Mavzu: Istiqlol davri o`zbek she’riyatida yuz bergan adabiy-ijodiy o`zgarishlar. Yangi ijodiy tamoyillar tavsifi



Download 0,74 Mb.
bet5/7
Sana18.02.2022
Hajmi0,74 Mb.
#452398
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Istiqlol davri o`zbek she\'riyatida yuz bergan adabiy ijodiy o`zgarishlar

Bu dunyoga bir qo‘shiq,
Berib ketgin, shoirim –

Marhumlar uyg‘onsinlar,
Uxlolmasin tiriklar.
(Usmon Azim)

Bu o‘tkir va o‘ziga xos poetik tabiatli to‘rt misrada shoir o‘z zamondoshlarining badiiy jihatdan yuksak, ta’sirli, umrboqiy she’rlar yozishga chaqirayotgandek taassurot qoldiradi.
Shunday she’riy namunalarni o‘z tarkibida jamlagan o‘nlab shoirlarning to‘plamlari aynan istiqlol yillarida dunyo yuzini ko‘rdi. Mustaqillik yillarida qator katta va yosh avlod ijodkorlarining o‘nlab she’riy kitoblari nashr etildi. Tabiiyki, bu she’riy ko‘ngil izhorlarida har bir shoirning o‘z badiiy olami, mahorati va his-tuyg‘ulari aks etgan. O‘quvchi jahonshumul o‘zgarishlar davrini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan katta avlod shoirlari ijodida istiqlolga shukronalik, yoshlarda esa faxr-iftixor tuyg‘ulari bilan sug‘orilgan she’rlarga duch keladi.
XX asrning 90-yillari boshidan e`tiboran o’zbek xalqi o`z tarixining tamomila yangi bosqichiga kirdi. Va millat hayotining estetik ifodasi o`laroq istiqlol adabiyoti, istiqlol she’riyati deb atalmish hodisa yuzaga keldi. Istiqlol davri o`zbek adabiyoti ko`p asrlik milliy adabiyotning mantiqiy davomi edi. Bu adabiyot milliy adabiyot taraqqiyotidagi shunchaki bir bosqich bo`lmay, qator belgilarga ega bo`lgan o`ziga xos badiiy-estetik voqelikdir.
Mustaqillik davri o`zbek she’riyati olam hodisalari va oadam ruhiyati qirralariga xilma-xil qarash, olamning mavjudlik yo`sini va undagi tartibotlarni turlicha izohlash imkoniyati mahsuli bo`lgan she’riyatdir. Mustaqil o`zbek davlati badiiy adabiyotni sho`ro zamonida bo`lgani kabi o`z monopoliyasiga aylantirishga urinmay qo`yishi bilan ijod erkinligiga sharoit yaratdi. Bu adabiyot siyosatga bo`ysindirilmagani uchun ham ijodkorning ko`ngil ishiga aylandi.

Bugungi o`zbek she’riyati millat ahlining ko`ngli, sezimlari va ruhiyatini tasvirlashga e’tibor qaratishi natijasida inson asosiy badiiy qadriyatga aylandi. Mustaqillik davri o`zbek she’riyati chinakamiga xilma-xil tamoyillar asosida qurilgan she’riyat bo`ldi. Ya’ni quyidagi 4 tamoyil uning asosiy ustunlarini tashkil etadi:



  • she’riyatda milliy g’oya, mafkura va Vatanga muhabbatning badiiy ifodasi;

  • islom asotirlari va g’oyalarining badiiy talqini;

  • lirikada muhabbatning o’lmas, adabiy va azaliy mavzu ekani;

  • modernizm va modern yo`nalishidagi she’riyat.

Istiqlol davri she’riyatining qisqalikka intilishi (yapon, xitoy, koreys she’riyatidagi tanka 7, xokku 8, syaoshi 9 she’r shakllaridan foydalanish ) shunchaki modaning ketidan quvish bo`lmay, chuqur ichki mantiqqa ega. Bu she’riyat o`quvchiga ishonch, uni badiiy so`zning iste’molchisigina emas, balki, she`riy holatni tuyish jarayonining ishtirokchisi martabasiga ko`tarishning natijasidir. Xullas, poeziyaning o`z asl manbasiga qaytganligi, nazokatli ifodalar orqali tasvirlashga o`tilganligi istiqlol davri o`zbek she’riyatiga xos asosiy xususiyatlardan biri bo`ldi deyish mumkin.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish