2. Nolikvidlik riski. Bank amaliyotida ahamiyatli bo‘lgan nolikvidlik riski ham
mavjud. Nolikvidlik riski – omonatchilarga mablag‘larini qaytarish yoki ishonchli
mijozlarga kredit berish uchun zarur bo‘lgan miqdordagi likvid mablag‘larning yetarli
bo‘lmasligi xavfidir. Bank o‘z vaqtida yetarli likvid mablag‘larini topa olmasa
mijozlarini yo‘qotadi, bank egalari esa daromaddan maxrum bo‘ladi. Naqd mablag‘lar
defitsiti doimiy ko‘rinish olsa, bank omonatlarining ommaviy tarzda olinishiga olib
kelishi mumkin. Bankning naqd mablag‘lar bilan ta’minlanishidagi uzilishlar, bank
jiddiy qiyinchiliklarga duch kelganligini bildiruvchi birinchi signaldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |