Mavzu: jamlanma byudjet tushunchasi va uning tarkibiga kiruvchi jamg'armalar mohiyati kirish


-rasm. Byudjetdan tashqari fondlarning tasniflanishi14



Download 1,69 Mb.
bet8/12
Sana18.07.2022
Hajmi1,69 Mb.
#818872
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kurs ishi jsi jdix

4-rasm. Byudjetdan tashqari fondlarning tasniflanishi14
Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirishda birinchi navbatda ichki imkoniyatlardan foydalanishga harakat qilinmoqda. Xususan, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha amalga oshirilayotgan yirik va strategik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ham ahamiyati yuqori bo’lmoqda. Ushbu Jamg’arma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasa bo’lib, faoliyatining asosiy maqsadi iqtisodiyotning etakchi, eng avvalo, bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish bo’yicha loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, mamlakatni barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirishdan iborat.
Iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish borasida strategik muhim rol o’ynaydigan loyihalarni amalga oshirish, birinchi navbatda, ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11-maydagi 3751-sonli “O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni asosida tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi faoliyatiga katta ahamiyat berilmoqda.
Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining asosiy vazifalari: – davlat va xo’jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, tijorat banklari, xorijiy jamg’arma va investorlar hamda boshqa manfaatdor tuzilmalarning moliyaviy mablag’larini jamlash; – iqtisodiyotni rivojlantirish, ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan o’zgartirish va modernizatsiya qilish borasida ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan g’oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish; – strategik muhim ahamiyatga ega bo’lgan korxonalar, avvalo iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini yangilash va texnik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini kreditlash; – yoqilg’i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik va rangli metallurgiya tarmoqlarini texnikaviy qayta qurollantirishga hamda ishlab chiqarish sur’ati va hajmini oshirishga yo’naltirilgan loyihalarning moliyalashtirilishini ta’minlash; – etakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish uchun muhim ustuvor ahamiyatga ega investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, eksportga mo’ljallangan va import o’rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun xorijiy texnologiyalar va uskunalarni sotib olishga mablag’larni maqsadli yo’naltirgan holda respublikaning tijorat banklariga Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash qarori bilan belgilangan tartibda kredit liniyalarini ochish; – birinchi navbatda istiqbolli, ammo etarlicha rivojlanmagan hududlarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzulmasini shakllantirish bo’yicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalarning amalga oshirilishini moliyalashtirish; – kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini imtiyozli asosda, shu jumladan, keyinchalik Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan qoplash yo’li bilan moliyalashtirish; – yurtimizning xalqaro kommunikatsiyalar tarmog’iga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratadigan, xalqaro transport yo’laklari va jahon bozorlariga eng qisqa yo’l bilan chiqishini ta’minlaydigan transport hamda telekommunikatsiyalar infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirishni moliyalashtirish; – davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lashni moliyalashtirish; – xalqaro moliya institutlari, O’zbekiston va xorijiy mamlakatlarning kredit muassasalari bilan loyihalarning qo’shma moliyalashtirilishini tashkil etishni ta’minlash hisoblanadi.
Mamlakatimizda o’nlab zamonaviy korxonalarning ishga tushirilishida Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ahamiyati beqiyosdir. Jumladan, “Jeneral Motors Pavertreyn O’zbekiston” qo’shma korxonasida yuqori texnologiyalar asosida avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarish bo’yicha uchta loyiha amalga oshirildi. Shular qatorida “Zenit elektroniks” qo’shma korxonasida “Samsung” kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Ayni paytda maishiy gaz plitalari, konditsionyerlar, elektr pilesoslar va bir qancha boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar sho’ba korxonasida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish maqsadida propan-butan aralashmasi qurilmasining birinchi navbatini, Samarqand viloyatida “MAN” yuk tashish mashinalari ishlab chiqarish bo’yicha yangi majmuaning dilerlik markazini bunyod etish ishlari yakuniga etkazildi.
Quyidagilar Jamg’armani shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilandi:
5-rasm. O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining moliyaviy manbalari15
Ustuvor investitsiya loyihalarini samarali moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 16-mayda 350-sonli “O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida Jamg’armaning ijro etuvchi direksiyasi Jamg’arma ijroiya organi va uning mablag’larini tasarruf etuvchi hisoblanishi belgilandi. Jamg’armaning ijro etuvchi direksiyasi tarkibida tegishli loyihalarni moliyalashtirish bo’yicha tavsiyanomalar berilishi uchun mas’ul bo’lgan ekspert guruhi tashkil qilindi. Jamg’armaning ijro etuvchi direktori O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod qilinadi, maqomi bo’yicha esa Vazir o’rinbosariga tenglashtiriladi. Jamg’armaning ijro etuvchi direktsiyasi faoliyati Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida Jamg’arma mablag’lari hisobidan ta’minlanadi.
Mazkur qarorga muvofiq har oyda Jamg’arma hisobiga16: – respublikaning ayrim strategik resurslari bo’yicha jahon bozorlaridagi qulay narxlar natijasida hosil bo’lib, ortiqcha foydadan olinadigan soliqlar, er bag’ridan foydalanganlik uchun soliq va aktsiz solig’i tarzida respublika byudjetiga rejadan ortiqcha tushadigan mablag’lar; – har yili Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash chog’ida Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan qimmatbaho metallarga belgilanadigan chegara narxdan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan mablag’lar o’tkazib boriladi.
Jamg’arma tomonidan beriladigan kredit resurslari bo’yicha foiz stavkasi yiliga 6 foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanadi17.
Mamlakat iqtisodiyotini barqaror, jadal va mutanosib rivojlantirish uchun moliyaviy bazani yanada mustahkamlash, samarali tarkibiy va investitsiya siyosatini olib borish hamda O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi funksiyalari va vakolatlarini kengaytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi 811-sonli “O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi faoliyatini yanada kengaytirish hamda resurs bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi. Qarorda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi 2006-yil 11-maydagi PF-3751-sonli Farmonida nazarda tutilgan asosiy faoliyat yo’nalishlariga qo’shimcha ravishda Jamg’arma mablag’lari quyidagilar uchun ishlatilishi mumkinligi belgilab berildi. Jumladan18: – kelajakda, birinchi navbatda, qishloq hududlarida yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalash maqsadida, shu jumladan, Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish; – iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash bo’yicha Hukumat tomonidan tasdiqlangan dasturlar doirasida, tijorat banklarga xorijiy valyutada ochiladigan kredit liniyalar orqali investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirishni ta’minlash; – yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega bo’lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun Hukumat qarorlari bo’yicha imtiyozli kreditlar berish; – yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo’lgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish; – davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lash.
Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlarini jadal amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, tijorat banklari va boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarning investitsiya faolligini kengaytirish maqsadida19 Jamg’arma mablag’lari hisobidan tijorat banklarga kredit liniyalarini ochish tartibi, tijorat banklari tomonidan investitsiya loyihalarini tanlash, investitsiya loyihalarini ekspertizadan o’tkazish va tasdiqlash tartibi, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish tartibi hamda investitsiya loyihalari monitoringi va nazorat qilish tartiblari ishlab chiqildi. Shuningdek, investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning namunaviy tarkibi hamda texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari tasdiqlandi.
Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayonlarini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi rolini oshirish hamda ishtiroki ko’lamini kengaytirish, mamlakat sanoatining etakchi tarmoqlarida va ishlab chiqarish infratuzilmasidagi strategik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalash hajmlarini ko’paytirish uchun Jamg’armaning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida24 2012-2016-yillar mobaynida O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ustav kapitalini bosqichma-bosqich 15 mlrd AQSh dollariga etkazish belgilab olingan edi.
Bu esa, o’z navbatida, istiqbolda ushbu Jamg’armaning mamlakat iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi rolini oshib borishini, Jamg’armaning resurs salohiyati mustahkamlanayotganligini bildiradi.

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish