ITB faoliyatining asosiy yo‘nalishlari.
ITB a’zo-mamlakatlarga, davlat va xususiy sektorga qarashli yo‘llar, kanallar, to‘g‘onlar, maktablar, kasalxonalar, uy-joy, qishloq tumanlarini rivojlantirish va boshqalar kabi qishloq xo‘jaligi va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun qarzlar beradi. Ushbu loyihalar ustuvor hisoblanadi va a’zo- mamlakatlar ijtimoiy hamda iqtisodiy rivojlanishiga sezi- larli ta’sir ko‘rsatadi.
Tashkil topgan vaqtidan boshlab ITB guruhi moliyalash- tirgan mablag‘lar umumiy hajmi 2016 yilning oxiri holatiga 124,3 mlrd. dollarni tashkil etdi, undan 57,9 mlrd. dollari (46,6%) loyihaviy moliyalashtirishga, 65,2 mlrd. dollari sav- doni moliyalashtirishga va 0,75 mlrd. dollari (0,6%) maxsus yor- dam uchun yo‘naltirildi.
ITB a’zo-mamlakatlarda taraqqiyot loyihalarini qo‘l lab- quvvatlash uchun turli islomiy moliyaviy vositalardan foyda- lanadi. Ushbu vositalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Imtiyozli qarzlar. Kreditlar asosan uzoq muddatli loyihalarni moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida, qishloq xo‘jaligi va tayanch infratuzilmalarni rivojlantirish uchun davlat kafolatiga ega hukumatlar yoki davlat muassasalariga be- riladi. Bunday qarz berish shariatga ko‘ra foizsiz hisoblanadi.
Bank o‘zining ma’muriy xarajatlarini xizmat ko‘rsatish uchun olingan to‘lov hisobiga qoplaydi. 2. Texnik ko‘mak. Ushbu yordamning maqsadi aniq loyih alarni tayyorlash va amalga oshirish, siyosatni shakllantirish, xodim- lar tayyorlash va inson resurslarini rivojlantirish yoki mu- assasaviy ko‘makni ta’minlash maqsadida texnik bilimlar olishni moliyalashtirishdan iboratdir. 3. Lizing. ITB sanoatni moliyalashtirish holatlarida ishlab chiqarish liniyalari uchun zarur bo‘lgan mashina va asbob-uskuna- lar, elektr energiyasi ishlab chiqarish, kemasozlik va boshqa shu kabi alohida va bir toifadagi tarkibiy qismlarni o‘zida ifo- dalaydigan aktivlarni sotib oladi va keyin ma’lum bir vaqt mobaynida uni oluvchiga lizingga beradi.
4. Bo‘lib to‘lashga sotish. ITB ma’lum bir loyiha uchun za- rur mashina/uskunalarni sotib oladi, keyinchalik ularni bene- fitsiar (mijoz)ga bank va benefitsiar o‘rtasida o‘zaro kelishil- gan ustamani qo‘shgan holda, qayta sotadi. 5. Istisno’. Ushbu usul aksar infratuzilma loyihala rini moliyalashtirishda qo‘llanadi. 6. Moliyalashtirish liniyalari. ITB kichik va o‘rta, ayniqsa, sanoat sektoridagi korxonalarning o‘sishiga ko‘maklashuvchi milliy taraqqiyot moliya muassasalari (NDFI) yoki islomiy bank lar (IB) uchun moliyalashtirish liniyalari taqdim etadi.
7. Kapitalda ishtirok etish (equity). ITB iqtisodiy va moliyaviy jihatdan yashovchan hisoblangan qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishi loyihalarining hissadorlik kapita- lida ishtirok etadi. 8. Murobaha. Ushbu usul tashqi savdoni moliyalashtirish uchun ishlatiladi. Bank so‘ralayotgan tovarni sotib oladi va uni benefitsiarga qayta sotadi. Importni moliyalashtirish holatida moliyalashtirish davri 30 oygachani tashkil etadi: eksportni moliyalashtirish holatida esa ushbu davr 120 oygacha uzaytirilishi mumkin.
9. Foydani bo‘lishish (Profit Sharing). Foydani bo‘lishish
sherikchilik (mushoraka yoki muzoraba) shakllaridan biri hisoblanadi va loyihani moliyalashtirish uchun ITB hamda hamkor tomonning mablag‘larini birlashtirishni taqozo etadi; har bir sherik korxonadan kelib tushadigan sof foydadan foiz oladi. 8.1-jadvalda ITB tomonidan tasdiqlangan loyihalar haj m- larini aks ettiruvchi ma’lumotlar berilgan.
8.2-rasmdagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, ITB loyihalarining asosiy moliyalashtirish usuli istisno’ (44,5%)dir. 1976 yildan 2017 yilgacha bo‘lgan davr uchun umumiy moliya lashtirish hajmi 52,4 mlrd. dollarni tashkil etdi.
ITB chet ellik taraqqiyot moliyaviy muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda. 2011 yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Moliyaviy nazo- rat yuqori organlari xalqaro tashkiloti, Jahon banki bilan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.
Sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasidagi ITB loyi- halarini moliyalashtirish ITBga a’zo-mamlakatlarning har biri erishishga intilayotgan Barqaror rivojlanish maqsadlariga (Sustainable Development Goals) muvofiq amal- ga oshirilmoqda.
ITB o‘z faoliyatida davlat-xususiy sektor hamkorligi mexa- nizmini faol ishlatib kelmoqda, bu esa ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni qo‘llash uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni jalb qilish imkonini beradi. Misol tariqasida, Malayziyaning Selangor shtatida tezkor avtomagistral qurish bo‘yicha Malayziya taraqqiyot banki bilan davlat-xususiy sektor hamkorligi mexanizmi tamoyili bo‘yicha ITB tomonidan amalga oshirilgan loyihani keltirish mumkin.
ITB faoliyatining strategik muhim yo‘nalishi musulmon mamlakatlar aholisini malakaviy tayyorlash va savodxonli- gi darajasini oshirish hisoblanadi. 2012 yilgi faoliyat yakunlari bo‘yicha ITB portfelidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarda eng katta ulushni ta’lim sohasidagi loyihalar egalladi. Yuqoridagi tashabbuslar ishsizlik darajasini pa- saytirishga va ITB a’zo-mamlakatlar mehnatga qobiliyatli aholisining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan.
ITB a’zo-mamlakatlarda qashshoqlikni bartaraf etishga alohida ahamiyat qaratdi. Ushbu muammoni yechish maqsadida mik- romoliyalashtirishdan foydalanilmoqda.
ITB, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyiha larga ham yordam ko‘rsatmoqda, bunda atrof-muhit himoyasi tamoyili hisobga olinadi. Jahondagi eng yaxshi taraqqiyot banklari ama- liyotiga muvofiq, ITB investitsiyalarining sezilarli qismi infratuzilmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. 8.3-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2017 yil- da ITB mablag‘larining iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha taqsimlanishi energetika va AKT sektori ulushining (30%) yuqo riligi bilan ta’riflanadi, undan keyin transport (20%), shaharsozlik va xizmatlar (15%), qishloq xo‘jaligi (9%), dav- lat-xususiy sektor sherikchiligi (7%), qishloqlarni kompleks rivojlantirish (6%), sog‘liqni saqlash (6%), ta’lim (1%) va boshqalar (3%) turadi.
ITBga nafaqat moliyaviy vazifani amalga oshirish, bal- ki Mavritaniya, Maldiv, Qirg‘iziston, Jibuti va boshqa kam taraqqiy etgan a’zo-mamlakatlarga texnik ko‘mak berish yukla- tilgan.
Bundan tashqari, ITB islomiy qimmatli qog‘ozlar – su- kukni joylashtirish tashkilotchisi hisoblanadi. ITB shariat o‘rnatgan cheklovlar doirasida moliyaviy mablag‘larni jamlash uchun depozitlarni jalb qilish huquqiga ega
Kredit, bozor va amaliyot xatarlarini o‘z vaqtida pasay- tirish va baholash maqsadida ITB o‘z faoliyatida xatarlarni boshqarish maxsus vositalaridan foydalanadi. A’zo-mamla- katlar va boshqa qarzdorlarning kredit qobiliyati, moliyaviy barqarorligini doimiy monitoring qilish ITB kredit xata- rini samarali boshqarish imkonini beradi.
Likvidlilik xatari va mustaqil xatarlarga alohida e’ti- bor qaratiladi. Buning uchun ITBda xatar menejmenti faoliya- tining samaradorligi ustidan ichki nazorat tizimi, yuqorida qayd etilgan xatarlar ahamiyati bo‘yicha limit va cheklovlar tizimi joriy etilgan. Xatarlarni boshqarish tizimlarini takomillashtirish maqsadida ishga vaqti-vaqti bilan tashqi maslahatchilar jalb etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |