Jahon siyosati va uning tuzilishi
“Jahon siyosati” tushunchasi siyosiy fanlarning faol qo‘llaniladigan, ayni vaqtda nisbatan aniq ta’riflangan tushunchalari qatoriga kiradi. Ko’pchilik tadqiqotchilar jahon siyosatini mavhum (abstrakt) tushuncha deb hisoblashadi, ya’ni bu, siyosatshunosning XMda shartli ravishda siyosiy tomonni va siyosiy o‘lchovni ajratuvchi qarashidir. Ushbu tushunchaga rus siyosatshunoslari A.E.Bovin va B.P.Lunin tomonidan aniqlik kiritilgan. Ularning fikriga ko‘ra, “Jahon siyosati – bu xalqaro maydondagi davlatlarning o‘zaro ta’siri va faoliyatidir; Xalqaro munosabatlar - davlatlar o‘rtasidagi real aloqalar tizimi bo‘lib, jahon siyosatidagi hudud, o‘ziga xos muhit va ular harakatlari samarasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Jahon aloqalari subekti, ishtirokshisi sifatida davlatlardan tashqari, turli xil harakatlar, tashkilotlar, partiyalar maydonga chiqadi. Jahon siyosati xalqaro munosabatlarni shakllantiruvchi faol omil hisoblanadi. Xalqaro munosabatlar jahon siyosati ta’siri ostida doimiy o‘zgarishda bo’ladi. Va o‘z navbatida uning mazmuni va xarakteriga ta’sir o’tkazadi. Bunday pozitsiya jahon maydonida sodir bo‘layotgan voqealarni tushunishni osonlashtiradi va uni jahon siyosati tahlili asosi sifatida qabul qilish mumkin. Ammo, xalqaro siyosat sohasidan farqli ravishda, jahon siyosatida davlatni xalqaro aloqalarning bosh ishtirokchisi sifatida inkor etmaydigan va xalqaro muhitni shakllantirishda muhim rol o‘ynovchi noan’anaviy faktlarga ko‘proq e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, tashqi va xalqaro siyosat o‘rtasida farq mavjud. U yoki bu davlatning tashqi siyosati deganda – tashqi ishlar vazirligi (yoki unga muvofiq tashqi siyosiy idoralar) tomonidan uning nisbatan keng tuzilmalar doirasida milliy manfaatlar aks ettirilgan holda ishlab chiqilgan davlat xalqaro siyosatining asosiy prinsiplarini amalda oshirilishi nazarda tutiladi.
XMning nodavlat ishtirokchilariga kelsak (masalan, ko‘p millatli koorporatsiyalar, xalqaro mafiya guruhlari, konfessional jamiyatlar va b.), ularning ko‘pchiligi uchun xalqaro siyosat “tashqi siyosat” hisoblanmaydi.
Xalqaro siyosat bir vaqtning o‘zida :
Transmilliy - u yoki bu davlatdan tashqarida, ammo ba‘zida unga xilof ravishda amalga oshiriladi.
Davlatlashtirilgan - uning subektlari davlatga tegishli yetakchilar guruhidan iborat bo‘lib, davlatga oidlik formal xarakterga ega.
Albatta, davlatning tashqi va xalqaro siyosati uning ichki siyosati bilan uzviy aloqada bo‘ladi, bu holat yagona asos va yakuniy maqsad, yagona zaxira bazasi va yagona subekt kabi omillarga bo‘g‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga, transmilliy siyosat va davlatlashtirilgan siyosat borgan sari ko‘proq davlatlararo munosabatlarda qo‘llanmoqda.
Ayni paytda tashqi siyosat faqatgina tashqi ishlar vazirligi vakolatiga tegishli bo‘lib qolmayapti.
Siyosiy hokimiyat va uning tuzilishi Siyosiy hokimiyat hokimiyatning asosiy shakli sanalib, ilmiy adabiyotlarga unga nisbatan quyidagi ta’riflami uchratish mumkin: Siyosiy hokimiyat u yoki bu vosita: obro‘, huquq, zo‘rlik yordamida o‘z irodasini amalga oshirish, jamiyat xulq-atvoriga belgilovchi ta’sir ko‘rsatishning usul va imkoniyatlaridir. Siyosiy hokimiyat bu - uni egallab turgan, butun jamiyat (davlat)ga rahbarlik qilib boshqarayotganlarning davlat ixtiyoridagi vositalar yordamida xalq ommasining xatti-harakatiga belgilovchi ta’sir o'tkazish, odamlaming ko‘pchiligini qo‘yilgan maqsad va dasturlami nmulga oshirishga safarbar etish, barqarorlik va ijtimoiy kelishuv maqsadiga alohida guruhlar munosabatlarini tartibga solish qobiliyati va imkoniyatidir.
Siyosiy hokimiyatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: birinchidan, hukmronlik munosabatlarining subyekti va obyektining mavjudligi; ikkinchidan, hokimiyatni amalga oshiruvchining faoliyati; uchinchidan, bo‘ysundirishning amalga oshiruvchi mexanizmi; to‘rtinchidan, hokimiyat subyekti salohiyatlarini mustahkamlab qo‘yadigan normalar. Ta’kidlash joizki, siyosiy hokimiyat hokimiyatning boshqa turlaridan quyidagi asosiy xususiyatlari bilan farq qiladi.
1 . Suverenitet - hokimiyatning mustaqilligi va bo‘linmasligidir. Masalan, mamlakatda koalitsion hukumat va ko‘p partiyali parlament bo‘lgan taqdirda ham siyosiy hokimiyat turli siyosiy kuchlaming kelishilgan siyosati orqali amalga oshiriladi.
2. Iroda - muayyan siyosiy maqsad va dastuming mavjudligi va uni amalga oshirishga qaratilgan tayyorgarlik.
3.Avtoritet - siyosiy hokimiyat subyektining ijtimoiy hayotning barcha jabhalaridagi ta’sirining mamlakat va uning tashqarisidagi umum e’tirofi.
4. Majburlash - o‘z irodasini jismoniy kuch ishlatib bo‘lsada amalga oshirish. (Bu xususiyatni diktatura bilan aynanlashtirmaslik kerak.).
Siyosiy hokimiyat tuzilishi (strukturasi) - bu uning ularsiz mavjud bo‘la olmaydigan tarkibiy qismlaridir. Siyosiy hokimitning tarkibiga subyekt, obyekt va resurslar kiradi. Ular hokimiyatning bevosita tashuvchisidir. Hokimiyat faqat hokimiyat subyekti va obyekti o‘zaro xatti-harakati natijasidagina amalga oshadi. Subyekt o‘z irodasini obyektga nisbatan amalga oshirolmay qolishini sanksiyalar berish xavfiga duchor bo‘ladigan buyruqlar, topshiriqlar, farmoyishlar berish vositasida ifodalaydi. Subyekt - hokimiyatning faol, yo‘naltiruvchi qismidir.
U alohida inson, ijtimoiy guruh, kishilaming birligi, misol uchun xalq yoki jahon hamjamiyati, davlat institutlari, siyosiy partiyalar bo‘lishi mumkin. Biroq har qanday inson hokimiyatning subyekti bo‘lavermaydi. U hokimiyat subyekti bo‘lishi uchun qator sifatlarga ega boiishi kerak. Avvalambor, bu hokimlikka xohish-istak, ko‘rsatmalar yoki buyruqlarda ko‘rinadigan hokimlik qilish irodasidir. Ko‘pchilik kishilar hokimiyatga egalik qilishdan qoniqish his etmaydilar. Ular uchun hokimiyat o‘z-o‘zidan boylik hisoblanmaydi. Ko‘plar, agar hokimiyat turli imtiyozlami olish uchun imkoniyatlar ochib bermaganda, umuman, rahbarlik lavozimlaridan va ular bilan bog‘liq bo‘lgan mas’uliyatdan o‘zlarini olib qochgan bo‘lardilar. Ular uchun hokimiyatga intilish instrumental xarakterga ega, ya’ni boshqa bir maqsadga erishish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Hokimiyat subyektlari murakkab, ko‘p qirrali xarakterga egadir. Uning boshlang‘ich aktorlari - individlar va ijtimoiy guruhlar, ikkinchilari - siyosiy tashkilotlar, eng yuqori darajadagi subyektlari esa siyosiy elitalar va liderlardir. Ushbu darajalar o‘rtasidagi aloqalar doimo bir tekisda va silliq ketavermaydi. Bu aloqalar buzilishi ham mumkin. Masalan, liderlaming ommadan, hatto o‘z partiyasidan uzilib qolish hollari ham goh-goh uchrab turadi. Obyekt - hokimiyatning ikkinchi muhim elementidir. U hokimiyat subyekti qarorlarining bevosita boshqaruvchisidir. Obyekt ham, xuddi subyekt kabi hokimiyatning ajralmas tarkibiy qismidir. Bu elementsiz hokimiyatni tasavvur etib bo‘lmaydi. Hokimiyatning obyektini individ, ijtimoiy guruh, sinf, jamiyat tashkil etadi. Hokimiyat obyektning siyosiy hokimiyat subyektiga bo‘ysunish omillari:
- qo‘rquv; - odat (bo‘ysunishga odatlanib qolganligi);
- manfaat;
- avtoritet va boshq.
Siyosiy hokimiyat resurslari bevosita hokimiyatning mustahkamlik asoslarini belgilab beradi. Hokimiyat resurslari keng ma’noda “individ yoki guruhning boshqalarga ta’sir qilish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan hamma narsadir”
Hokimiyat resurslarining bir necha tasniflari shakllangan. Amerikalik sotsiolog A.Etsioni (1929-h.) resurslarni utilitar, majbur qiluvchi va me’yoriy (normativ) turlarga bo‘lgan. Hokimiyat resurslari xilma-xildir. Ular ilmiy adabiyotlarda bir necha turlarga, avvalambor, utilitar, majburlovchi va me’yoriy resurslarga bo‘linadi. Utilitar resurslar - bu kishilaming kundalik ehtiyojlari va talablarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy va boshqa ijtimoiy vositalardir. Bu vositalardan kishilami rag‘batlantirish uchun ham, jazolash uchun ham foydalaniladi. Majburlovchi resurslar - bu ma’muriy jazolash bilan bog‘liq bo‘lgan vositalardir.
Bu vositalardan, odatda, utilitar resurs ish bermay qolganda foydalaniladi. Me’yoriy resurslarga insonning ichki dunyosi, qadriyatlar va xulqatvoriga ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar kiradi. Ular bo‘ysunuvchilarga rahbar va ijro etuvchilaming manfaatlarini tushuntirishga, hokimiyat subyekti harakatlarining ma’qullanishini, uning talablari qabul qilinishini ta’minlashga chaqirilgandir. Ilmiy adabiyotlarda hokimiyatning resurslarini inson va jamiyat faoliyatining muhim sohalari - siyosiy-huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-axborot, kuch ishlatuvchi sohalarga binoan turkumlashtirish ham keng tarqalgan.
Siyosiy-huquqiy resurslar - bu ijtimoiy tartibni, xavfsizlikni, barqarorlikni, fuqarolaming tinch-osoyishtaligini, jamiyatning yaxlitligi va bir butunligini ta’minlovchi vositalardir. Bu vositalarga dasturiy hujjatlar, Konstitutsiya, qonunlar va ulami ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar kiradi. Iqtisodiy resurslarga ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarish va iste’mol qilish uchun zamr bo‘lgan moddiy boyliklar, ulaming umumiy ekvivalenti sifatida pullar, texnika, unumdor yerlar, yer osti qazilma boyliklari va hokazolar kiradi.
Amerikalik siyosatshunos olim N.Spaykmen e’tiroficha, davlatlar tashqi siyosatning asosiy maqsadi: hudud yaxlitligi va uning ustidan nazoratdir. Jahon xalqaro anarxiyasida tashqi siyosatning asosiy maqsadi birinchi navbatda davlatning jahon hamjamiyatidagi o‘mini yaxshilash, juda boimaganda uning mavjud qudratini saqlab qolishdan iboratdir.
Davlatning kuch-qudrati esa tugal manoda muvaffaqiyatli urush olib borish qobiliyati sanaladi. Shunday ekan harbiy va siyosiy muammolaming kaliti davlatning geografik hududidadir. Davlatning hududi bu - urush vaqtida davlatning harakat bazasi va strategik pozitsiyasi hisoblanadi. Shu sababli davlat tashqi siyosatining eng fundamental omili bu-geografik hududdir, chunki bu eng doimiy va o‘zgarmas omildir.
Tashqi siyosat, rus tadqiqotchisi K.S.Gadjiyev qarashiga ko‘ra, vosita sanaladi. Ya’ni davlatlar o‘rtasidagi urushlar, agressiya va turli xil konfliktlarni oldini olishning asosiy vos/talaridan biri suveren davlatlar tashqi siyosati hisoblanadi. U har bir davlatning boshqa davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum prinsiplar, mexanizmlar asosida tartibga soladi. Tashqi siyosatning asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti, xavfsizligi hamda davlat va uning fuqarolari huquqi va manfaatlarini chet ellarda himoya qilishini ta’minlovchi muhitni barpo etishdir.
Bunday muhitni vujudga keltirish uchun har bir davlat qo‘shni va uzoqdagi davlatlar bilan aloqa o‘matadi. Xalqaro - davlatlararo munosabatlami amalga oshirishda tashqi siyosat o‘zining asosiy vositasi bo‘lmish diplomatiyaga tayanadi".
Do'stlaringiz bilan baham: |