Mavzu: jahon mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoati


Mustaqillik yillarida mashinasozlikning yangi tarmoqlarini



Download 1,84 Mb.
bet11/12
Sana11.06.2022
Hajmi1,84 Mb.
#655571
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
abdullayeva guljaxon

3.3. Mustaqillik yillarida mashinasozlikning yangi tarmoqlarini
shakllantirish.
Ayni paytda Respublikada iqtisodiyoti uchun yangi bo‘lgan avtomobilsozlik, radio, elektronika kabi sanoat tarmoqlari barpo etilmoqda.
Mashina majmuasida asosiy mahsulot turlarini ishlab chiqarish.

3-jаdvаl




1990

1992

1993

Elektr dvigаtellаri (аylаnish о‘qi bаlаndligi 63/450 mm, о‘zgаruvchаn tokа mо‘ljаllаngаn), ming donа

142,8




120,4




98,6




Kuchli tok trаnsformаtorlаri, ming kvа

8606

4621

2590

Zirxli kаbel, ming km

18,3

17,9

19,1

Shlаngli vа teshа kаbel, ming km

11,2

9,0

11,2

Nаzorаt kАbeli, ming km

16,9

16,6

18,7

О‘rnаtmа о‘tkаzgichlаr, ming qm

66,9

73,0

60,9

Shlаngi о‘tkаzgich, ming km

23,4

17,1

17,2

Аvtomobil tirkаmаlаri, donа

1636

268

261

Trаktorlаr (jismoniy birlikdа) ming donа

23,3


19,3


11,5


Trаktor tirkаmаlаri, ming donа

36.0

23.1

24.1

Trаktor kultivаtorlаri, ming d.

14.8

10.1

6.2

Pаxtа terish mаshinаlаri, ming d.

5.3

2.4

2.2

Kompressorlаr, donа

11143

8123

3981

Trаktor chigit seyalkаlаri, ming d.

-

-

-

Pаxtа tozаlаsh mаshinаlаri, donа

-

-

-

Kusаk terish mаshinаlаri, donа

-

-

-

Ekskаvаtorlаr, donа

900

834

472

Kuprikli elektr krаnlаri (mаxsus










krаnlаr bilаn birgа), donа

1412

506

412

Liftlаr, donа

7012

4388

2078



Avtomobilsozlik. O‘zbekistonda mashinasozlik sanoatining muhim tarmog‘i hisoblangan avtomobilsozlik-avtomobillar, avtomobil dvigatellari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, turli jihozlar va b. asboblar ishlab chiqarish. Respublikada mutsaqillikka erishganidan keyin boshladi. 1990 yillarga qadar Respublikada avtomobilsozlik sanoati yo‘q edi. O‘zbekistonda bir necha avtomobil tuzatish zavodlari (Toshkent avtotuzatish zavodi 1939 yilda ishga tushirilgan), yengil mashinalarga xizmat ko‘rsatadigan “O‘zavtotexxizmat”, “O‘zavtovazxizmat” ishlab chiqarish birlashmalari korxonalar, tashkilotlar va aholining avtomobillarga texnika xizmati ko‘rsatib kelgan.
1994 yil martda “O‘zavtomash” uyushmasi tashkil etildi (uyushma tarkibida 18 korxona tashkilotlar bor). Avtomobilsozlik sanoati sohasida ishlab turgan va yangi qurilayotgan zavodlar negizida avtomobil industriyasini barpo etish, yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, trolleybuslar hamda ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarish servis xizmatini yo‘lga qo‘yish, Respublika xalk xo‘jaligining avtotransport texnikasiga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish, avtomobil sanoatining raqobatdosh mahsulotlari bilan jahon bozoriga chiqish vazifalari hal etilmoqda.

9-rasm: UzAvtomotors OOO AJ ko’rxonasi
Avtomobil sanoatini barpo etishda, asosan Respublikadagi konsernlar, koorporasiyalar, MDH korxona, tashkilotlari, chet el firmalari sarmoyalarini jalb etish bilan aksionerlik jamiyatlari tashkil etish yo‘li tanlangan. Ishga tushiriladigan korxonalarda siklini shakllantirish dastlab avtomobillar agregatlarni yig‘ishda ularni shu korxonalarda tayyorlash va yig‘ish sikliga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tish yo‘li bilan olib boriladi. Avtomobil dvigatellari (motorsozlik), podshipniklar ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilmoqda.
1992 yil O‘zR Janubiy Koreyaning DEU koorporasiyasi bilan Asaka paxta tashiydigan tirkamalar zavodi negizida yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan “O‘zDEU avto”, 1993 y. GFRdagi “Mersedes-Bens AG” koorporasiyasi bilan sobiq harbiy aviasiya ishlab chiqarish birlashmasi negizida yuk avtomobillari ishlab chiqaradigan “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” (Drujba) qo‘shma korxonalari barpo etildi.
Respublika avtomobil sanoatini butlovchi va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash uchun 1993- yil “Avtoehtiyotqism” ilmiy birlashmasi (Toshkent viloyati Pskent shahrida “Janubiy avtopoligon”-O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar va motosikllarni sinash va sertifikatsiya markazi: Toshkent sh. Yaqinidagi Binokor posyolkasida qurilayotgan avtomobil ehtiyot qismlari z-di) ish boshladi. Respublikadagi podshipnik zavodlarida (Toshkent, Shovot, Marhamat va Oxunboboyev shaharlari) avtomobil sanoati va korxonalar mashinasozligi uchun turli podshipniklar, sanoat robotlari ishlab chiqariladi.

10-rasm: UzAvtoMotors AJ korxonasi mahalliy avtomobillari
Samarqand “Krasniy dvigatel” ishlab chiqarish birlashmasi (1942 y. Novorossiysk sh.dan evakuasiya qilingan shu nomdagi zavod negizida ishga tushirilgan) avtomobil dvigatellariga ehtiyot qismlar, alyuminiy mahsulotlari ishlab chiqaradi. Samarqandda qurilayotgan (1994) “O‘zavtovazagregat” i.ch. birlashmasi korxonalarida yaqin istiqbolda “LIAZ” i.ch. ishlab chiqarish birlashmasi (Rossiya) bilan hamkorlikda yiliga 1000 dona avtobus yig‘ish va 500 dona trolleybus i.ch. yo‘lga qo‘yiladi. Asaka avtomobil zavodida mikroavtobuslarni seriyali ishlab chiqarish 1996 yil martdan boshlandi. 1996- yil 19 iyulda zavodning rasmiy ochilishi va xalqaro taqdimoti o‘tkazildi. 2000 -yil bu zavod to‘la loyiha quvvatida ishga tushadi va yilida 200 ming dona turli model va markadagi avtomashina ishlab chiqarish 1994- yil nemis sheriklar yetkazib bergan qismlardan Drujba avtomobil zavodida dastlabki 350 “Mersedes-Benz” shatakchi yuk avtomobillari ishlab chiqarildi. Samarqand shahrida Turkiya davlati bilan tuzilgan qo‘shma korxona “O‘zkuch Avto” da avtobuslar ishlab chiqarilmoqda.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, mashinasozlik xalq xo`jaligining barcha tarmoqlari uchun jixozlar ishlab chiqaradigan o`zaro bog`langan sanoat korxonalarining murakkab tizimidan iborat. Shuning uchun har bir tarmoqni joylashtirish o`ziga xos shart-sharoitlar bo`lishini taqozo qiladi.
Mashinasozlik sanoatini joylashtirishda juda ko`p omillar va sharoitlar hisobga olinadi. Ular quyidagilardan iborat:
Birinchi navbatda mashinasozlik zavodlarining ixtisoslashuvi va hamkorlashuvi (kooperativlashuvi), chunki ixtisoslashuv ularni joylashtirishga va maxsulot chiqaradigan rayonlarga katta ta`sir ko`rsatadi.
Hozirgi paytda zamonaviy mashinalar ishlab chiqarish uchun juda ko`p miqdorda metall, plastmassa, bo`yoqlar, rezina, gazlama, yog`och-taxta kerak bo`ladi. Bitta mashinani tayyorlash uchun bir necha ming qismlar (detallar) kerak bo`ladi. Masalan, bitta samolyot 120 ming detalldan iborat. Bu qismlarning hammasini bitta korxonada ishlab chiqarish iqtisodiy jixatdan noqulaydir. Shuning uchun mashinasozlikda ixtisoslashishga katta e`tibor beriladi.
Demak mashinasozlik korxonalarini joylashtirishda iste`molchilar ham hisobga olinishi kerak.
Mashinasozlikning turli tarmoqlari turli miqdorda metall sarflaydi. Ba`zilari juda ko`p metall talab qiladi. Bir dona mashina ishlab chiqarish uchun ko`p miqdorda metall kerak bo`lsa, bunday mashinasozlikni ko`p metall (material) talab qiluvchi mashinasozlik deb ataladi. Bunday korxonalarni joylashtirishda metallurgiya bazasi ham hisobga olinadi. Ushbu tarmoqlarga shaxta va metallurgiya asbob uskunalari ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi.
Demak, ayrim mashinasozlik korxonalarini joylashtirishda metallurgiya bazasi ham hisobga olinishi zarur. Mashinasozlikning ayrim tarmoqlarini joylashtirish uchun yuqoridagi omillarni bittasi kifoya qilsa, ayrimlarini joylashtirish uchun esa, bir necha omilni hisobga olishga to`gri keladi. Masalan, traktorsozlik metallurgiya bazasiga ham, iste`molchiga ham yaqin bo`lishi kerak.
Shunday qilib, mashinasozlik korxonalarini joylashtirishda transport sharoitlari, malakali ishchilar, iste`molchilar va yirik metallurgiya korxonalarining mavjudligi hisobga olinadi.
Mashinasozlik quyidagi tarmoqlarga bo`linadi: energetika, transport, qishloq xo`jaligi, stanoksozlik, sanoatning turli tarmoqlari uchun jixozlar ishlab chiqarish, binokorlik va yo`l mashinalari, priborlar ishlab chiqarish va h.k.
Energetika mashinasozligi bug` qozonlari, bug` turbinalari, gidroturbinalar, ichki yonish dvigatellari, generatorlar, elektromotorlar, transformatorlar, yuqori voltli apparatlar, kabel va xokazolar ishlab chiqaradi.
Transport mashinasozligiga lokomotivsozlik (teplovoz va elektrovozlar ishlab chiqarish), vagonsozlik, kemasozlik, avtomobilsozlik va aviasozlik kiradi.
Qishloq xo`jaligi mashinasozligi traktorsozlikni, kombaynlar, yerga ishlov beruvchi, qishloq xo`jalik ekinlarini ekadigan mashinalar ishlab chiqarishni o`z ichiga oladi.
Stanoksozlik tarmog`ida turli xil stanoklar ishlab chiqariladi.
Bulardan tashqari, ushbu sanoatga to`qimachilik mashinasozligi, kimyo sanoati mashinasozligi, binokorlik, irrigatsiya mashinasozligi, kundalik turmushda ishlatiladigan mashinalar ishlab chiqarish va boshqalar kiradi (soat, televizor va h.k.).
O‘zbekistonda mashinasozlik sanoatining dastlabki korxonalari 20-asr boshlarida vujudga keldi. 20-asr boshida O‘zbekiston metalga ishlov berish sanoati asosan 14 ta kichik remont ustaxonalaridan iborat edi. Ularda asosan t.y., paxta tozalash va yog‘ zavodlarining ta’mirlash ishlari bajarilardi.
Ayni paytda Respublikada iqtisodiyoti uchun yangi bo‘lgan avtomobilsozlik, radio, elektronika kabi sanoat tarmoqlari barpo etilmoqda.



Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish