ISPANIYA
Maydoni-505 ming km.kv. Aholisi-43,3 mln kishi. Poytaxti -Madrid shahri (5,1 mln kishi). Janubiy-g’arbiy Yevropada joylashgan davlat. Pireneya yarimoroli- ning katta qismida joylashgan. Ispaniyaga Balear orollari va qarashli. G’arbdan Portugaliya, shimoldan Fransiya bilan chegaradosh. Mamlakatni shimol va g’arbdan Atlantika okeani, janub va sharqdan O`r’ta yer dengizi suvlari yuvib turadi. Mamu’riy jihatdan 50 provinsiyaga bo’linadi.
Mamlakat konstitutsion monarxiya tipida bo’lib, davlat boshlig’i qirol. Hukumat boshlig’i bosh vazir. Qonun chiqaruvchi hokimiyat- parlament (564 deputat). Dini asosan katoliklardan iborat. Davlat tili- ispan tili. Aholining etnik tarkibi: ispanlar-70%, katalonlar-19%, galisiylar-8% bo’lib, 40 ming sigan, 35 ming Portugal, 30 ming amerikalik, 25 ming kubalik, 12 ming fransuz, 10 ming nemis, 8 mingga yaqin yahudiy yashaydi. Mamlakatdan tashqarida 2,4 mln ispan yashaydi. Aholisining zichligi har kv.km. maydonga 75 kishidan to’g’ri keladi. Aholining tabiiy o’sishi- 6 kishiga teng. O’rtacha umr ko’rish erkaklarda 75, ayollarda 81 yosh atrofida. Ispaniya-BMT, YEIH, NATO ga a’zo.
Iqlimi: suptropik. O’rta dengiz iqlimiga xos bo’lib, o’rtacha havo harorati +16C. O’rtacha yillik yog’in miqdori esa 300-500 mm atrofida. Malakatni katta qismini plato va past tog’lar egallaydi. Shimolida Pireneya tog’lari , janubida Andaluziya tekisligi bor. Eng baland joyi- Bugasen tog’i(3478m). Asosiy daryolari- Taxo, Ebro va Gvalalbibirdir. O’rmonlar maydoni katta emas.Dub, buk, kashtan, pixta, qarag’ay, palma, savr daraxti, zarot va yargivon daraxtlari bor. Hayvonlardan bo’ri, silovsin, quyon, tulki, cho’chqa, bug’u, ayiq, bo’rsiqlar uchraydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi hamda ko’plab ilon va kaltakesaklar bor. Ispaniya hududiga tosh davridan boshlab odamlar o’rnasha boshlagan. Buyuk geografik kashfiyotlarni aksariyati Ispaniya bilan bog’liq. 1975 yili qirollik tiklanadi va 1977 yil konstitutsion monarxiya deb e’lon qilinadi.
Ispaniya industirial agrar mamlakat bo’lib iqtisodi o’rta darajada rivojlangan. Simob qazib olishda dunyoda 1- o’rinda turadi. Pirit qazib olishda dunyoda-2 o’rinda turadi. Bundan tashqari, temir rudasi, qo’rg’oshin rux, uran, toshko’mir ham qazib olinadi. Metallurgiya sanoatida po’lat cho’yan prokat.
Rangli metallutgiya esa qo’rg’oshin, rux, mis, alyuminiy ishlab chiqariladi. Mashinasozlikda dengiz kemalari, motosikl, avtomobillar, traktorlar, qishloq xo’jaligi mashinalari, stanoklar, sanoat jihozlari, muzlatkichlar, kir yuvish mashinalari, elektrotexnika asboblari, priborlar va boshqalar ishlab chiqariladi. Neft kimyo va qurilish materiallariishlabchiqarish rivojlanmoqda. Mamlakatda zamonaviy to’qimachilik va oziq-ovqat korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Mamlakat maydonini 705 qishloq xo’jaligida band. Sug’oriladigan yerlar maydoni bo’yicha Yevropada 1- o’rinda. Asosiy ekin -bug’doy (50% maydonni egallaydi). Uzumzorlar maydoni bo’yicha Yevropada 2- o’rinda, vino ishlab chiqarishda esa 3- o’rinda. Dunyoda bodom yetishtirish bo’yicha 1-o’rinda, sitrus mevalari yetishtirishda 2-o’rinni egallaydi. Bundan tashqari anor, anjir, xurmo ham ko’p yetishtiriladi. Chorvachilikda- qoramolchilik, echkichilik, qo’ychilik cho’chqachilik rivojlangan. Parrandachilik va baliqchilik ham rivojlanmoqda.
Yirik shaharlari: Barselona(2 mln kishi), Valensiya (900 ming kishi), Sevilya (800 ming kishi), Saragosa (650 ming kishi), Bilbao (400 ming kishi), Malaga (300ming kishi). Turizm taraqqiy etgan. Dunyoda eng ko’p sayyoh kelib ketadigan mamlakat hisoblanadi (50 mln sayyoh). Pul birligi: ispan pesetasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |