1.2. Texnologik vazifasiga qarab.
Havo isitkichlar (11.3-rasm); deaeratorlar; bug’ qizdirgichlar; bug’ generatorlari va sh.k.
1.3. Tssiqlik tashuvchilar harakat yunalishiga qarab.
To‘g‘ri oqimli (11.4-rasm, a); qarshi oqimli (11.4-rasin, b); ko'ndalang oqimli (11.4-rasm, v); aralash oqimli (11.4-rasm, g) ko‘plab ko‘ndalang oqimli (1 1.4-rasm)
1.4 . Issiqlik tashuvchilar turiga qarab
Suv - suvli (11.2-rasm); bug‘ - suvli; suv - havoli ( 11.1-rasm) gaz - havoli (11,3-rasm); yog‘- havoli.
1.5.Materialning turiga qarab:
Po’latli issiqlik almashinuv apparatlari; cho‘yanli issiqlik almashinuv apparatlari, bular korroziyaga chidamli va nisbatan arzon, lekin mustaxkamligi poMatdan past; grafitli issiqlik almashinuv apparatlari - bular kimyoviy agressiv muhitda ishlatiladi; shishali, sopolli, qo‘rg'oshinli, plastmassali issiqlik almashinuv apparatlari ham kimyoviy muhitlarda qollaniladi.
1.6. Issiqlik almashinuv sirtiga qarab:
Silliq ( tekis) quvurli, bunday issiqlik almashinuv apparatlari eng ko‘p tarqalgan. O‘z navbatida tekis quvurlar to‘g‘ri (11.2- rasm), U - simon, spiralsirnon, buramasimon (1 1.4-rasm) va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin. Qovurg‘ali issiqlik almashinuv apparatlari, plastinkasimon issiqlik almashinuv apparatlari – bular isitish yuzasining ikkala tomonida issiqlik berish koeffitsienti bir xil bo‘lganda qollaniladi.
1.7. Issiqlik tashuvchilarning yurislli soniga qarab:
bir yo‘lli va ko‘p yolli IAA lari.
1.8. Isitish sirtlarini joylashishiga qarab:
Quvur ichida quvur (11.2-rasm), g‘ilof quvurli.
1.9. Ishlash davriyligiga qarab:
Muntazam ishlaydigan va vaqti vaqti bilan ishlaydigan issiqlik almashinuv apparatlari .Asosiy texnologik jarayonlarni amalga oshirish qulayligi tufayli muntazam ishlaydigan issiqlik almashinuv apparatlari keng qo‘llaniladi.
Issiqlik almashinuv apparatlarini hisoblash
Issiqlik almashinuv apparatlarini hisoblashdan asosiy maqsad issiqlik almashinuv yuzasini, issiqlik tashuvchilarning parametri arini, issiqlik tashuvchilarning eng muvofiq sarfini va ularning tezligini, hamda apparatning eng muvofiq o‘lchamlarini aniqlashdan iboratdir. Issiqlik almashiniiv apparatlarini hisoblashda issiqlik balansi tenglamasi va issiqlik uzatish tenglamasi asosiy hisoblanadi. Issiqlik uzatish tenglamasi:
Q= kF( )
Bunda Q - issiqlik oqimi, Vt; k- issiqlik uzatish koeffitsenti, Vt/(m2 K); F - issiqlik almashinuv yuzasi m2: ti va t2 – mos ravishda issiq va sovuq issiqlik tashuvchilar temperaturasi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Tadjiev Yu D., Ablyalimov О. S. ≪Termodinamika va issiqlik texnikasi≫. ≪To‘g'ri tennodinamik gaz tsiklini yechish≫ amaliy mashg'ulotlar o'tkazish uchun uslubiy ko'rsatma. Toshkent: TTYMI, 2 0 0 8 ,- 17 bet.
Tadjivev Yu. D., Ablyalimov O. S., Agapov V. V. Termodinamika
va issiqlik texnikasi Laboratoriya bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma.
Toshkent: 'ITYMI, 2008. - 68 bet.
Tadjiev Yu D., Termodinamika va issiklik texnikasi. Ukuv
qollanma. Toshkent: ToshTYMI,. 2011. - 97 bet
Do'stlaringiz bilan baham: |