1. Hindistonning joylashgan geografik o’rni, maydon va chegaralari. Hindiston (hindcha Bharat), Hindiston Respublikasi - Janubiy Osiyodagi davlat. Maydoni 3 287 882 kv. km.ni tashkil etadi. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv orollari, Bengaliya qo’ltig’idagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi. Hududi shimoldan janubga 3214 km, g’arbdan sharqqa 2933 km. ga cho’zilgan. Hindiston shimolda Himolay tog’lari (Xitoy, Nepal,Butan), g’arbda (Pokiston) Arabiston dengizi, sharqda (Bangladesh, Birma) Bengaliya qo’ltig’i bilan, janubda Hind okean hududidagi Polyak bo’g’ozi orqali Shri-Lanka Respublikasi bilan chegaradosh.
Hindiston ma’muriy jihatdan 29 shtat, 6 ittifoq hudud va 1ta Milliy markaziy okrugiga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |