Mathcad dasturini ishga tushirish
Mathcad dasturini ishga tushirish uchun Pusk > Programmo`>Mathsoft>Mathcad 2001 Professional buyrug’i berilsa ekranda ko’rsatilgan darcha hosil bo’ladi:
Asboblar paneli
Ekrandagi darchada dasturning turli xil panellar ko’rsatilgan. Bu panellarning vazifasidan kelib chiqqan holda ularning har biri nomlanadi, Misol uchun Calculation paneli yordamida hisoblash ishlarini bajariladi. Graph paneli yordamida turli xil grafiklar chiziladi. Bu Graph panelini Insert tavsiyanomasidagi Graph bo’limidan ham ishga tushirish mumkin.
Mathcad dasturdagi Insert tavsiyanomasining ko’rinishi
Bu panellarda knopkalar mavjud bulib, bu kinopkalarda esa grek harflar, hisoblashlar, grafiklar, operatorlar va simvollar joylashtirilgan. Ular ustida qisqacha qilib Quyidagilarni keltirib o’tish mumkin.
1. Graph paneli
Bu paneldan quyidagi turdagi grafiklar chiziladi:
— x va u koordinatalar (2 ulchovli) buyicha
- qutb buyicha
- yuza buyicha
- kontur buyicha
- 3 ulchovli grafik buyicha
- vektor buyicha
2. Matrix paneli
By panelidagi knopkalaridan matritsa, x ning har xil o’brinishlari, modullarni chizish mumkin.
3. Greek paneli
Bu panel yordamida grek harflarini yozish mumkin.
4. Calculator paneli
Bu panel bilan zsa hisoblash ishlarini bajarish mumkin, shu bilan birga yana math, modifier, boolean, evalution va programming panellari mavjud.
Ikki o’lchovli grafikni chizish
Misol sifatida sin(x) ning grafigi chizish mumkin. Funktsiyaning, ifodaning, x va u ga 6ofahk berilganlarning grafigini chizish uchun Mathcad darchasidagi biror joyga sichqonchaa olib borib, chap knopkasini bosiladi va shu joyda kursor 4 ko’rinishga utadi. Insert tavsiyanomasini tanlab, Graph vertikal tavsiyanomadan X — Y grafik bo’limini tanlanadi. Ekranda Quyidagi ramka hosil bo’ladi:
Bu ramka ichida kursor turgan joyga funktsiyaning ung qismiga sinx yoziladi. Enter klavishi bosilgandan keyin, avtomatik ravishda funktsiyaning grafigini chizadi.
sin(x) funktsiyaning grafigi.
Grafikning ulchamini o’zgartirish uchun sichkenchaning ko’rsatkichini grafikni ustiga olib borib, chap klavishini bosiladi. Grafikning hamma tomonlarida ramka va uning chetlarida kora kichkinagina kvadratlar paydo bo’ladi. Shu kvadratlari ustiga sichkonning ko’rsatkichini olib borish kerak, birdaniga ko’rsatkichning ko’rinishi o’zgaradi. Sungra esa sichqonchaaning chap knopkasi bosiladi va knopkani quyib yubormay grafikning ulchamini o’zgartirish mumkin. Yozgan va chizilgan grafiklarni ixtiyoriy joyga olib borish uchun sichqonchaani ular ustiga bosilsa ko’rsatkich odamning kul shakliga o’zgaradi. Yana chap knopkani bosib kerakli joyga olib borib quyiladi.
Bir hujjatda bir necha funktsiyalarning grafiklarini chizish ham mumkin. Ekranga funktsiyalarni oldindan yozib olish kerak. So’ngra zsa Insert tavsiyanomasidagi Graph bo’limi tanlanadi va grafiklardan x va u koordinatalar (2 o’lchovli) buyicha grafik ishga tushiriladi va ekranda koordinatali grafik hosil bo’ladi. Ramkani ichidagi kursor turgan joylarga x,u funktsiyalar yoziladi va Enter klavishi bosiladi. Birinchi grafik hosil bo’ladi. Yana Insert tavsiyanomasidagi Graph bo’limiga o’tiladi va grafiklardan ?utb buyicha grafik ekranga chihariladi va funktsiya oldingidek yozilsa Quyidagi grafik hosil qilinadi:
Funktsiyalarnin
g grafiklari
Do'stlaringiz bilan baham: |