Xulosa.
Foydalangan adabiyotlar.
KIRISH
Mashinasozlik hozirgi kunimizdan II - asr ilgari Angliyada sanoat inqilobi vaqtida sanoat tarmog`i sifatida vujudga kelgan.Hozirgi vaqtda esa mashinasozlikda band ishchilar va xizmatchilar soni 80 mln.dan ortiq. Mashinasozlik hozirda mahsulot qimmati jihatidan jahon sanoat tarmoqlari orasida 1-o`rinda turadi.
Qora va rangdor metallurgiya mashinasozlik uchun asosiy xom-ashyo bo`lib, ulardan mashinalar va ularning detallari ishlanadi.
Mamlakatda qanday mashinalar borligiga, ularning soniga va qancha tez ishlab chiqarishga qarab mazkur mamlakatning iqtisodiy qudrati va taraqqiyot darajasi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Mashinasozlik sanoati -xalq xoʻjaligi uchun mehnat qurollari, shuningdek, isteʼmol buyumlari va mudofaa ahamiyatiga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi ogʻir sanoat sohalari majmui. Mashinasozlik sanoati butun xalqxoʻjaligini texnika bilan taʼminlashda moddiy asos hisoblanadi, ijtimoiy mehnat unumdorligi, texnika progressi, xalqning moddiy farovonligi va mamlakatning mudofaa quvvati Mashinasozlik sanoatining taraqqiyot darajasiga bogʻliq. Mashinasozlik sanoatining asosiy vazifasi xalq xoʻjaligining hamma sohalarini yuqori unum bilan ishlaydigan mashina va asbob-uskunalar bilan taʼminlashdir. Bu soha oʻz navbatida, mashinasozlik va metallga ishlov berish, metall buyumlar, metall konstruksiyalar ishlab chiqarish hamda mashina va asbob-uskunalarni tuzatish tarmoqlarining tarkibiy qismini tashkil etadi. Mashinasozlik sanoatiga energetika mashinasozligi, elektrotexnika, stanoksozlik va as-bobsozlik, traktorsozlik va q. h. mashinasozligi kabi yirik tarmoqlar kiradi.
Mashinasozlik sanoati sanoat sifatida 18-asrda vujudga keldi, dastlab 19-asrda Buyuk Britaniyada, Gʻarbiy Yevropaning baʼzi mamlakatlarida, keyinchalik AQShda tez rivojlana boshladi. Rossiyada 1mashinasozlik zavodi 18-asrda qurilgan.
Oʻzbekistonda Mashinasozlik sanoatining dastlabki korxonalari 20-asr boshlarida vujudga kelgan. Bu davrda metallga ishlov berish sanoati, asosan, 14 ta kichik tuzatish ustaxonalaridan iborat edi. Ularda, asosan, temir yoʻl, paxta tozalash va yogʻ zavodlarini taʼmirlash ishlari bajarilardi. Yalpi sanoat mahsuloti umumiy hajmida ogʻir sanoat va metallga ishlov berish tarmogʻining hissasi 1,3% ni tashkil etgan. 1920-yillardan qishloq xoʻjaligi, sanoat va transportning rivojlantirish zaruriyatidan mavjud taʼmirlash korxonalari kengaytirildi, yangilari kurila boshladi. 1927-yil noyabr da Toshkentda "Boshpaxtasanoat"ning mexanika zavodi ishga tushirildi. 1931-yil da bu zavod negizida taxta tozalash zavodlari uchun asbobuskunalar ishlab chiqarish va q.h. texnikasi taʼmiri bilan shugʻullanadigan "Qishloqmash" (hozirgi "Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodi" ak-siyadorlik jamiyati) tashkil etildi. Zavodda chigit seyalkalari, borona va kultivatorlar tayyorlash yoʻlga qoʻ-yildi.
1941—45 yillardagi oʻrush davrida res-publikada 16 mashinasozlik zavodi ishga tushirildi. Sanoatning tarmoq tarkibi oʻzgardi. Urush davrida ishga tushirilgan mashinasozlik korxonalari front ehtiyojlari uchun qurolyarogʻ, oʻqdori va boshqa mahsulotlar ishlab chiqardi. 1945-yildan keyin paxtachilik va irrigatsiya qurilishi mashinalari ishlab chiqarish tiklandi, toʻqimachilik, kimyo va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari uchun yangi jihozlar ishlab chiqarish boshlandi. Paxta terish mashinalari, ekskavatorlar, koʻprik elektr kranlari, yigirish mashinalari ishlab chiqarish oʻzlashtirildi, korxonalarning ixtisoslashuvi va koopera-siyasi rivojlandi.
Respublikada Mashinasozlik sanoati 15 tarmoqqa mansub 100 dan ortiq yirik korxonalardan iborat. Ularning orasida traktorsozlik va q. h. mashinasozligi, toʻqimachilik mashinasozligi, paxta tozalash mashinasozligi, elektrotexnika sano-atining salmogʻi katta. Ayni paytda respublika iqtisodiyoti uchun yangi boʻlgan avtomobilsozlik, radioelektronika kabi sanoat tarmoqlari barpo etilmoqda.
Avtomobilsozlik. Avtomobillar, avtomobil dvigatellari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, turli ji-hozlar va boshqa asboblar ishlab chiqarish Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin shakllana boshladi. 1990-yillarga qadar respublikada avtomobilsozlik sanoati yoʻq edi. Oʻzbekistondagi bir necha avtomobil tuzatish zavodlari (Toshkent avtotuzatish zavodi 1939-yilda ishga tushirilgan), yengil mashinalarga xizmat koʻrsatadigan "Oʻzavtotexxizmat", "OʻzavtoVAZxizmat" ishlab chiqarish birlashmalari korxonalar, tashkilotlar va aholining avtomobillariga texnika xizmati koʻrsatib kelgan. Avtomobilsozlik sanoati sohasida ishlab turgan va yangi qurilayotgan zavodlar negizida avtomobil in-dustriyasini barpo etish, yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, trolley-buslar hamda ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, servis xizmatini yoʻlga qoʻyish, respublika xalq xoʻjaligining avtotransport texnikasiga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, avtomobil sanoatining raqobatbardosh mahsulotlar bilan jahon bozoriga chiqish vazifalari hal etilmoqda (qarang Avtomobil sanoati).
Do'stlaringiz bilan baham: |