Mavzu. Jahon xalqlari klassifikatsIYasi reja



Download 21,43 Kb.
bet4/5
Sana29.01.2022
Hajmi21,43 Kb.
#418358
1   2   3   4   5
Bog'liq
Seminar 1.2. (1)

Lingvistik jihatdan- Afrika aholisi to’rt tillik til oilasiga kiradi: semit-xamit (yoki afrosiyo), niger-kordofa, nil-saxara va koysan xalqlari. Qit`aning shimolida va shimoli-sharqida yashovchi semit-xamit xalqlari aholining uchdan bir qismini tashkil qiladi. Semitlardan eng ko’pi Afrika aholisining (83 million) bashdan bir qismini tashkil etadigan arab xalqlaridan iborat. Enyingi amxara va kushit, tigraj va chab guruhlariga kiradigan xalqlar semit-xamit til oilasining vakillaridir. Amerika tub aholisining tillari o’ziga xos xususiyatlarga ega va grammatik to’zulishi jihatdan boshqa qit`a xalqlarining tillaridan farq qiladi. Ko’pchilik olimla qabul qilgan klassifikatsiyaga binoan tub aholida 20 ga yaqin til oilalari mavjud bo’lgan. Shulardan eng yiriklari Shimoliy Amerikadagi eskimosaleut, algonkishvakash, na-dene, siu-xoka. Markaziy va Janubiy Amerikadagi yuto-tano-atstek, Mayya-soke, chibcha, kechua, aymara, karib, aravak, tupi-guarani, chon til oilalaridir. Mazkur tillardan tashqari har xil mayda til turkumlari va shevalari ham bo’lgan. Mayya, kechua, aymara, atstek kabi tillarda so’zlashadigan xalqlar qadimlan yuksak madaniyat yaratgan va hatto o’z yozuviga ham ega bo’lgan.
Bushinchi qit`a – Avstraliya va bepoyon Tinch okeani orollari (Okeaniya) aholisi ikki qism: aborigan (tub aholi) va kelgindi evropalik, osiyolik va amerikaliklardan iborat. Hozir tashqaridan kelib joylashgan aholi butun aholining beshdan to’rt qismini tashkil qiladi va asosan, ingliz tilida so’zlashadilar.
Avstraliya va Okeaniyaning ba`zi xalqlari Evropa mustamlakasi arafasida (XVIII-XIX asrlar) o’zlarining xo’jalik faoliyati va ijtimoiy to’zilishda juda qadimiy ibtidoiy formalarni saqlab kelganlar. Polineziyaliklar va qisman melaneziyaliklar avstraliyaliklarga nisbatan ancha yuqori pog`onada to’rganlar va hatto sinfiy jamiyatga o’tganlar. Mustamlaka natijasida bu erda yashovchi tub aholining moddiy va ma`naviy hayotida, ijtimoiy va madaniy turmushida jiddiy o’zgarishlar ro’y bergan, ularning ko’pchilik qismi o’ziga xos etnik xususiyatlarini yo’qotib yuborganlar, ayrim elatlar (masalan, tasmaniyaliklar) esa butunlay qirilib ketgan. Til jihatdan beshinchi qit`a aholisi maxsus avstroneziya til oilasini tashkil qiladi va tarixiy, madaniy va irqiy jihatdan odatda uch turkumga – polineziyaliklar, melaneziyaliklar va mikroneziyaliklarga bo’linadi. Avstraliyaning tub aholisini o’ziga xos avstraliya (yoki aborigen) tillari tashkil qiladi. So’nggi lingvistik klassifikatsiyalarga binoan Okeaniya tub joy aholisi ikki yirik guruh – papuas va avstrogeneziya til guruhlariga bo’linadi. Tabiiy sharoiti og`ir bo’lgan Yangi Gveneyadagi papuaslar kelgindi aholi bilan kam aralashgani uchun til va madaniy xususiyatlarini ancha mustaqil saqlab qolganlar.



Download 21,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish