Mavzu: Islomda ijtimoiy himoya tizimi Reja: Kirish Asosiy qism


Ijtimoiy himoyaga muhtojlarga g'amxo'rlik masalari



Download 137 Kb.
bet3/8
Sana19.05.2022
Hajmi137 Kb.
#604735
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Islomda ijtimoiy himoya tizimi

Ijtimoiy himoyaga muhtojlarga g'amxo'rlik masalari

Ma’lumki, ijtimoiy himoya jamiyatning iqtisodiy nochor, yordamga muhtoj va boquvchisini yo‘qotgan qatlamlari ehtiyojlarini qondirish hamda ijtimoiy adolatni o‘rnatish yo‘lida hukumat darajasidagi ish sanaladi. Tarixdan ma’lumki, Islom dini o‘zining daslabki davridanoq bu masalaga katta e’tibor qaratgan. Zakot, xaroj (xiroj), ushr kabi soliqlarning joriy etilishi va ularning taqsimlanadigan o‘rinlarini o‘rgangan kishi buni yaxshi biladi. Hatto Islomning 5 arkonidan biri zakot bo‘lib, u kambag‘al, beva-bechoralarning ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltiriladi va u ulug‘ ibodat sanaladi. Uni ado etmagan kishi esa mahkamada jazoga tortilsa, oxiratda ulkan iqobga qoladi. Hatto Xalifa Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu zakot berishdan bosh tortgan qabilalarga qarshi jang qilganlari ham bu ishning qanchalar muhim ekanini ko‘rsatadi. Molining zakotini bermagan kimsaning to‘plagan moli qiyomatda unga qay tariqa azob berishi borasida ko‘plab hadislar mavjud.
Tarixni, xususan Islom tarixini o‘rgangan kishi birinchi bo‘lib bolalarga nafaqa ajratgan kishi Mo‘minlar amiri Umar roziyallohu anhu ekani, talabasiga birinchi bo‘lib nafaqa (stipendiya) bergan zot mazhabboshimiz Abu Hanifa No‘mon ibn Sobit rahmatullohi alayh ekanini yaxshi biladi.
Xo‘sh, faqihlar bu borada qanday yo‘l tutishgan? Bu boradagi qisqagina tushunchani hukmingizga havola qilib, xulosaing o‘zingizga qoldiramiz. “Al-Mavsu’atul fiqhiyya” (Islom fiqhi ensiklopediyasi)ning 7-jildida bunday deyiladi:
Imomul Haramayn aytadi: “Sultonning moliyaviy yordamiga haqli shaxslar uchta sinfdan iborat bo‘ladi:
1. Muhtojlar sinfi. Sulton ularning ehtiyojini qondirishi lozim. “Albatta, sadaqalarni faqat faqirlar, miskinlar...(ga berish) Alloh (tomonidan) farz (etildi)”[1] oyatida zikr etilgan zakotga haqli kishilarning aksariyati ana shu sinf vakillaridir.
2. Sulton tomonidan ta’minlanadigan va belgilangan maosh bilan ehtiyojlari qondiriladigan shaxslar. Ularga maosh to‘lab, zimmalaridagi Islomning eng muhim vazifalarini bajarishlariga sharoit yaratib beriladi. Ularning o‘zi yana ikki sinfga ajraladi:
a. Yollanma (shartnoma asosida xizmat qilayotgan) askarlar. Ular musulmonlarning harbiy kuch va shavkati hamda ularning tinchligiga mas’ul shaxslardir. Bunday kishilarga ehtiyoj va talablarini qondiradigan darajada maosh berish lozim.
b. Din arkonlariga amal qilishni nazorat qiluvchi shaxslar. Ular bu vazifani bajarish ila mashg‘ulliklari sabab tirikchilik va ehtiyojlarini qondirish vositalaridan mosuvo bo‘lib qolishadi. Bordiyu ular o‘z vazifalarini bajarishmasa, iymon (Islom) arkonlari joriy qilinmay qoladi. Shuning uchun Sultonga ularning ta’minotini qilishi vojib bo‘ladi. Shunda ular o‘z vazifalarini to‘la-to‘kis ado etishga imkon topishadi. Ular – qozilar, hokimlar, kishilarning mol-mulklarini taqsimlab beruvchi shaxslar, muftiy va faqihlar hamda din asoslaridan birontasini joriy etish yo‘lida o‘z tirikchiligidan to‘silib qolgan kishilardir.
3. Boy va o‘ziga to‘q bo‘lsa-da baytul moldan mablag‘ ajratiladigan shaxslar. Ularning mazkur maoshga haqli bo‘lishlari ehtiyojmand ekanliklarigi bog‘liq emas. Ular Qur’oni karimda “(Payg‘ambarga) qarindosh bo‘lgan” deb aytilgan Hoshim va Muttallib avlodlaridir[2].


    1. Download 137 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish