Jamoatchi va bilimli sinf rahbari har qanday vaziyatdan juda ustalik bilan chiqib ketadi va har tomonlama rivojlangan sinf jamoasini tashkil qiladi. Jamoani tashkil etishning samarali shakl- laridan biri guruhiy ishdir. Bunda mazkur ish bolalarning tarkib jihatidan uncha katta bo‘lmagan (eng ko‘pi bilan kishi 5 ta bo‘lishi kerak) guruhlarida amalga oshiriladi. Bunday kichik guruhlarda barcha a’zolar bir-birlari bilan bevosita muomalada bo‘ladilar va bir-birlariga bevosita biror ta’sir ko‘rsatadilar. Ja- moada muomalani tashkil etganda o‘quvchilar muhitida mavjud bo‘lgan haqiqiy guruhlarni nazarda tutish, bir-biriga mehr bilan qaraydigan va o‘zaro do‘stlashadigan bolalarni birlashtirish zarur
Do'stlaringiz bilan baham: |