Mavzu: jahon mamlakatlarining regional tahlili. Reja


Mavzu: KOREYA RESPUBLIKASI



Download 338,51 Kb.
bet49/59
Sana26.05.2022
Hajmi338,51 Kb.
#608935
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59
Bog'liq
Mavzu jahon mamlakatlarining regional tahlili. Reja

Mavzu: KOREYA RESPUBLIKASI
Reja:
1. Koreya respublikasning geografik o’rni. Tabiiy sharoiti va resurslari.
2. Aholisi, uning tarkibi va mehnat resurslari.
3. Xo’jaligiga umumiy ta’rif: sanoati va qishloq xo’jaligi,
4. Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari.
Tayanch so`z va iboralar: geografik o`rin, davlatchilik, davlat boshqaruvi, aholi tarkibi, xo`jaligi, sanoat, qishloq xo`jaligi, transport, iqtisodiy aloqlari.
Poytaxti: Seul. Maydoni: 98,5 ming km2. Aholisi: 49 mln. kishi (2007), 51 mln (2017). Rasmiy tili: koreys tili. Aholisining diniy tarkibi: xristianlar - 49%, buddaviylar - 47%. Davlat tuzumi: respublika. Pul birligi: Koreya Respublikasi voni. Koreya Respublikasi — Sharqiy Osiyodagi davlat. Koryea yarimorolining janubiy qismini egallagan. Davlat boshlig‘i — prezident. Mamlakat aholisining ko‘p qismini - koreyaliklar (99%), tashkil etadi. Ma'muriy jihatdan 9 viloyat va 6 maxsus shahardan iborat. Davlat tuzumi - Rеspublika. Davlat boshligi - Prеzidеnt (har 6 yildan saylanadi). Hukumat boshligi - bosh vazir. Qonun chiqaruvchi organi- bir palatali parlamеnt. Provinsiyalarni gubеrnator boshqaradi. Dini: buddistlar 48%, konfutsianlar 20%, protеstantlar 17%, katoliklar 5%, xristianlar 10%. Davlat tili - korеys va ingliz tillari.
Etnik tarkibi: 99% korеyaliklar, 20 mingga yaqin xitoyliklar va boshqa millat vakillar yashaydi. Aholi zichligi 1 kv.km.yеrga 467 kishidan to`g`ri kеladi. Shahar aholisi mamlakat aholisining 75% ini tashkil etadi. Tug`ilish har ming kishiga 16,1, o`lim darajasi esa 5,6 kishidan to`g`ri kеlib tabiiy o`sish 1,01% ga tеng. O`rtacha umr ko`rish erkaklarda 67 еsh, ayollarda 73 еshga tеng. Savodxonlik darajasi 98%. Aholining 14 yoshgacha bo`lgan qismi 22%, 15 yoshdan 64 yoshgacha bo`lganlar 71%, undan kattalar 7% ni tashkil etadi. Korеya Rеspublikasi - BMT, XVF ga a'zo.
Tarixida miloddan avvalgi V asrda dastlabki Korеya davlati – Choson shakllangan. Uzoq yillar davomida Xitoy hukmronligi ostida qolgan, 935 yilga kеlib yagona Korеya davlati tashkil topdi. 1231 - 1598 yillarda yaponlar hukmronligi ostida o`tdi. 1637 yilda Man'jurlarga qaram bo`lgan. 1904 - 1905 yillarda mamlakatni yaponlar bosib oladi. 1945 yil 15 avgustda Yaponiyadan ozod bo`ldi. Milliy bayrami-Xam - Munun. Korеya - tarixiy yodgorliklarga boy mamlakat.
Tabiati. Sariq dengiz uchun to'lqinlaming baland ko‘tarilishi va pastlashishi odatiy holdir. G‘arbiy va janubiy qirg‘oqlaming qirg‘oq chiziqlari juda notekis. Bu yerda ko‘plab orollar bor. Bulaming ikkitasi vulqonlar natijasida vujudga kelgan Chejudo va Ullindo bunga misoldir. Sharqiy qirg‘oq bo‘ylab Txebek togdari, shimoli sharqiy va janubi g‘arbiy tomonda Sobeyek tog‘lari joylashgan. Janubi g‘arbda zilzilalar bo‘Ub turadi. Pastlik va tekisliklar g‘arb va janubda ko‘proq joylashgan. Mamlakat iqlimi mussonli. Mamlakatning asosiy qismida modadil kontinental, qishda sovuq, yoz esa issiq va namli iqlim hukm suradi; janubiy qismida va Chejudo orolida subtropik iqlim hukmron. Yoz oxirlarida to‘fonlar bo'lib o'tadi. O'rmonlar mamlakat umumiy hududining 2/3 qismini egallagan: subtropik doimiy yashil bargli o'rmonlar janubiy qirg'oq bo'yida va Chejudo orolida o'sadi, tog'li joylarda esa ignabargli va aralash o'rmonlar, qolgan joylarda esa, keng bargli, bargi to'kiluvchan o'rmonlar joylashgan.
Xo‘jaligi. Koreya Respublikasi - Osiyoning rivojlangan davlatlaridan biri. Iqtisodiyotda yuqori texnologiyalar tarmog‘i, avtomobilsozlik, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo sanoati tarmoqlari ustunlik qiladi. Mamlakatda texnoparklar, yirik sanoat korxonalarini o‘z ichiga olgan industrial va ilmiy parklar yaratilgan. Elektr quwatining 62% ni IES, 37% ni AES va 1% ni GES ishlab chiqaradi. Mamlakatda sifati past antrotsit olinadi. Bundan tashqari temir mdasi, kichik hajmda volfram mdasi, rux-molibden, nikel, oltin, kumush, uran, grafit, mis qazilmalari qazib olinadi. Neft, tabiiy gaz va boshqa xomashyo ko‘plab import qilinadi. Sanoatning asosiy tarmoqlari: neftni qayta ishlash, yog‘ochsozlik, to‘qimachilik, qog‘oz, oziq-ovqat hamda qora va rangli metallurgiya. Qishloq xo‘jaligining asosiy madaniy o‘simligi - sug‘oriladigan gumch. Mamlakatda soya, bug'doy, makkajo‘xori, kartoshka, batat, mevalar, sabzavotlar, paxta yetishtiriladi. Aholi cho‘chqa va yirik shoxli mol ko‘paytirish bilan, ipakchilik, vinochilik, molluskalar, anchouslar, makrel, seld va dengiz o‘simliklari ovi bilan shug‘ullanadi. Asosiy eksport mahsulotlari: avtomobillar, po‘lat, kompyuterlar, yarim o‘tkazgichlar, televizorlar, radioapparatura, telekommunikatsion jihozlar, telefonlar, videomagnitofonlar, poyabzal, to‘qimachilik, kiyim, baliq va dengiz mahsulotlari.
Diqqatga sazovor joylari. Mamlakatni yiliga 5 mln. dank o`proq chet el sayyohi ziyorat qiladi (ko‘rilgan foyda 5277 mln. dollar). Koreya Respublikasida dengiz, tog‘-chang‘i va termal kurortlar, buddaviylik madaniyatiga oid haykallar, ibodatxonalar bor. Koreys oshxonasi butun dimyoda o‘z muxlislariga ega.



Download 338,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish