muloqot qiladi. Guruh va jamoalar doimo o`zgarib turadi. Shaxs ana shu guruh yoki jamoaga moslashib yashashi kerak. Guruh va jamoadagi munosabatlarni ijtimoiy psixologiya o`rganadi. Guruhning eng yuksak shakli jamoadir.
- Har qanday jamoa umumiy maqsad asosida tarkib topadi. Har qanday uyushgan guruh jamoa bo`la olmaydi. Masalan, banditlar shaykasi, jinoyatchilar to`dasini jamoa deb bo`lmaydi. CHunki ularning maqsadi faqat o`zlarining ehtiyojini qondirish, shaxsiy boylik orttirishdir. Ular ichki manfaatidan tashqariga chiqa olmaydi. Haqiqiy jamoa a`zolari jamiyat rivoji, o`z xalqining moddiy hayot farovonligini oshirish maqsadida harakat qiladilar. Masalan, oila, o`qituvchilar jamoasi, tadbirkorlar uyushmasi, olimalar va psixologlar uyushmasi kabilarni jamoa deyish mumkin. Jamoadagi kishilar umuminsoniy maqsad yo`lida xizmat qiladilar. Demak, jamoa deb umumiy maqsadlari asosida birlashgan, jamiyatning bir qismi hisoblangan va ana shu jamiyat maqsadlariga to`la buysungan kishilar guruhiga aytiladi.
- Guruhdagi shaxslararo munosabatlar
- Odamning xatti - harakati ijtimoiy muhitning ta`siriga bog`liqdir. Kishining shaxs sifatida tashqi olam bilan bo`lgan o`zaro munosabatlari ularning ishlab chiqarish faoliyatlarida odamlar o`rtasida shakllanadigan munosabatlarda yuzaga kelgan. Ijtimoiy hayot davomida va ishlab chiqarishda odamlar o`rtasida ob`ektiv tarzda yuzaga keladigan real aloqa va munosabatlar odamlarning sub`ektiv munosabatlarida namoyon bo`ladi. Masalan: o`qituvchi o`quvchilarga to`g`ri munosabatda bo`lmasa, o`quvchilarda unga nisbatan hurmat yo`qoladi. Jamoadagi shaxslararo munosabatlar xilma -xil va murakkabdir. Bu munosabatlarni o`rganish uchun maxsus metodlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |