Mavzu: jahon mamlakatlarining regional tahlili. Reja


Mavzu: SHIMOLIY AMERIKA. AQSH



Download 338,51 Kb.
bet34/59
Sana26.05.2022
Hajmi338,51 Kb.
#608935
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59
Bog'liq
Mavzu jahon mamlakatlarining regional tahlili. Reja

Mavzu: SHIMOLIY AMERIKA. AQSH
Reja:
1. Shimoliy Amerika va AQSHning geografik o’rni. Tabiiy sharoiti va resurslari.
2. Aholisi, uning tarkibi va mehnat resurslari.
3. Xo’jaligiga umumiy ta’rif: sanoati va qishloq xo’jaligi,
4. Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari.
Tayanch so`z va iboralar: geografik o`rin, davlatchilik, davlat boshqaruvi, aholi tarkibi, xo`jaligi, sanoat, qishloq xo`jaligi, transport, iqtisodiy aloqlari.
Amerika - dunyoning olti qit’asidan biri. U G‘arbiy yarimsharda, Tinch okean (g‘arbda) va Atlantika okeani (sharqda) orasida joylashgan. Shimolda Shimoliy Muz va Janubda Janubiy okeanlar bilan o'ralgan. Ular orasidagi chegara tor Panama bo‘yini bo ‘ у lab o‘tadi. Amerikaga dunyodagi eng yirik Grenlandiya oroli ham tegishlidir. Amerikaning umumiy maydoni - 42,5 mln. km2.
Shimoliy Amerika tarkibida ko‘pincha Markaziy Amerika (tropik kengliklarda Tinch a Atlantika okeani orasida joylashgan; shimoliy chegara hududlari Balsas daryo vodiylari hisoblanadi. Janubiy chegara Panama janubidagi Duren bo‘уini bo‘ylab o`tadi) va Vest-Indiya (Bagam, Kuba, Trinudad, Tobago va boshqalar).
«Amerika» nomi lotaringlik xaritachi Martin Valdzemyuller tomonidan qo`llanilgan. 1507-yil uning «Kosmografiyaga kirish» kitobida bu nom ishlatilgan. Unga florensiyalik Ameriko Vespuchchi tomonidan birinchi bor G‘arbiy yarim sharlikdagi ochilgan yerlar dunyoni yangi qismi ekanligini taxmin qilgan. Martin Valdzemyuller bu yerlami o‘z kitobida Amerika nomi bilan atagan.
Shimoliy Amerika - G‘arbiy yarimshardagi qit’a - Amerikaning shimoliy qismi. Qit’a maydoni - 20,36 mln, km2. Shimoliy Amerika tarkibiga: Grenlandiya, Kanada arktik arxipelagi, Aleksandr arxipelagi, Aleut, Bermud, Sen-Per, Mikelon va boshqa orollar kiradi. Shimoliy Amerika qirg’oqlari tekis emas, egri-bugridir bularga : Grenlandiya, Kanada, Arktika arxipelagining sharqiy qismi, Janubiy Alyaska va Kanadaning Tinch okean qirg‘oqlari misol bo`ladi. Atlantik okeani 41° shimoliy kenglikning Janubiy qirg‘oqlari pastlikdir. Qit’aning o’rtacha balandligi 720 m. Uning katta qismini Shimoliy Amerika platformasi egallagan, unda turli tog1 massivlari tizmasi joylashgan (qit’aning yuqori cho‘qqisi Makki tog`lari, 6194 m), Sharqda keng tekisliklar, tepaliklar, plato va o‘rta balandlikdagi tog`lar joylashgan. Ichki hudud- larda baland tekisliklar va nisbatan kichik Markaziy tekisliklar bor: shimoli sharqda Lavren tepaligi Qit’aning sharqiy qismida - Labrador tog1 ko‘tarilishi va Appalachi tog`lari joylashgan. Janubiy-sharqiy qirg'oqlarida - Atlantika oldi va Meksika oldi tekisliklari joylashgan. Qit’aning g’arbiy qismiga vulqonli tog`lar xosdir: Aleut tog1 tizmasi, Vrangel massivi, Kaskad tog`lari va ko‘ndalang Vulqon Serra shular jumlasidandir. Bu yerda harakatdagi vulqonlar ko‘p: Vrangel, Lassen-Pin, Popokatepel va boshqa Zilzilalar bo Tib turadi. Qit’a foydali qazilmalarga boy: temir mdasi, nikel, kobalt, oltin, uran, toshko’mir, neft, tabiiy gaz, kaliy tuzlari, fosfatlar. Qit’a hududining 1/3 qismini o'rmonlar qoplagan. Markaziy qismda- ignabarglilar, sharqda - aralash, keng barglilar va doimiy yashil o'rmonlar, g‘arbiy qirg‘oqlarda - Tinch okean sekvoyali ignabargli o'rmonlar bor. Uzoq Shimolda katta yerlami tundralar egallagan. Janubda Buyuk tekisliklarda - dashtlar ichki Kordilerlami janubiy qismini dasht va yarimsahrolar egallagan.
Shimoliy Amerikaning yirik daryolari: Missisipi Missuri tarmog'i bilan; avliyo Lavrentiy, Makkenzi, Yukon, Kolumbiya, Kolorado, Rio-Grand. Qit’ani shimoliy qismida joylashgan. Ko`llari esa, Vinnipeg, Buyuk ko'llar, Katta ayiq, Atabask va boshqalar hisoblanadi.
AQSH
Maydoni: 9518,9 ming km2. Aholisi: 302 mln. kishi (2007), 324 mln. kishi (2017). Rasmiy tili: ingliz tili. Aholisining diniy tarkibi: protestantlar - 56%, katoliklar - 28%, musulmonlar - 2%, yahudiylar - 2%. Davlat tuzumi: Federativ Respublika. Pul birligi: AQSh dollari. AQSh Shimoliy Amеrikaning markaziy qismida joylashgan bo`lib, unga Alyaska yarimoroli, Atlantika va Tinch okеanidagi bir qancha mayda orollar ham kiradi. Hududining kattaligi bo`yicha dunyoda Rossiya, Kanada, Xitoydan kеyin 4-o`rinda turadi. Mamlakat shimolda Kanada, janubda Mеksika bilan chеgaradosh. Uning ikkita shtati asosiy hududdan ancha uzoqda: Alyaska Sietldan 1100 km, Gavayi orollari esa San-Fransiskodan 4 ming km.uzoqlikda joylashgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari, AQSh - Shimoliy Amerikadagi davlat. Uning tarkibiga 50 shtat va Federal Kolumbiya okrugi kiradi. Davlat boshlig‘i - prezident. AQSh mulklari - Karib dengizidagi Puerto-Riko oroli (o‘z xohishi bilan qo‘shilgan davlat maqomiga ega) va Vest-Indiya va Tinch okeanidagi bir qancha kichik orollar
va arxipelaglar kiradi. Irqiy etnik aholi qatlami: oq tanli amerikaliklar - 80,4%, qora tanli (afroamerikaliklar) - 12,8%, amerikalik hindular, aleutlar, eskimoslar- 1%, Osiyo va okeaniyadan kelganlar - 4,3%, mulatlar, metislar - 1,5%, kelib chiqishi Lotin Amerikalik bo`lgan va (turli irq) - 13,7%. Aholini qayta ro‘yxatdan o`tkazish paytlarida fuqarolar kelib chiqishlarini quyidagicha ifodalaganlar: «inglizcha» - 37, «nemis» - 43, «irlandcha» - 3 1 , «fransuzcha» - 11, «ruscha» - 2,7.
Mahalliy aholi hindular juda kam. XV asr oxirida AQSh hududida 300 dan ortiq hindu qabilalari istiqomat qilganlar. Pueblo, appachi, navaxo, kolorado, yuta, xopi, krou, chеroki, irokеzi kabi unlab hind qabilalari ancha mashhur bo`lgan.
Mamlakat hududida dastlabki mustamlaka 1565 yilda ispanlar tomonidan Floridada tashkil etilgan. 1607 yilda dastlab inglizlar Virjiniya shtatini egalladilar. XVIII asrga kеlib, bu yеrga juda ko`plab yеvropaliklar ko`chib kеla boshlaydi. 1803 yilda Napolеon AQShga Buyuk tеkisliklarni sotib yuboradi. 1819 yilda esa Florida ispanlardan, 1867 yilda esa atigi 7,2 mln. AQSh dollariga Alyaska Rossiyadan sotib olinadi. XIX asr o`rtalariga kеlib, immigrantlar juda tеzlik bilan ko`payadi. Ularning aksariyatini inglizlar va irlandlar tashkil qiladi. Kеyinchalik bu yеrga O`rta va janubiy Yevropadan, Xitoydan ham aholi ko`chib kеla boshlaydi. Aksariyat ko`chib kеluvchilar mamlakatning Atlantika okеani qirg`o`lariga joylashadi. AQShning janubiy qismlarida agrar munosabatlarning ustunligi tufayli ko`proq Afrikadan nеgrlar kеltiriladi.
1861 yilda mamlakatda fuqarolar urushi boshlanadi. Bu urushda shimolliklar g`alaba qilib qullikni bеkor qilishga erishadilar va qora tanlilarning ham saylash, saylanish huquqini bеradilar. Ammo tеz o`tmay Prеzidеnt A.Linkoln o`ldiriladi. Oqibatda nеgrlar ahvoli yana murakkablashadi. Bu holat to 1898 yilgacha davom etadi.
Buyuk Britaniyaning Shimoliy Amerika hududidagi mustamlakalarda ozodlik uchun kurash boshlangan vaqtda 1776-yil bu yerlar mustaqillikka erishdi va Amerika Qo‘shma Shtatlari davlati bo`ldi. Mamlakatni yutuqlaridan yana biri Napoleon Bonapartdan 1803- yil Fransiya mustamlaka yerlari Missisipi daryosi g‘arbidagi hududlar va XIX asr o‘rtasida Meksikaning keng joylarini qo`lga kiritdi. U yerlardagi tub aholi hindular qirib tashlandi. 1867- yil Rossiyadan 7,2 mln. dollarga Alyaskani xarid qildi. 1861-1865-yil Janub va Shimol o‘rtasidagi fuqarolar urushi natijasida qulchilik bartaraf etildi.
XIX-XX asrlarda kapitalizm rivojlanishi AQShni dunyoda rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqdi. Ikki jahon urushida ishtirok etishi mamlakatni jahon iqtisodiyotida yetakchi o‘rin egallashiga sabab bo`ldi. AQSh hududini asosiy qismi Shimoliy Amerikani subtropik va mo‘tadil mintaqalarida joylashgan, Atlantika okeandan to Tinch okeanigacha cho‘zilgan. Alyaska subarktik va arktik mintaqalarida joylashgan, uni Tinch va Shimoliy muz okeanlari yuvib turadi. AQSh hududini asosiy qismini (g‘arbda) baland tog` tizmalari, yassitog`liklar va Kordilyera platosi egallagan.
Kordilyerani sharqiy qismini balandligi 400 m bo`lgan qoyali tog`lar tizmasi tashkil qiladi, g'arbiy qismini esa - qirg'oq tizmalari tashkil qiladi. Mamlakat sharqida baland bo‘lmagan Appalachi tog`lari joylashgan. Kordilyera va Appalachi orasida - keng ichki tekisliklar o‘rin egallagan. Atlantika okeani va Meksika ko‘rfazi qirg‘oq bo'ylarida Atlantika oldi va Meksika past tekisliklari joylashgan.
Xo‘jaligi. AQSh - iqtisodiy va harbiy jihatdan qudratli davlat. Uni harbiy budjeti qolgan dunyo mamlakatlarini harbiy budjetlari yig'indisiga teng YaMD 16 trln. doll, (taxminan dunyoni 1/4) tashkil qiladi. YIM strukturasi mamlakat iqtisodiyotini postindustriyasi tasnifini ifoda etadi: qishloq va o'rmon xo'jaligi - 1,0%, tog'- kon sanoati - 1,2%, qayta ishlash sanoati va quruvchilik- 17,1%, xizmat ko'rsatish - 80,7%. Xizmat ko'rsatish sektori o'z ichiga: ta’lim, sog'liqni saqlash, fan, aloqa, transport, moliya, savdo-sotiq, davlat xizmatlarini kiritadi. Shulaming ichida sog'liqni saqlash va ijtimoiy dasturlarga YIM ni 6,8% sarflangan (dunyoda yetakchi o'nnlardan biri) NIOKR - 2,1 %. Tog'-kon sanoatida fosforitlar, oltingugurt (dunyoda 1-o‘rin), tabiiy gaz, toshko'mir, mis, mx, oltin (2-o‘rin), neft, qo'rg'oshin, uran (3-o‘rin), kaliy tuzlari, kumush qazib olinadi. Shu bilan bir qatorda ma’dan xomashyoni bir qismi import (neft masalan 65%) hisobiga qoniqtiriladi.
Mamlakatning jahon xo`jaligidagi ahamiyatini avtomobilsozlik, aviatsiya, rakеtasozlik, kosmos, elеktrotеxnika kabi sanoat tarmoqlari bеlgilab bеradi. AQSh har yili 5322 t.uran, 36,468 ming t.tеmir rudasi, 200,9 t.oltin, 860 ming t.ko`mir, 365 ming t.nеft qazib oladi. Yiliga 776 mlrd kvt/s elеktrenеrgiya ishlab chiqariladi. Mamlakat qishloq xo`jalik mahsulotlari ishlab chiqarishda ham 1-o`rinni egallaydi. AQSh hududining 46% qishloq xo`jaligiga yaroqli. Yetishtiriladigan asosiy mahsulotni fеrmеrlar bеradi. AQSh har yili 45,1 mlrd AQSh dollari miqdorida qishloq xo`jalik mahsulotlari eksport qilsa, 27 mlrd. AQSh dollari hajmida import qiladi. AQShda hozirgi kunda mavjud ishlab chiqarish sohalarining barchasi bor.
Sanoatda: ogir sanoat tarmogi yеtakchi rol o`ynaydi. Ayniqsa, mashinasozlik, elеktron hisoblash tеxnikasi, kimyo, mеtallurgiya, nеftni qayta ishlash, kеmasozlik kabi sanoat tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Mamlakatda: har yili 5,3 mln. avtomobil, 105 ming traktor, 105 ming mеtall kеsuvchi dastgohlar, 6066 ming t.alyuminiy, 97,765 ming t.po`lat, 231985 ming dеkalitr pivo, 676 mlrd. dona sigarеta ishlab chiqariladi.
Elektr-quvvat ishlab chiqarish yiliga 4,2 trln. kv.s. Shularning 72% - IES, 6% - GES ga, 21% - AES ishlab chiqaradi. Qayta ishlash sanoatida yuqori texnologik va fan taraqqiyotiga asosan tarmoqlar ajralib turadi: elektron aviatsiya va raketa-kosmos sanoati, farmatsevtika, asbob-uskunalar yasash va AQShni milliy g'ururi bo'lgan avtomobilsozlik shular jumlasidandir. Mamlakat uchun odatiy bo`lgan tarmoqlar (metallurgiya, kemasozlik, to'qimachilik, tikuvchilik, teri-poyabzal sanoatlari) va maishiy texnika asboblari ishlab chiqarilishi - o'z ahamiyatini yo'qotib bormoqda. Barqarorlikda kimyo va neftni qayta ishlash sanoatlari, turli texnologik jihozlami ishlab chiqarihshi katta ahamiyatga ega. Oziq-ovqat sanoatida yarim fabrikat, konservalar, muzlatilgan mahsulotlar, sharbatlar, vino va alkogolsiz ichimliklar hissasi o'sib boryapti.
Umuman olganda AQSh dunyo qayta ishlash sanoati mahsulotlarini 25% va ilmiy mahsulotlarini 46% ishlab chiqaradi. AQSh iqtisodiyotida postindustrial holatda ekanligiga qaramay dunyoda eng yirik qishloq xo'jaligi mollarini ishlab chiqamvchi va eksport qiluvchi davlat bo'lib qolyapti. Mamlakat dunyoda bug'doy, makkajo'xori, soya eksport bo'yicha 1-o‘rin, paxta eksport bo'yicha - 2-o‘rin, guruch eksporti bo'yicha 3-o‘rinni egallagan. Makkajo'xori, soya, uy parrandalari go'shtlarini ishlab chiqarish bo'yicha AQSh dunyoda 1-o‘rinni egallagan. Bug'doy, mol, cho'chqa go'shtlarini ishlab chiqarish bo'yicha 2-o‘rinni egallagan. Yaxshi iqlimiy sharoitlar va mamlakatni turli mintaqalarida joylashuvi katta spektordagi o'simliklar turlarini yetishtirishga imkoniyat yaratadi: donlilar, dukkakli o'simliklar, yog'lilar (moyli), paxta, tamaki, shakarqamish, kartoshka, meva, sabzavotlar, uzum, sitrus mevalar, poliz ekinlari shular jmnlasiga kiradi.
To`qimachilik va oziq-ovqat sanoati ham yaxshi taraqqiy etgan. Qishloq xo`jaligida dеhqonchilik chorvachilikka nisbatan yaxshi rivojlangan. Asosiy ekinlar bug`doy, makkajo`xori, oq jo`xori, soya va hokazo.
Donli ekinlar jami ekin maydonining 2/3 qismini tashkil etadi. AQSh dunyoda bug`doy eksport qiluvchi eng yirik davlatdir. Har yili 53,9 mln t.bug`doy, 7 mln. 6 ming t.sholi, 18970 ming t.kartoshka, 54039 ming t.soya, 24668 ming t.mеva, 28322 ming t. qandlavlagi, 7258 ming t. apеlsin, 670 ming t. limon, 753 ming t. tamaki, 3819 ming t. paxta yеtishtiradi.
AQShda 98 mln. bosh qoramol, 11,2 mln. bosh qo`y, 1,7 mln. bosh echki, 5,6 mln. bosh yilqi boqiladi. Har yili 29720 ming t. go`sht, 67373 ming t.sut, 3090 ming t. pishlok yеtishtiriladi. Parrandachilik ham yaxshi rivojlangan. Yiliga 5744 ming t. baliq ovlanadi.
AQShda transportning dеyarli barcha turlari mavjud. Tеmir yo`llar uzunligi 270312 km, avtomobil yo`llar uzunligi 6365590 ming km.ni tashkil etadi. Mamlakatda jami 820 ta aeroport bor. Tashqi yuklar asosan dеngiz portlari orqali tashiladi. Eng yirik dеngiz portlari: Nyu-york, Boston, Yangi Orlеan va hokazo. Quvur transporti ham rivojlangan.
AQSh har yili 428,1 mlrd AQSh dollari miqdorda mahsulot eksport qiladi. Bular asosan avtomobillar, elеktron hisoblash tеxnikasi, dasturlar, qishloq xo`jaligi mahsulotlari va boshqalardan iborat. Eksportning asosiy qismi G`arbiy Yevropa davlatlariga (27,3%), Kanadaga (22,1%), Yaponiyaga (12,1%) to`g`ri kеladi. Har yili 499,1 mlrd. AQSh dollar miqdorida mahsulot import qiladi. Bular nеft, sanoat xom ashyosi, qishloq xo`jalik mahsulotlari va hokazo.
Importning 21,5 % G`arbiy Yevropa davlatlariga, 19,7 % Yaponiyaga, 18,8 % Kanadaga to`g`ri kеladi. Eng yirik shaharlari: Nyu-York, Chikago, Los-Anjеlos va boshqalar.
Asosiy eksport mahsulotlari: yuqori texnologik mashinasiozlik mahsulotlari, transport vositalari (shu jumladan avtomobillar, fuqaro va harbiy samolyotlar), kimyoviy mahsulotlar (farmatsevtika vositalari ham), oziq-ovqat.
Diqqatga sazovor joylari. 2004-yil mamlakatni 46 mln. sayyoh ziyorat qildi. Sayyohlik obyektlarining eng mashhurlari: milliy bog'lar va tabiat obyektlari: Yellouston parki Vashington shtatida (Old-Feytful katta geyzeri, ko'plab issiq suv manbalari); Arizona shtatidagi Katta Dara (chuqurligi 1700 m gacha, eni 6-29 km gacha, bo'yi - 320 km gacha); Florida shtatida Evergley (557 ming ga yer va suv kengliklari, subtropik yovvoyi tabiati saqlanib qolgan, mangr o'simliklari, noyob qushlar turi va tropik o'simlik dunyosi); Kaliforniya shtatidagi Redvud (sekvoyazorlar - dunyoda eng uzun daraxtlar balandligi 112 m gacha, diametri 10 m gacha yoshi 3000 dan ziyod); O'lim vodiysi (dengiz sathidan 85 m Pastda); Texas shtatidagi Big-Bend (orol yovvoyi g'arb daralari sahro o'simliklari va hayvonlari bilan); Gavayi shtatidagi Gavayi vulqonlari, Yangi Meksikadagi Niagara sharsharasi, Karlebad g'orlari va boshqalar hisoblanadi.
Tarixiy-madaniy obidalar: Ozodlik haykali, BMT shtab kvartirasi, Brodvey teatrlari, Manxetten osmono'par binolari, Metropoliten - opera teatri, Metropoliten muzeyi, Rokfeller - markazi Uol-strit biijalari bilan, Kanegi-Xoll, Bruklin va J.Vashington ko'priklari, A.Linkoln memoriali, Kapitoliy, Oq Uy, Kongress kutubxonasi, Gollivud kinostudiyalari, Beverli-Xilzdagi aktyorlar uylari, Disneylend parki, dunyoda eng yirik akvarium va boshqalar hisoblanadi. Chet el sayyohlaridan tashqari bu yerdagi o'z aholisi ham Kalifomiya, Florida, Gavayi va boshqa dengiz kurortlarida dam olishni yaxshi ko'radilar.



Download 338,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish