1.2. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari
Global muammolar, o’z navbatida, aholi iqtisodiy - ijtimoiy taraqqiyoti va atrof muhit o’rtasidagi o’zaro munosabatlar natijasidir.
Global muammolar:
birinchidan jami insoniyatga, barcha mamlakatlar, xalqlar, ijtimoiy tabaqalar manfaatlari va taqdirlariga ta‘sir ko’rsatuvchi;
ikkinchidan iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta talofatlarga, inqirozlarga sabab bo’luvchi, chuqurlashgan taqdirda esa jahon sivilizatsiyasining mavjudliligiga ham xavf soluvchi;
uchinchidan yechimini topishga umumplanetar miqyosdagi hamkorlikni barcha mamlakatlar va xalqlarning birgalikda harakat qilishini talab qiluvchi muammolardir.
Global muammolarning orasida eng muhimlarini ko’rsatib o’tish mumkin:
rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloqlikdan chiqarish muammosi;
tinchlik va qurolsizlanish muammosi;
ekologik muammolar; energetik muammolar; xom - ashyo muammosi; gumanitar muammolar; oziq - ovqat muammosi kabi muammolar alohida ajralib turadi.
XX asrning oxiri – XXI asrning boshida globallashuv jahon xo’jaligi rivojlanishining asosiy, fundamental tendensiyasi sifatida qaror topdi. ―Globallashuv deganda ko’pincha iqtisodiy ochiqlikning oshishi, savdo-sotiq va xalqaro kapital erkinlashishi tushuniladi1. Globallashuv jahon mamlakatlari iqtisodiyotlarining o’zaro bir-biriga kirib borishini, o’zaro bog’liqligini va bir-biri bilan qo’shilib ketishini ifodalaydi. Bunda bir mamlakatda yuz berayotgan iqtisodiy jarayonlar boshqa mamlakatlarda o’z aksini topadi, u yangi axborot texnologiyalariga asoslangan bo’ladi va butun dunyoni bir butun sifatida ifodalaydi.
Globallashuv jarayoni turlicha qabul qilinadi va baholanadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda unga turlicha munosabatda bo’lishadi. Bir tarafdan, xorijiy raqobat uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdo, kapital va mehnat resurslari ko’chib yurishining kuchayishi jahon ishlab chiqarish omillaridan samaraliroq foydalanish, jahon ishlab chiqarishini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va unda ishtirok etuvchi mamlakatlar uchun yutuq deb atash mumkin. Jahon iqtisodiyoti (jahon xo’jaligi, butunjahon iqtisodiyoti), eng qisqa ta‘rifga ko’ra – bu jahonning barcha milliy iqtisodiyotlarining yig’indisidir. Agar jahon xo’jaligi jahon mamlakatlarining yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi negizida hisoblansa, 2018 yilda ularning hajmi taxminan 84,835.46 trln. dollarni (xarid qobiliyati pariteti (XQP) bo’yicha taxminan 90 trln. doll.) tashkil qiladi.
Jahon iqtisodiyotida uning eng dinamik qismi – global iqtisodiyot ajratiladi. Bu milliy iqtisodiyotlarning resurslar va mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ni tashqi dunyoga yetkazib beruvchi va (yoki) ulardan oluvchi qismidir. Iqtisodiy nazariya bunday resurslar va mahsulotlarni, savdo qilinmaydigan, ya‘ni milliy chegaralarni hatlab o’tmaydigan resurslardan farqli ravishda savdo qilinadigan resurslar va mahsulotlar deb nomlaydi. Tushunarliki, xalqaro iqtisodiy munosabatlar ham eng avvalo global iqtisodiyot bilan bog’langan.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi globallashuv jarayonlarining jadal rivojlanishi orqali tavsiflanadi. Globallashuvni iqtisodiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, u jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.
Globallashuv jarayonlarining kengayishi jahon mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib keladi. Jumladan, globallashuv natijasida transmilliy korporastiyalar, ularning turli ko’rinishdagi xalqaro birlashmalari faoliyatining tarkib topishi va kengayishi, xalqaro ishlab chiqarish kooperastiyasi va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga o’tishi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro’y beradi.
Jahon xo’jaligi internastionallashuvi – mehnatni xalqaro taqsimlashni har tomonlama rivojlantirishga asoslangan turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining o’zaro bog’liqligi va bir-birining kam-ko’stini to’ldirishni chuqurlashtirish jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |