Mavzu; Issiqlik mashinalari.
Reja :
1. Issiqlik mashinalari va ularning ishlash printsipi.
2. Sovutgich va uning ishlash printsipi.
3. Issiqlik mashinalarining fiklari va ularni oshirish yo’llari.
4. Karno sikli.
Issiqlik dvigatellari deb, yonilgining ichki energiyasini mexanik energiyaga
aylantirib beruvchi mashinalarga aytiladi.
Issiqlik dvigatellarining yaratilish tarixidan
Birinchi issiqlik dvigateli — bur mashinalarining yaratilishi xaqiqatan birinchi
baynalminal, kashfiyot edi. Tuzilishi va vazifasi bo’yicha xar xil bur mashinalarini
quyidagi olimlar ishlab chiqdilar: ingliz T. Severi (1698 y), ingliz T. Nyukomen
(1705 y), fransuz D. Papen (1707 y), rus I. I. Polzunov (1763 y), ingliz J. Uatt
(1774 y).
Uatt kashfiyoti fan va texnikani rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Uning kashfiyoti Angliyada sanoat gurkirab rivojlanayotgan vaqtiga mos keldi.
1860 yilda Polzunov va Uattlar universal bug’ mashinasini kashf etganlaridan
deyarli 100 yil keyin fransuz ixtirochis Lenuar birinchi bo’lib ikki taktli ichki yonuv
dvigatelining loyixasini tuzdi. Shundan 16 yil keyin, 1876 yilda nemis konstruktori
N.Otto birinchi bo’lib turt taktli dvigatel yasadi.
Issiqlik dvigatellarining ishlash printsipi
Issiqlik dvigatellari turlarining xar xilligiga qarimasdan, ularning ishlash
printsipi umumiy belgilarga ega dvigatellarning ishlashida quyidagi umumiy
belgilarini ajratish mumkin:
a) istalgan issiqlik dvigatelida yonilg’ining energiyasi mexanik energiyaga
aylanadi. Bunda yonilgining energiyasi yuqori temperaturagacha isitilgan gaz yoki
bug’ning ichki energiyasiga aylanadi.
b)
issiqlik
dvigatelining
ishlashi
uchun
turli
temperaturali ikkita jism
bo’lishi shart (5-rasm). Ular isitkich va sovitkich deb ataladi.
Bulardan tashqari, ishchi jism (bug’ yoki gaz) zarur. Issiqlik dvigatelining ishlash
jarayonida ishchi jism isitkichdan biror 1 miqdordagi issiqlik miqdori oladi va
uning bir qismini A mexanik energiyaga aylantiradi, qolgan issiqlikning 2 qismini
esa sovitkichga yoradi. Energiyaning aylanish va saqlanish qonuniga binoan:
Q
1
= Q
2
+ A;
v) istalgan issiqlik dvigatelining ishlashi ishchi jism xolatining o’zgarishining
takrorlanuvchi sikllaridan iborat. Xar bir sikl turli jarayonlardan: isitkichdan
energiya olish (ishchi jismni kengayishi va u olgan energiyaning bir qismini
mexanik energiyaga aylantirish) va nixoyat, energiyaning foydalanilmagan qismini
sovitkichga uzatishdan iborat.
Karno sikli. Kamo sikli ikkita izotermik va ikkita adiabatik jarayonlardan tashkil
topgan (6- rasm). 1 — 2 jarayonda ideal gaz isitkich olingan issiqlik miqdori (Q
1
hisobiga izotermik kengayib, ish bajaradi. T= const bo'lganidan gazning ichki
energiyasi o'zgarmaydi.
2,3 jarayonda gaz adiabatik kengayib, ichki energiyasi hisobiga ish bajaradi. Chunki
bu jarayonda gaz issiqlik miqdori olmaydi. 3—4 izotermik siqilishda ajraladigan
barcha Q
2
issiqlik miqdori sovitgichga uzatilib, ichki energiya o'zgarmaydi.
4— 1 adiabatik siqilishda bajangan ish gaz ichki energiyasining ortishiga sarflanadi.
Shunday qilib, ideal gaz o'zining dastlabki holatiga qaytadi va ichki energiyasini
tilklaydi. Sikl davomida ideal gaz isitkichdan Q
1
issiqlik miqdorini oladi va sovitgichga
Q
2
issiqlik miqdori beradi. Termodinamikaning
birinchi qonuniga muvofiq,
(Q
1
— Q
2
issiqlik miqdori ish bajarishga sarflanadi va sikl o'rab turgan yuzaga teng.
Issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsiyenti. Issiqlik mashinasining yoki Karno
siklining foydali ish koeffitsiyenti (FIK) deb quyidagi kattalikka aytiladi:
.
1
2
1
Q
Q
Q
(1)
Shuningdek, Karno siklining FIK ni isitkichning T
1
va sovitgichnii T
2
temperaturalari
orqali ham ifodalash mumkin:
.
1
2
1
T
T
T
(2)
Demak, issiqlik mashinasining FIK ishchi moddaning turiga bog'liq bo'lmay, balki
isitkichning va sovitgichning temperaturalari bilangina aniqlanadi.
(1) ifodadan yana quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1)
issiqlik
mashinasining
FIK
ni
ko'tarish
uchun
isitkichning
temperaturasini
oshirish,
sovitgichning
temperaturasini
esa
pasaytirish
kerak;
2) issiqlik mashinasining FIK doimo birdan kichik bo'ladi.
Bugungi kunda muhandislarning barcha harakatlari issiqlik mashinalarining FIK ni
orttirishga qaratilgan. Buning uchun esa mashina qismlari orasidagi ishqalanishni,
yoqilg'i to'la yonmasligi natijasidagi yo'qotishlarni kamaytirish yo'llarini izlamoq
darkor. Hozirgi paytdа issiqlik mashinalarining FIK 40% ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |