4. Xususiy kapital. Bank riskini bartaraf etish bo‘yicha yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan
chora – tadbirlar va usullar samara bermasa, bank kapitali so‘nggi «umid istehkomi»
bo‘lib hizmat qiladi. Chunki bank o‘z faoliyati bo‘yicha olgan zarari hatto aksionerlik
kapitalini ham yemirsa, bank o‘z eshiklarini yopishga va o‘zini bankrot deb tan olishga
majbur bo‘ladi. Shuning uchun risk darajasi (u qaysi manbadan hosil bo‘lishidan qat’iy
nazar) qanchalik yuqori bo‘lsa, kapital miqdori shunchalik katta bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |