Ibtidoiy jamoat to’zumi- emirilib, dastlabki tabaqalanish paydo bo’lishi bilan ayrim qabilalarning umumiy manfaat asosidagi ittifoqi yoki birikmalari tashkil topadi. Maxsus birikmalar qabilalararo jo’xalik va madaniy aloqalarni kuchaytirib, ularning aralashib ketishige olib keladi va ylgarigi qavm-qarindoshlik munosabatlari o’rniga hududiy munosabatlarni yo’zaga keltiradi. Shimoliy Amerikadagi irokezlar ligasi. Meksikadagi atsteklar yoki Janubiy Afrikadagi zulularning qabilaviy ittifoqlari bunga misol bo’la oladi. Keyingi, sinfiy jamiyat paydo bo’lishi bilan quldorlik to’zumi davri boshqichida (qadimgi Misr, Gretsiya, Rim va hokazo) xalqlar shakllana boshlaydi. Evropada bu jarayon feodalizm davrigacha (ruslar, polyaklar, frantso’zlar va hokazo) cho’ziladi. Hududiy, madaniy va xo’jalik birligi, kelib chiqishi va til yaqinligi asosida turli qabilalardan tashkil topgan xalqlar dastlabki davrlarda uncha mustahkam bo’lmagan elatlardan iborat edi.
Tovar, pul munosabatlarning rivojlanishi natijasida xo’jalik tarqoqligiga barham berilib, iqtisodiy va madaniy aloqalar kuchaydi, millatlar paydo bo’la boshladi. Millatlar odatda o’z iqtisodiy birligining barqarorligi, umumiy hududiy va tilining birligi, milliy xarakter va psixologiyasining umumiy belgilari bilan farq qiladilar. Agar elat va xalqlarning tashkil topishi ijtimoiy xarakterga ega bo’lsa, irqlarning paydo bo’lishi biologik asosga egadir. Shuning uchun ham etnoslar bilan irqlarning joylanishi bir-biriga kamdan-kam muvofiq keladi, aslida esa irqlar qit`alarning katta hududlarida joylashib, turli va har xil tildagi etnoslarni o’z ichiga olishi mumkin. Masalan, Afrikada yashab bir necha tilda so’zlashadigan xalq va elatlar negroid irqiga oid bo’lsa, Shimoliy Amerikada turli irqlardagi kishilar bir tilda so’zlashadigan Amerika millatini tashkil qiladi.
Xullas, ko’p sonli jahon xalqlarini tartibga solib, klassifikatsiyalash ancha murakkab masaladir. Ba`zi olimlar xalqlarni bir vaqtda ham irqiy, ham til yaqinligi asosida sistemalashtirishga intiladilar. Ular insaonlarini uch-besh irqqa bo’lib, irqlarni esa, til guruhlariga bo’ladilar. Bunday klassifikatsiya metodologik jihatdan xatodir, chunki irqiy belgilar bilan lingvistik xususiyatlarni aralashtirish mutlaqo mumkin emas. Bunga zil holda sovet fanida xalqlarni etnosga xos belgi – madaniyat va til bilan klassifikatsiya qilish qabul qilingan. Undan tashqari tarixiylik printsipiga asoslangan marksistik Etnologiya xalqlarni madaniy yaqinligina qarab «xo’jalik-madaniy tiplar» yoki «tarixiy-madaniya viloyatlar»ga bo’lib o’rganadi. Ba`zan etnoslarni geografik printsipiga, dinga, tarixiy darajasiga qarab ham farqlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |