Мавзу: Иқтисодиёт фаолият ва ишлаб чиқариш


III. Ishlab chiqarishning asosiy omillari



Download 92 Kb.
bet4/6
Sana18.01.2022
Hajmi92 Kb.
#390493
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AHOLINIHG MODDIY NE`MATLAR VA XIZMATLARNI ISTEMOL QILISH KO`RSATKICHLARI

III. Ishlab chiqarishning asosiy omillari.

Jamiyat faoliyatining o‘rta muxim jixati bu ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarish jaryonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi, maxsulotlardan va xizmatlardan iborat xayotiy ne'matlar yaratiladi.

Tabiat inomlari va kuchlarini inson extiyojlarini qondirish uchun moslashtirishdan iborat iqtisodiy jarayon-ishlab chiqarish deb ataladi.

Ishlab chiqarish jarayonini boshlash uchun ishlab chiqarish omillariga (resurslariga) ega bo‘lish zarur.

Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat'iy nazar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishning yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mexnat qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar uchun xosdir, lekin ishchi kuchi insonning o‘zi xam ya'ni , uning mexnati xam emas, balki qobiliyatidan iboratdir.

Mexnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mex'nat predmetlariga ta'sir qiladigan vositalarga aytiladi. (mashinalar, stanoklar, tarktorlar, uskunalar va b.)

Mexnat predmetlari esa bevosita mexnat ta'sir qiladigan, ya'ni maxsulot tayyorlanadigan narsalardir.(yer, suv, xomashyo va boshqa turli materiallar). Mexnat predmetlari tabiatda tayyor xolda uchrashi mumkin, ya'ni oldingi davrdagi mexnat maxsuloti ya'ni xomashyo tarzida bo‘lishi mumkin.

Mexnat qurollari va mexnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mexnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi. Shunning uchun xam ishlab chiqarish vositalari xamma ijtimoiy iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining xamma bosqichlari uchun xosdir. Xozirgi fan texnika taraqqiyoti davrida ishlab chiqarishning rivojlanishida mexnat predmetlarining axamiyati ortib bormoqda. Materiallarning tabiatda uchramaydigan yangi turlari yaratilmoqda. Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqiqyotini xamma bosqichlari uchun umumiy bo‘lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta'rif berishadi va ularni turlicha tushuntirishadi.

Iqtisodiyot nazariyasi fani tarixida ishlab chiqarish omillari turlicha talqin etilib kelindi. Fransuz iqtisodchisi J.B.Sey ishlab chiqarishning 3 omili nazariyasini asoslab ularga yer , kapital va mexnatni kiritgan.

Ularning o‘zaro ta'siri asosida ishlab chiqarish voqye ekanligini qayd etgan.

K.Marks ta'limoti xam ishlab chiqarishning 3 omili birligidan kelib chiqadi. Keyin ularni ish kuchi , mexnat predmetlari va vositalari deb ataydi.

Xozirgi G‘arb mamlakatlarida yirik iqtisodchilar iqtisodiy resurs degan tushunchani olg‘a surib, ularga yer, kapital, mexnat va nixoyat tadbirkorlik qobiliyatini kiritadilar.

Turli nazariya namoyondalari ishlab chiqarish omillarini mavjudligidan kelib chiqadilar, lekin ularga talqin berishda xar xil jixatlarni asos qilib oladilar.

Marksizm ta'limotida mazkur omillarning sotsial shakligi qayta e'tibor beriladi, ularning ekspluatatsiya qositalari bo‘lishi yoki bo‘lmasligi e'tiborga olinadi.

Boshqa ta'limotlarda omillarning umuman ishlab chiqarishdagi o‘rni baxolanib , ularning sotsial shakli nazarga olinmaydi.

Mana shu jixat umuminsoniy, uni marksizm xam inkor etmagan.

Ishlab chiqarishning umuminsoniy faoliyatiga qaralishi uning shaxsiy insoniy va moddiy ashyoviy omillarini borligini aytib o‘tish kerak.

Ish kuchi - bu insonning mexnat qilishiga qaratilgan jismoniy va aqliy qobiliyatidir. Bu qobiliyat soxibi xar bir mexnatga layoqatli kishidir.

Jamiyatda mexnatga qobiliyatli kishilar uning resurslarini tashkil etadi.

Axoli uch guruxga ajratiladi.



  1. Mexnat yoshiga yetmaganlar, ya'ni bo‘lg‘usi mexnat resurslari. Bunga O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lganlar kiradi.

  2. Mexnat yoshidagilar, ya'ni amaldagi mexnat resurslari. Bunga 16-59 yoshdagilar kiradi.

  3. Mexnat yoshidan chiqqanlar. Bunga 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar kiradi.

Ish kuchini faqat jismoniy kuch bilan cheklab bo‘lmaydi.

Ish kuchi soxiblari bilim, malaka, maxorat va ish tajribasining xam soxiblari bo‘ladilar. Shundagina ular ishlab chiqarish jarayonidagi maxsulot va xizmatlarni yaratuvchi kuch bo‘la oladilar. Ish kuchining miqdoriy va sifatiy o‘lchami bor. Jamiyatning qancha noz-ne'matlar yarat olishi mana shu ikki jixtaga bog‘liqdir. Ish kuchi ishlab chiqarishning birlamchi omili xisoblanadi. (chunki inson mexnatsiz, uning ishtirokisiz, eng mukammal mashinalari bo‘lganda xam, tirikchilikning buyumlarini yaratib bo‘lmaydi). Inson jamiyatning oliy ishlab chiqaruvchisidir. Ishlab chiqarish uchun moddiy shart sharoit talab qilinadi. Ishlab chiqarishning moddiy ashyoviy omillari xam borki, ularga boyliklar, yaratilgan ashyolar (mexnat predmetlari) va nixoyat mexnat vositalari qurollari kiradi. Ishlab chiqarish xar doim tabiatga tayangan. yer, suv, yer osti boyliklari, o‘rmonlar va boshqalar unga materiallar yetkazib beradi. Uning uchun moddiy sharoit vazifasini o‘tagan. Tabiat in'omi bo‘lgan narsalar qayta ishlanib, ulardan kerakli maxsulotlar olinadi. Ishlab chiqarish omillari ma'lum tizimni tashkil etadi, ular xar xil unsurlardan iborat, bu unsurlar bajaradigan vazifalar bir xil emas. Ular bajaradigan vazifalar bir - biriga moslashgan sharoitda ishlab chiqarish sodir bo‘ladi. Moddyi ashyoviy omillar shaxsiy - insoniy omil bilan birikgan taqdirdagina ishlab chiqarish yuz beradi. Xayot ne'matlari yaratiladi. Ular: 1. Moddiy maxsulotlardan va 2. xar xil xizmatlardan iborat bo‘ladi.

Ishlab chiqarish omillari (xar doim) doimo bir xil bo‘lib turmaydi, ular sifat miqdor jixatdan o‘zgarishda, rivojlanishda bo‘ladi. Ishlab chiqarish vositalari rivojlanib borpgan sari smurakkab mashinalar asbob uskualar stanoklar vujudga keladi. Shuning uchun, ish kuchi xam yangi , malkasi oshgan, yangi mashinalarni yaratadigan, ulardan unumli foydalanadigan bo‘lib boradi. Ishlab chiqarish omillari bir- biriga bog‘liq va o‘zaro ta'sirda bo‘ladi, birining o‘zgarishi ikkinchisiga ta'sir qiladi. Ishlab chiqarish omillarining o‘zaro ta'sir usuli texnologiyada o‘z ifodasini topadi. Ishlab chiqarish omillarining va texnologiyaning o‘zgarini ishlab chiqarishni tashkil etishning mazmun va moxiyatini o‘zgarishiga, uning takomillashuviga sabab bo‘ladi.

Ishlab chiqarish qo‘shilish usuli iqtisodiyot uchun katta axamiyatga ega. Chunki, shunga qarab, uni o‘stiruvchi kuch paydo bo‘ladi.

Ularning qo‘shilishi (birlashuvi) ikki usulda ro‘y beradi:


  1. Bilvosita biriktirish.

Bunda o‘zgaga tegishli moddiy omillar o‘zagning ish kuchi bilan birikadi. Xar ikkala omilning egasi xar xil bo‘ladi. Mexnat bir tamonda bo‘lsa, vositalar ikkinchi tomonda bo‘ladi. Shu sababli ishlab chiqaruvchida manfatdorlik va ma'suliyat kuchsiz bo‘ladi.

  1. Bevosita birikish.

Bundan moddiy va shaxsiy omillar bir qo‘lda bo‘ladi, mulkchilik ularni bir - biridan ajratmaydi. Xam mulk egasi, xam ishlovchi aynan bir shaxs bo‘ladi.

Mulk egasi moddiy- ashyoviy omilni samarali ishlatishdan manfaatdor bo‘ladi. Chunki ishlab chiqarish natijalari uning o‘ziga kiradi. Ishlab chiqarish natijasi uning omillarining birikish usuli bilan chegaralanib bo‘lmaydi. U eng avval omillarning sifatiga , so‘ngra miqdoriga va nixoyat ularning nisbatiga bog‘liqdir. Moddiy - ashyoviy va shaxsiy omillar bir – biriga mos bo‘lgandagina ishlab chiqarish rivojlanadi. Ma'lumki ishlab ichqarilgan maxsulot xarakati ishlab chiqarishdan boshlanib va taqsimlash ayirboshlash bosqichi o‘tib , iste'molga tugallanadi. Ishlab chiqarish jarayoni qay tarzda bo‘lmasin, ya'ni individual tartibdami, korxona va xo‘jalik doirasidami, tarmoq va xudud miqyosidami, qaerda bo‘lmasin, ko‘zlanga maqsad iste'mol uchun tovar va xizmatlar yaratishdir.

Jamiyat a'zolarining ishlab chiqarishdagi (bir yillik) faoliyati natijasi - bu yaratilgan barcha maxsulotlar va xizmatlarning majmuidir. U naflik va foydalilik xususiyatlariga ega. Ularning foydali xossalari kishilarning extiyojlarini qondira bilish xususiyati , ega bo‘lsa, foydaliligi naf keltirishdan iboratdir.


Download 92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish